O‘tkir o‘tanov «umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti»
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher navoiy nomidagi
Pedagog faoliyati O’zbekiston respublikasining ta’lim to’g’risidagi Qonunida: “Tegishli ma’lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo’lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug’ullanish huquqiga ega”,-deb ta’kidlanadi. Haqiqatdan ham tegishli ma’lumotga ega bo’lgan, kasb tayyorgarligi bor, yuksak axloqiy fazilat sohibi bo’lgan sabr-toqatli, mehnatsevar, tinib-tinchimas kishi pedagogik faoliyati bilan shug’ullanadi. Bu haqda mashhur pedagog K.D.Ushinskiyning tarbiyachilik san’ati shunday xususiyatga egaki deyarli barcha tanish va tushunarli, ba’zilarga esa juda oson ish bo’lib tuyuladi-odam bu ish bilan nazariy va amaliy jihatdan qanchalik kam tanish bo’lsa, unga bu shanchalik tushunarli va oson bo’lib ko’rinadi. Deyarli hamma tarbiya sabr toqatni talab etishni e’tirof etishadi, ayrimlar buning uchun tug’ma qobiliyat bilan malaka, ya’ni ko’nikma kerak deb o’ylaydilar; lekin juda kam odam sabr-toqat, tug’ma qobiliyat va malakadan tashqari yana maxsus bilimlar kerakligi haqida ishonch hosil qilishdi”, - deb ta’rif berishi o’qituvchi mehnatining mashaqqatligidanligini anglatadi. Pedagogik faoliyat yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun xalq oldida javob beradigan, o‘quvchilarga ta‘lim-tarbiya berishga maxsus tayyorlangan odamlarning mehnat faoliyatidir. O‘qituvchi faoliyati inson shaxsini shakllantirishga qaratilgan. O‘qituvchilikni o‘rganayotgan yoshlar avvalo o‘qituvchining o‘ziga xos xususiyatlarini bilishi kerak. U quyidagilardan tashkil topadi: 1. o‘qituvchi shaxsining xususiyatlari; 2.o‘qituvchining ruhiy pedagogik tayyorgarligiga quyiladigan talablar; 3. maxsus tayyorgarlikning mazmuni va hajmi (amaliy); 4. ixtisosiga doir metodik tayyorgarlik. O‘qituvchi shaxsining xususiyatlari: g‘oyaviy sohada: mafkura, ilmiy dunyoqarash va e‘tiqod; ijtimoiy ehtiyoj va axloqiy- ma‘naviy boylikni tushunish; ijtimoiy va fuqaroli burchi va mas‘uliyatini anglash; ijtimoiy- siyosiy-kasbiy faollik. Pedagogik kasbi sohasida: o‘quvchilarni sevish va ular bilan ishlashga qiziqish, kasbni sevish, ruhiy-pedagogik bilmdonlik, ziyraklik va kuzatuvchanlik; pedagogik nazokatlilik (xushmuomilalik); pedagogik tasavvur, tafakkur; tashkilotchilik qobiliyati; haqqoniylik, halollik, samimiylik, haromdan xazar qilishlik, vazminlik, o‘zini tuta bilishlik, kasbga layoqatlilik, qat‘iyyatlilik, maqsadga intiluvchanlik, kurashuvchanlilik va mehnatsevarlik va hokazo. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling