O‘tkir o‘tanov «umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti»
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher navoiy nomidagi
Eksperiment metod. Bu so‘z lotincha sinab tekshirib ko‘rish, ilmiy maqsadga qaratilgan
tajriba ma‘nosini anglatadi. Ta‘lim-tarbiya ishlarida qo‘llaniladigan biror shakl, metod va vositaning foydaliligini aniqlash va tekshirish uchun o‘quv yurtlarida o‘tkaziladi. Eksperiment metodlari sharoitiga qarab turli xil qo‘llaniladi. 1. Tabiiy eksperiment (yaratuvchi, ixtiro qiluvchi eksperimentlar. Asl holicha ta‘lim-tarbiya muammolari ma‘lum, suhbat, kuzatish va anketa asosida o‘quvchining o‘qish jarayonida, o‘z- o‘zini nazorat qilish singarilar) aniqlanadi 2. O‘quvchilarning ongliligini yaratuvchi eksperiment. (tadqiqotchi biror ma‘no bo‘yicha taxminiy reja asosida o‘quvchi faoliyatining o‘quv jarayonida o‘zini-o‘zi nazorat qilish usullarini, yo‘llari tekshirilib ma‘lum bir ilmiy pedagogik xulosa chiqariladigan tajriba deyish mumkin). Bu metoddan chiqarilgan xulosalar boshqa hamma maktablar hayotiga tadbiq qilinishi uchun nazorat eksperimentidan o‘tkazdiriladi. Chiqarilgan pedagogik xulosa esa o‘z navbatida mazkur masalani hal qilishning nazariyasi va metodologiyasi bo‘lib pedagogika yutug‘i hisoblanadi. 3. Tabiiy eksperiment buning asoschisi rus psixologi A..F.Lazurskiy hisoblanadi. Bu metodda maktab faoliyati asl holda o‘rganiladi. Masalan, maktab internatining tarbiyachilari o‘quvchilarning o‘zlari haqidagi g‘amhurligini tabiiy tekshirishda pechda yoqadigan ho‘l va quruq o‘tin vositasida aniqlangan. Bolalar yashaydigan binoda yaqin joyda ho‘l o‘tin borligi, uzoqroq joyda quruq o‘tindan foydalanishning samarasini tekshirishni ko‘rsatish mumkin. Shunday qilinsa natija haqiqiy bo‘ladi. Eksperiment metodlari o‘z mazmuni, turi va xarakteriga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linish mumkin: didaktik, tarbiyaviy, maktabshunoslik, chog‘ishtirma pedagogika va hokazo. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling