O‘tkir o‘tanov «umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti»
Tajriba yer uchastkasida amaliy mashg’ulotlar
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher navoiy nomidagi
Tajriba yer uchastkasida amaliy mashg’ulotlar. O‘quvchilarning amaliy tajriba
mashg‘ulotlari maktab jonli burchagi va tajriba yer uchastkasida olib boriladi. Amaliy ishlar o‘quv fanlari, fizika, ximiya, biologiya, tabiatni o‘rganish darslarida ilmiy bilimlar asosida olib boriladi. Maktab yer uchastkasidagi ishlarni asosan o‘quvchilar jamoalari amalga oshiradi. Maktab yer uchastkasida asosan ish turi ekin maydonlarini haydash, ekish, o‘g‘itlash, sug‘orish kabilar hamda otaliq tashkilotlari ish uchastkalarida, parrandachilik, sut-tovar fermalarida ham o‘tkazishlari mumkin. «Tarbiyachi o‘z shogirdlarining mustaqil ishlashiga ko‘proq imkoniyat yaratib bermog‘i lozim. O‘quvchini tayyor xulosalar bilan qurollantirishdan ko‘ra uning o‘ziga to‘g‘ri xulosalar chiqarishni o‘rgatmog‘i lozim», - deb ta‘kidlagan K.D.Ushinskiy. Shveysariya pedagogi I.G.Pestolojka: «Mening o‘quvchilarim yangilikni mendan olmaydi: ular bu yangilikni o‘zlari kashf etadilar. Mening asosiy vazifam – ularni o‘zlarini namoyish etishga, mustaqil g‘oyalarini rivojlantirishga yordam berishdan iborat» degan. Maktabda ta‘limning muammoli o‘qitishsiz tasavuur etish mushkul. Uning asosiy maqsadi o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish orqali bilish qobiliyatlarini rivojlantirishdan iborat. Har qaysi fanni o‘qitishda muammoli ta‘lim shu fanning o‘ziga xos xususiyat va mazmunidan kelib chiqib tashkil etiladi. Muammoli ta‘limda muammoli vaziyatni yuzaga keltirish, o‘quvchilarni mazkur vaziyatni qidirib topishga, ixtiro qilishga o‘rgatishni vazifa qilib oladi. Albatta, o‘qituvchi yo‘naltiruvchi shaxs hisoblanadi. Bunda o‘quvchilarning o‘zlari mavjud bo‘lgan bilimlarga tayanib ish tutadi. Eng muhimi o‘quvchilarni mantiqiy fikrlashga va ularni amalda qo‘llashga o‘rgatadi. Masalan, boshlang‘ich sinflarda tabiatshunoslik fanidan quyidagicha tashkil etish mumkin. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling