Tarbiyada tizimlilik qoidasi
Bolalarga bilim berishda ma‘lum tartib, muntazamlilik qanchalik muhim bo‘lsa, tarbiya
ishlarida ham shunchalik muhimdir. Bolalarga insoniylik fazilatlarining hammasini birdaniga, bir
yo‘la va bir vaqtda singdirib bo‘lmaydi. Shuning uchun bolalarda insoniylik fazilatlarini
tarbiyalash ishida muntazamlilik juda muhimdir. Maktabning bir sinfida do‘stlik, ikkinchi bir
sinfda boshqa tarbiya amalga oshirilmaydi.
O’quvchilarni tarbiyalashda ularning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish qoidasi
O‘quvchilarni tarbiyalashda ularnnng yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish
muhim ahamiyatga aga. Tarbiyaning mazmuni, shakli hamma yoshdagi bolalar uchun bir xilda
bo‘lavermaydi. Turli sinfdagi bolalarning yoshi va saviyasini hisobga olish asosida tarbiyaning
vazifalari amalga oshirilib boriladi. Bolalarga beriladigan tarbiya mazmuni ularning yoshiga,
kuchiga, tushunchasiga va imkoniyatlariga mos bo‘lishi lozim. Tarbiyada bolalarning yosh
xususiyatlarini hisobga olishdan tashqari ularning individual xususiyatlarini hisobga olishni
taqozo etadi. Chunki ma‘lum yoshdagi bolalar xususiyatida umumiylik bo‘lishi bilan birga har
qaysi bolaning o‘ziga xos xususiyati ham bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |