O‘tkir o‘tanov «umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti»
-Mavzu: Ta’lim jarayonining shakllari
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher navoiy nomidagi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’z va iboralar
13-Mavzu: Ta’lim jarayonining shakllari
Reja: 1. Ta‘lim jarayonining shakllari haqida tushuncha. 2. Ya.A.Kamenskiy sinf - dars tizimining nazariy asoslari. 3. Dars - maktabda ta‘limni yo‘lga qo‘yishning asosiy shakli. 4. Darsga bo‘lgan hozirgi zamon pedagogik talablar. 5. Maktabda darslarning ta‘limiy, tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi vazifalari. 6. Dars tiplari va tuzilishi. Tayanch so’z va iboralar: Ta‘lim shakli, sinf - dars tizimi, bellankastr, Daltan - plan, Tranp - plan, laboratoriya - brigada, asosiy shakli, ta‘limiy, tarbiyalovchi, rivojlanuvchi, dars tiplari, o‘z mutaxassisligi, darsni rejalashtirish, dars rejasi, amaliy mashg‘ulot, ekskeursiyalar, sinfdan tashqari o‘qish, mustaqil ish va hk. Kishilik jamiyatining tarix taraqqiyotida (dastlabki davrda) o‘qitish ishi odamlarning mehnat faoliyati bilan uzviy bog‘langan edi. Bolalar katta yoshdagilarga taqlid qilib, ularning ish usullaridan namuna olib, qo‘llaridan keladigan unumli mehnatda va uy ishlarida qatnashib, shy yo‘l bilan kattalar tajribasini o‘rganar edilar. Mehnat faoliyati va bilimlar murakkablasha borishi bilan bolalarning o‘tmish ajdodlar tajribasini o‘zlashtirish vazifasi o‘qitishning maxsus tashkiliy shakllarini taqozo qilardi. Natijada maktab vujudga keldi. Bolalarni guruh qilib o‘qitish (to‘plab) paydo bo‘ladi. Qadimgi Xitoy, Misr, Yunoniston maktablarida, o‘rta asr maktablarida bolalar guruhlab o‘qitiladi. By guruhlab o‘qitishning dastlabki shakli edi. Guruhlar o‘zgaruvchan edi, bilim darajasi, yoshi va aqli har xil darajada o‘sgan bolalar bir guruhda o‘qitilar edi. Qadimgi dunyoda va o‘rta asrda o‘qitish ko‘proq individual shakli keng rivojlangan edi. By keyinchalik o‘zini oqlamadi. Maktab ta‘lim ishlari har xil shakllarda olib boriladi. Maktabning tarixiy taraqqiyoti bilan ta‘limni yo‘lga qo‘yish shakllari ham o‘zgarib boradi. Ya.A.Kamenskiy tarixda birinchi bo‘lib maktab ta‘lim tizimida sinf - dars tizimini yaratdi. Levin sinf - dars tizimi O‘rta Osiyodagi, jumladan eski o‘zbek maktablariga inqilobgacha ta‘sir qilmadi. By maktablarda o‘qishga o‘quvchilar qabul qilishning ma‘lum vaqti yo‘q edi. Shuning uchun 20 - 30 o‘quvchining bilim darajalari ham turlicha bo‘lar edi. Maktab barpo qilinishining dastlabki kunlaridan boshlaboq sinf- dars tizimi yangi taraqqiyot darajasiga o‘tdi. Maktabning dushmanlari XX asrning boshlarida AQShda paydo bo‘lgan Dalton - plan asosidagi ta‘limni hyech o‘zgarishsiz, faqat nomini o‘zgartirib, "laboratoriya - birgada metodi‖ deb atab, uni maktabga tadbiq qila boshladilar. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling