O‘tkir o‘tanov «umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti»
Mustahkamlash uchun savollar
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher navoiy nomidagi
Mustahkamlash uchun savollar:
1. Ta‘lim tizimi nima? 2. O‘zbekistonda ta‘lim tizimi qaysi muassasalardan tashkil topgan? 3. Ta‘lim tizimi qanday maqsad va vazifalarni amalga oshiradi va u sohada qanday pedagogik muammolar mavjud? 4. Ilgari O‘zbekiston hududida ta‘lim tizimi qanday yo‘lga qo‘yilgan va uning mazmunini pedagogik asoslab ko‘rsating? O‘zbekiston aholisi savodsiz bo‘lganmi? 5. Ta‘lim to‘g‘risidagi Qonunda ta‘lim tizimi nimalardan iborat? 6. Davlat va nodavlat ta‘lim muassasalarini qanday tushunasiz va ular faoliyatida qanday muammolar hal etilishi darkor? 7. Ta‘lim tizimining rivojlanishini ta‘minlovchi ilmiy-pedagogik muassasalarga qaysilari kiradi va ular faoliyatida qanaqa muammolar mavjud? 8. Boshqaruv organlari qaysi muassasalardan tashkil topgan? 9. Nima uchun ta‘lim tizimi yagona va uzluksiz? 10. Ta‘lim sohasidagi davlat siyosatining qanday asosiy prinsiplari mavjud va ularni qanday tushunasiz? 11. Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus kasb-hunar ta‘limlarini amalga oshirishda qanday pedagogik muammolar mavjud? Sizningcha bu muammolarni qanday hal etish mumkin? 12. Maktabgacha va umumiy o‘rta ta‘limi qanday maqsad va vazifalarni nazarda tutadi? 13. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi mazmuni nimalardan iborat va u qaysi shakllarda hamda qanday maqsad va vazifalarni amalga oshiradi? 14. Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limlarining uzviyligi va aloqadorligini qanday asoslaysiz? 15. Oliy ta‘lim ta‘lim tizimida qanday o‘rin egallaydi? 16. Oliy ta‘lim mazmuni, maqsadi va vazifalari nimadan iborat? 17. Oliy ta‘limdan keyingi kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash nima maqsadda va nima uchun tashkil qilinadi? 18. Maktabdan tashqari ta‘lim qanday maqsadda va nima uchun tashkil qilinadi? 19. Mutaxassislar nima uchun uzluksiz ta‘lim tizimi turlari va ularning ish mazmunini bilishlari darkor? 20. Sizningcha oliy ta‘lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta‘lim va maktabdan tashqari ta‘lim sohalarida qanday pedagogik muammolar mavjud hamda ularni qay tarzda hal etish mumkin? 21. Ta‘lim tizimi boshqaruvi nima va u qanday vazifalarni bajaradi? Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling