O‘tkir o‘tanov «umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti»


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/153
Sana05.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#214774
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   153
Bog'liq
Alisher navoiy nomidagi

O’quv reja 
Maktablarning  o‘quv  rejasi  davlat  -  hujjatidir.  O‘quv  rejasi  -  barcha  tipdagi  maktablarda 
amal  qilinishi  lozim  bo‘ladigan  davlat  hujjatidir.  Unda  sinflar  bo‘yicha  o‘rganilishi  lozim 
bo‘lgan o‘quv fanlari va o‘sha fanlar uchun ajratilgan barcha o‘quv soatlari miqdori ko‘rsatilgan 
bo‘ladi. Maktablarning o‘quv rejalari xalq ta‘limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.  
O‘quv  rejasi  deb,  o‘qitiladigan  fanlar,  o‘qitilish  uchun  ajratilgan  o‘quv  soatlar  va  o‘quv 
yilining  tuzilishini  belgilab  beruvchi  davlat  hujjatiga  aytiladi.  O‘quv  reja  tuzishda  quyidagi 
omillarga asoslanadi:  
1. O‘quv rejasi o‘quv - tarbiya ishining maqsad va vazifalariga asoslanadi. Maqsad - ilmiy 
bilimlar  berish,  olgan  bilimlarini  hayotda  qo‘llay  olishga  va  mutaxassisliklarni  mukammal 
egallashga o‘rgatishdan iboratdir. 
2. Maktablarning birligi  ya‘ni  uzluksiz ta‘lim  qoidalariga asoslanadi.  Bular: (quyi  ta‘lim, 
boshlang‘ich ta‘lim, umumiy o‘rta ta‘lim, o‘rta maxsus ta‘lim, kasb hunar ta‘lim, oliy ta‘lim, oliy 
o‘quv yurtidan keyingi ta‘lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan 
tashqari  ta‘lim,  maktabgacha  ta‘lim  va  oilada  ta‘limning  o‘zaro  bog‘liqligi)  tarzda  amalga 
oshirishni ko‘zlaydi. 
3.  O‘quv  rejasiga  kiritilgan  fanlarning  hajmi,  qaysi  sinfda  o‘qitilishi,  ajratilgan  soati, 
bolalarning  yosh  va  bilim  saviyasiga  qarab  belgilanadi.  Fanning  hajmi,  og‘ir  -  yengilligi, 
didaktik  ahamiyati  ham  e‘tiborga  olinadi.  O‘quv  rejasiga  kiritilgan  fanlar,  birinchi  navbatda, 
umum insoniy, milliy tarbiyaning maqsadi va vazifalarini amalga oshirishga qaratilgandir. Unda 
ta‘limning  ilmiyligi,  g‘oyaviyligi,  amaliy  qimmati  hamda  O‘zbekiston  kelajagiga  munosib 
barkamol insonni tarbiyalab, voyaga yetkazish nazarda tutiladi. Shuning uchun ham unda tabiat 
va jamiyat haqidagi ilmiy bilimlar, ishlab chiqarish asoslari, san‘at va jismoniy tarbiya, sog‘lom 
avlodning  ma‘naviy  qiyofasi  asosiy  o‘rinni  egallaydi.  O‘quv  rejasida  tabiiy  fanlar  -  tabiiy 
jo‘g‘rofiya, biologiya, fizika, astranomiya, ximiya, matematika va informatika markaziy o‘rinni 
egallaydi.  Ijtimoiy  fanlar  -  tarix,  til  haqidagi  ilmiy  bilimlar  -  ona  tili,  xorijiy  tillari,  badiiy  va 
san‘at asoslari - adabiyot, tas‘viriy san‘at, musiqa va ashulla; jismoniy tarbiya asoslari bilan bir 
qatorda mehnat ta‘limni o‘qitish uchun soatlar ajratiladi. Bulardan tashqari, o‘quv rejasida ayrim 
tabiiy  fanlar,  ayniqsa  matematika,  informatika,  fizika  fanlari,  ayrim  gumanitar  fanlar  bo‘yicha 
ham  o‘quvchilarning  qiziqishlarini  qoniqtirishi,  qobiliyatlarini  rivojlantirish  maqsadida 
o‘tkaziladigan fakultativ mashg‘ulotlar ko‘rsatilgan bo‘ladi 


O‘quv  rejasi  bazi  bir  maxsus  o‘quv  maktablarida  o‘ziga  xos  ixtisoslikni  mukammal 
o‘rgatishga  yo‘naltirilgan  fanlarning  xususiyatlaridan  kelib  chiqib,  ajratilgan  soatlarning 
faqlanishi bilan ajralib turadi. O‘quv rejasida amaliy mashg‘ulotlar, ishlab chiqarish amaliyoti va 
boshqa amaliy faoliyatga tayyorlashga yo‘naltirilgan o‘quv - tarbiyaviy ishlar o‘z aksini topadi. 
O‘quv  rejasi  o‘quv  yilini  choraklarga  bo‘ladi  va  ular  orasidagi  ta‘til  muddatlarini  belgilovchi 
hujjatdir. 
 
O‘quv dasturi 
Dasturda  o‘quv  yili  davomida  har  bir  sinfda  alohida  fanlar  bo‘yicha  o‘quvchilarga 
beriladigan  ilmiy  bilim,  ko‘nikma  va  malakalarning  hajmi  belgilab  beriladi.Dasturda  har  bir 
fanning mazmuni izchillik bilan yoritiladi va ma‘lum mavzular orqali ko‘rsatiladi. 
O‘quv dastur quyidagi bir qator qoidalarga amal qilgan holda tuziladi. 
1.  Dasturning  qat‘iyligi.  Jamiyat  taraqqiyotini  ilmiy  asoslab  beradigan  ya‘ni  fan,  texnika, 
ishlab  chiqarish  hamda  ijtimoiy  munosabatlar  sohasida  erishgan  darajani  aks  ettirgan,  uzoq 
vaqtga mo‘ljallangan darsliklar yaratishni nazarda tutadi. 
2. O‘quv dasturida ilmiylik. 
3.  O‘quv  materiallari  mazmunini  to‘g‘ri  tanlashda  unda  isbot,  mantiqiy  umumlashmaga 
alohida e‘tibor beriladi. 
4. Nazariyaning amaliyoti bilna birligi qoidasi. 
5.  Dastur  ikki  usul  bilan,  ketma  -  ket  (muntazam)  konsentrik  (markazlashgan)  tarzda 
joylashtirilishi mumkin. 
Markazlashtirilganda  o‘quv  materiali  o‘qitishning  keyingi  bosqichida  murakkablashgan 
ko‘rinishda takrorlanadi. 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling