1. Kataral.
2. Yiringli.
Funktsional xolatiga karab:
1. Noobstruktiv
2. Obstruktiv
Taraqqiyot variantlari:
1. O’ta o’tkir (2 xaftagacha)
2. Cho’zilgan (1 oygacha)
3. Kaytalanuvchi (yil dvomida 3 va ko’prok kaytalash).
KLINIK MANZARASI.
Kasallik quruk iztirobli yo’tal, to’sh suyagi atrofida og’rik, nafas
yo’llarining o’tkir yallig’lanishiga xos o’zgarishlar
bilan boshlanib, yallig’lanish
bronxlarga tarqalgach, xansirash va ketma – ket yo’talish paydo bo’ladi. Bemorlar
yo’talish vaqtida ko’krak kafasining pastki kismida og’rik sezadilar. Bexollik,
terlash, tana xaroratining 37,5 – 38
0
S ga ko’tarilishi, gripp bilan og’rigan
bemorlarda esa lablariga uchuq toshishi (herpes labialis) kuzatiladi.
Perkussiya qilinganda o’zgarmagan o’pka tovushi eshitiladi.
Auskultatsiya
vaqtida o’pkada tarkalgan quruk xushtaksimon yoki g’o’ng’illovchi xirillashlar
eshitiladi, yo’taldan sung xirillash paydo bo’lishi mumkin.
O’tkir bronxit kasalligida o’pka rentgenogrammasida o’zgarish bo’lmaydi.
Tashki nafas funktsiyasi tekshirilganda o’pkaning tiriklik sig’imi
va maksimal
ventilyatsiya 15 – 20 foizga kamayadi. Qonning kislorod bilan tuyinishi daqiqali
(minutli) nafas sig’imining ortishi xisobiga buzilmaydi. Konda leykotsitlarning
neytrofillar xisobiga ortishi 8 – 12 x 10
9
/l, eritrotsitlar cho’kish tezligi (EChT)
ortishi kuzatiladi. O’tkir bronxitning yengil formasi qisqa muddatli bo’lib (2 – 3
kun), bemor o’zini
yomon xis qiladi, u subfebril xarorat, yo’tal,
tush suyagi
atrofida og’rik bilan o’tadi. Og’ir formasi tana xaroratining baland bo’lishi, yutal
balg’am kuchishi, qonda leykotsitlar va EChT ortib ketishi bilan kechadi.