O‘tkir o‘tanov «umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti»


O’quvchilarning  mustaqil  ishlari


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/153
Sana05.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#214774
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   153
Bog'liq
Alisher navoiy nomidagi

O’quvchilarning  mustaqil  ishlari.  O‘quvchi  uy  vazifasini  bajarish  natijasida 
o‘zlashtirgan  bilimlarni  mustahkamlaydi.  O‘zlashtirgan  materiallar  yuzasidan  ongli  fikr 
yuritishga,  hosil  qilingan  ko‘nikma  va  malakalarni  turmushda  qo‘llay  olishga  o‘rgata  boradi. 
Maktab  o‘quvchilariga  beriladigan  uy  vazifalarning  turlari  juda  ham  xilma-xildir.  Darslik  va 
kitob bilan ishlash, qoida va qonunlarni yod olish, yozma va og‘zaki mashqlar bajarish, insho va 
bayon  yozish,  maktab  tajriba-yer  uchastkasi  va  jonli  burchaklarda  o‘simlik  va  hayvonlarni 


kuzatish yuzasidan olib boriladigan mustaqil ishlardir. Shuni ko‘rsatib o‘tish kerakki, ba‘zan uy 
vazifalarini  topshirishda  qo‘pol  holatlarga  yo‘l  qo‘yiladi.  Uy  vazifalarining  muvaffaqiyatli 
bajarilishi  ko‘p  jihatdan  o‘qituvchining  puxta  o‘qtirishiga  bog‘liq.  Uy  vazifalarini  dars  oxirida 
shoshma-shosharlik bilan topshirish yaramaydi. 
Maktabda  o‘quvchilarning  mehnatdan,  biologiyadan,  jismoniy  tarbiya  fanlaridan 
mashg‘ulotlar o‘quv ustaxonalarida, yer uchastkasida, sport maydonchalarida tashkil etiladi. Bu 
mashg‘ulotlarni o‘tkazishdan maqsad o‘quvchilarni olgan nazariy bilimlarini amaliyotga qo‘llash 
ko‘nikmasini  shakllantirishdan  iborat.  Bunday  mashg‘ulotlar  o‘ziga  xos  xususiyatlardan  kelib 
chiqib tashkil etiladi va ma‘lum pedagog talablar asosida o‘tkaziladi. 
Maktabda  o‘quvchilarni  hayotga  tayyorlashda  va  bilish  qobiliyatlarini  rivojlantirishda 
sinfdan tashqari o‘qishini  tashkil etish muhim  rol o‘ynaydi.  Sinfdan tashqari o‘qish  barcha fan 
o‘qituvchilari  va  kutubxonachilar  tomonidan  tashkil  etmoqlari  zarur.  Unda  ko‘zda  tutilgan 
maqsad  dasturda  ko‘zda  tutilmagan  keng  hajmdagi  qo‘shimcha  materiallar  o‘quvchilarning 
o‘zlashtirishi uchun tavsiya etiladi. Darsdan tashqari munozaralar, konferensiyalar uyushtirilishi 
ham  mumkin.  Eng  asosiy  o‘quvchilarning  qiziqqan  sohalari  bo‘yicha  bilishini  rivojlantirish, 
o‘qishga  ishtiyoqini  tarbiyalash,  kitob  bilan  ishlashga  o‘rgatishdan  iborat.  ―Odamlar  o‘qishdan 
to‘xtashlari bilan fikrlashdan ham to‘xtaydilar‖, - degan Dini Didro. Ta‘limni yodga qo‘yishning 
dars,  laboratoriya,  ekskursiya,  amaliy  mashg‘ulot,  kollekvium,  uy  vazifalari,  qo‘shimcha 
konsultasiya, nazorat ishlar, topshiriq va hokazo shakllari mavjud. 
Ekskursiyani tashkil qilish ta‘limning boshqa shakllaridan tubdan farq qiladi. Ekskursiya 
4 yo‘nalishda uyushtiriladi: 
1.  Tabiatni kuzatish va o‘rganish maqsadida olib boriladigan ekskursiyalar. 
2.  Sanoat va qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishiga oid ekskursiyalar. 
3.  Ijtimoiy va maishiy mazmundagi materiallar bilan tanishtirishga oid ekskursiyalar. 
4.  San‘at va adabiyot materiallari bilan tanishtirishga qaratilgan ekskursiyalar. 
Ekskursiyaning  muvaffaqiyatli  chiqishi  uni  o‘tkazish  uchun  ko‘rilgan  tayyorgarlikka 
bog‘liq. Ekskursiya o‘quvchilarni reja bilan tanishtirish hamda obyekt ustida qisqacha ma‘lumot 
berish bilan boshlanadi. Ekskursiya quyidagi tuzilishda olib boriladi. 
1.  Ekskursiya haqida ekskursiyavodning dastlabki kirish suhbati. 
2.  Marshrut bo‘yicha obyektni kuzatish. 
3.  Ekskursiyalar davomida kerakli materiallarni to‘plash. 
4.  Ekskursiyani yakunlash. 
 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling