O‘tkir o‘tanov «umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti»


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/153
Sana05.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#214774
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   153
Bog'liq
Alisher navoiy nomidagi

 
 
15-Mavzu: Tarbiya jarayonining mohiyati  
 
Reja: 
1.  Tarbiya o‘quvchi shaxsini shakllanishini boshqarish jarayonidir. Tarbiyaning ijtimoiy 
voqyealikni o‘zlashtirishga yo‘naltirilganligi.  
2.  Tarbai jarayonidagi ziddiyatlar va uning harakatlantiruvchi kuchlari.  
3.  Maktab  o‘quvchisini  tarbiyalash  jarayonining  o‘ziga  xosligi,  tarbiya,  o‘z-o‘zini 
tarbiyalash va qayta tarbiyalash masalalari.  
4.  Tarbiya jarayonining qoidalari va qonuniyatlari. 
 
Tayanch so’z va iboralap 
Asosiy  maqsad,  barkamol,  sharqona  axloq,  odob,  ma‘naviy  kamalot,  najod,  xalokat, 
hayot,  yangicha fikrlaydigan, uzoq, uzluksiz jarayon, hokim, tobe, ichki tashqi ziddiyatga, o‘z-
o‘zini  tarbiyalash,  qayta  tarbiyalash,  aql  kuchi  moddiy  manfaat  kuchi,  tashkilotchi,  qoida, 
qonuniyat,  talablar,  majmui,  milliy  tarbiya,  milliy  ong,  o‘zlikni  anglash,  insonparvarlik, 
demokratiya, inson shaxsini hurmatlash, milliy, umummilliy qadriyat, jamoa, mehnat va hokazo.  
Inson, uning har tomonlama uyg‘un kamol toptirish  va farovonligi,  shaxs manfaatlarini 
ro‘yobga  chiqarishning  sharoitlari  va  ta‘sirchan  maxanizmlarini  yaratish  eskirgan  tafakkur  va 
ijtimoiy  xulq-atvorning  andozalarini  o‘zgartirish  mamlakatimizda  amalga  oshirilayotgan 
islohatlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchi sifatida qaralmokda.  
Tarbiya hayotning eng muhim tirgagi (tayanchi) bo‘lib hisoblanishi lozim. Har bir yoshni 
shunday tarbiyalash zarurki, u avvalo yaxshi o‘qishni va so‘ngra esa yozishni o‘rganish bilan eng 
yuksak pog‘onaga ko‘tarilsin! (Avesto).  
Avvalom  bor,  tarbiya  nazariyasi  Markaziy  Osiyo  faylasuflarining  va  xalq 
pedagogikasining tarbiya borasidagi boy tajribalariga tayanadi, tarbiya nazariyasi o‘z qoidalarini 
asoslash  uchun  falsafa,  sosiologiya,  etika,  estetika  huquqshunoslik,  psixologiya  fanlari 
ma‘lumotlaridan  foydalanadi.  (Tarbiya  nazariyasi  o‘z  navbatida  pedagogika  fanining  boshqa 
bo‘limlari:  pedagogikaning  umumiy  asoslari,  pedagogika  tarixi,  ta‘lim  nazariyasi, 
maktabshunoslik bilan uzviy bog‘langandir).  
Hozirgi  zamon  pedagogikasida  tarbiya  tarbiyachining  tarbiyalanuvchi  shaxsiga  oddiy 
shunchalik  ta‘sir  ko‘rsatishi  emas,  balki  tarbiyachilar  va  tarbiyalanuvchilarning  aniq  bir 
maqsadga  qaratilgan,  bir-biri  bilan  hamkorlikda  qiladigan  munosabatlari  va  o‘zaro  ta‘sir 
ko‘rsatishi ekanligi alohida ta‘kidlanadi. 
Hozirgi  vaqtda  amalga  oshirilayotgan  Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi  "Ta‘lim 
to‘g‘risidagi"  O‘zbekiston  Respublikasi  qonunining  qoidalariga  muvofiq  tayyorlangan  bo‘lib, 
uning "Asosiy maqsadi - ta‘lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy 
qarashlar  va  sarqitlardan  to‘la  xalos  etish  yuksak  ma‘naviy  va  axloqiy  tarbiyalarga  javob 
beruvchi  malakali  kadrlar  tayyorlash",  zarurligi  (39  bet)  va  "Uzluksiz  ta‘lim  ijodkor,  ijtimoiy 
faol, ma‘naviy boy shaxs shakllanishi uchun shart-sharoitlar yaratadi" (43 bet) deb, ta‘kidlanishi 
bejiz emas albatta. 
"Biz  sog‘lom  avlodni  tarbiyalab,  voyaga  yetkazishimiz  kerak"  -  deb  ta‘kidlaydi 
I.Karimov - sog‘lom kishi deganda, faqat jismoniy sog‘likni emas, balki sharqona axloq-odob va 
umumbashariy g‘oyalar kamol topgan insonni tushunamiz". 
Bugungi kunda XXI asr bo‘sag‘asida shunchaki bilim egasi bo‘lgan insonni emas, balki 
ijodkor, o‘z iste‘dodi bilan ajralib turuvchi insonnn tarbiyalash zamon taqozosidir. 


Tarbiya jarayonida kishining qobiliyatlari rivojlanadi, g‘oyaviy-axloqiy, irodaviy, estetik 
hislatlari  shakllanadi,  tabiatga,  jamiyatga  ilmiy  qarashlar  tizimi  tarkib  topadi,  jismoniy  kuch-
qudratlari mustahkamlanadi.  
Hamma  davrning  ilg‘or  kishilari  tarbiyaga  yuqori  baho  berganlar.  Xalq  donishmandlari 
va mutafakkirlaridan Zardusht, Muhammad al-Xorazmiy, Imom al-Buxoriy,  Imom at-Termiziy, 
Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Axmad Yassaviy, 
Maxmud  Koshg‘ariy,  Shayx  Najmiddin  Kubro,  Jaloliddin  Manguberdi,  Burxoniddin  Zarnujiy, 
Burxoniddin  Naqshband,  Amir  Temur,  Mirzo  Ulug‘bek,  Alisher  Havoiy,  Zaxiriddin  Bobur, 
Zavqiy, Furqat, Avaz O‘tar, Hamza, Abdulla Avloniylar inson kamolotini ilm-fan va tarbayada 
deb bilganlar.  
Tarbiya  jarayoni  shaxsning  ijtimoiy  qimmatli  fazilatlarini  shakllantirishga,  uning 
atrofdagi  dunyoga,  jamiyatga,  odamlarga,  o‘ziga  nisbatan  munosabatlari  doirasinn  vujudga 
keltirishga va kengaytirishga qaratilgan.  
Shaxsning  turmushdagi  turli  jihatlarga  munosabatlari  tizimi  keng,  xilma-xil  va  chuqur 
bo‘lsa, uning ma‘naviy dunyosi shunchalik boy bo‘ladi. Tarbiya shaxsni ijtimoiylashtirish, uning 
aniq  hayotiy  mavqyeini  shakllantirish  jarayonidir.  Tarbaya  shaxsning  ongliligi,  faolligi, 
fidoiyligi,  vatanparvarligi,  insonparvarligi  va  boshqa  fazilatlarini  shakllantiradigan  jarayondir. 
Tarbiya o‘z tabiatiga ko‘ra ko‘p faktorli xarakterga ega. Buning ma‘nosi shuki, bola shaxcining 
qaror  topishi  maktab,  oila,  jamoatchilik,  ijtimoiy  muhit  va  yaqin  atrofdagi  vaziyatga  bevosita 
yoki  bilvosita  ta‘siri  ostida  ro‘y  beradi.  Hamma  narsa:  odamlar,  ashyolar,  hodisalar,  voqyealar, 
avvalo ota-onalar va pedagoglar tarbiyalaylilar. (A.S.Makarenko)  
Tarbiya jarayonini mashhur pedagog A.Avloniy "Al-xosil tarbiya bizlar uchun yo hayot, 
- yo mamot, yo najot, - yo halokat, yo saodat, - yo falokat macalacidip" deb ta‘riflagan va yana 
"Har  mamlakatning  saodati,  davlatlarning  tinch  va  rohati  yoshlarning  yaxshi  tarbiyachiga 
bog‘liq" X.X.Niyoziy "Agar yaxshi tarbiya kishining qimmatbaho boyligi bo‘lsa, yomon tarbiya 
uning uchun haqqoniy baxtsizlik hisoblanadi va qo‘shimcha uni halox etadi", - deb tushungan.  
Ta‘lim  orqali  nazariy  kamolotga  erishiladi.  Tarbiya  esa  Farobiy  fikricha  "bu  kishilar 
muloqotda  etnik  qadr-qimmatni  va  amaliy  faoliyatni  yaratishga  olib  boradigan  yo‘ldir",  deb 
ta‘riflaydi  hamda "Insoniy maqsad  - oliy  baxt  saodatga erishuvni  o‘ziga  g‘oya va oliy maqsad 
qilib olish kerak".  
A.S.Makarenko  "Tarbiya  bu  nisbatan  keksaroq  avlodning  o‘z  tajribasi,  o‘z  ehtirosi,  o‘z 
e‘tiqodini yosh avlodga topshirish demakdir ", deb ta‘riflagan.  
Yuqoridagi ta‘riflarning barchasi shaxs tarbiyasining u yoki bu qirralarini ilmiy jihatdan 
asoslashga qaratilgandir. 
Pirovard natijada har tomonlama kamol topgan, yetuk, barkamol shaxsni shakllantirishga 
qaratilgandir. Tarbiya jarayonining eng asosiy maqsadi har tomonlama va uyg‘un kamol topgan 
yangicha  fikrlaydigan  shaxsni  shakllantiriщdir.  Bu  qiyin  jarayon  ikki  tomonlama  bo‘lib, 
uyushtirishni  va  rahbarlikni,  boshqarishni  ham,  tarbiyalanuvchi  shaxsning  faollik  ko‘rsatishini 
ham  talab  qiladi.  Ammo  bu  jarayonda  pedagog  yetakchi  rol  o‘ynaydi  va  tarbiyaning  umumiy 
maqsadini amalga oshipadi.  
Tarbiya  uzoq  davom  etadigan  va  aslida  uzluksiz  jarayon  bo‘lib,  bu  jarayon  bola 
maktabga  kelishidan  ilgariroq  boshlanadi  va  butun  umr  bo‘yi  davom  etadi.  Tarbiya  ko‘pgina 
sabablarga,  o‘quvchilarnnng  individual-tipologik  tafovvutlarga,  ularning  hayotiy  va  ma‘naviy 
tajribasiga, shaxsiy faolligiga boqliq.  

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling