Otlar Ingliz tilida sanaladigan hamda sanalmaydigan turlarga


Download 20.48 Kb.
bet1/2
Sana31.01.2023
Hajmi20.48 Kb.
#1145377
  1   2
Bog'liq
1.articl,nouns,apostrof


Nouns
Otlar Ingliz tilida sanaladigan hamda sanalmaydigan turlarga
bo`linadi. Kuchuk, mushuk, shu kabi so`zlarni sanash imkoniyati
mavjud, biroq guruch, suv kabi so`zlarni sanab bo`lmaydi.
Qolaversa, otlar ko`plik hamda birlikka ham bo`linadi. Birlikdagi
otlar – bu aniq bitta bo`lgan so`zlar. Ko`plikdagilar esa birdan ortiq
bo`lganlaridir. Ko`plikni belgilash uchun Ingliz tilida “s” hamda “es”
qo`shimchalaridan foydalaniladi.
A cat – cats; a dog – dogs; a watch – watches.
Ba`zi bir otlarni bo`lsa ko`plikda shakli o`zgaradi, ular uncha ko`p
emas:
1) Child – children;
2) Goose – geese;
3) Tooth – teeth;
4) Woman – women;
5) Man – men;
6) Mouse – mice
7)foot-feet
8)sheep-sheep
9)fish-fish
10)deer-deer
11)ox-oxen


Articles and nouns
a” noaniq artikli undosh tovush bilan boshlangan otlar oldidan ishlatiladi.
an” noaniq artikli esa unli tovush bilan boshlanga otlar oldidan ishlatiladi.
Artikllarning ham grammatikada o`ziga yarasha roli mavjud. Agar
tarixga qaraydigan bo`lsak, artikllarning o`ziga yarasha tarjimasi
mavjud bo`lgan.
Noaniq artikl – a, an, oldinlari tarjimada “bir” ma`nosini bergan.
Sababi, qadimda har bir obyekt oldidan bir so`zini ishlatib gapirish odat
bo`lib qolgan, keyinchalik “one” so`zi paydo bo`lgach, “a, an”ga joy
qolmagan, biroq xalq ularga o`rganib qolgani bois, ularni olib
tashlashmagan, shunchaki tarjimasi mavjud bo`lmagan qo`shimchalarga
aylantirib qo`yishgan. Endilikda, qaysi so`z oldiga “bir” so`zini qo`yish
imkoniyati bo`lsa, u holatda bemalol “a, an”ni qo`yish mumkin. “A, an
artikli faqat birlikda hamda sanaladigan otlar oldidangina ishlatiladi.
Bitta tuz yoki bitta olmalar deya olmaymizku!
Aniq artikl “the” bo`lsa qadimda “That”ni o`rniga ishlatilgan.
“Anavi, bu, u, o`sha” tarjimalariga ega bo`lgan. Biroq hozir that o`ylab
topilgach, “the” ham tarjimasiz qolgan. “The” har qanday ot oldidan
ishlatilaveriladi, sanalmaydigan hamda ko`plikda ham qo`llaniladi, faqat
ot oldidan “anavi, bu, u, o`sha” so`zlarini qo`yish imkoniyati bo`lsagina!
Noaniq artikl ishlatiladigan holatlar:
1. Have dan keyin “Menda bor” kabi iboralarda: I have a dog;
2. Be fe`lidan keyin: I am a student;(men talabaman)
3. “Har qanday” ma`nosida: I like a smartphone (men har qanday
smartfonni yaxshi ko`raman);
4. Ta`rifi berilgan so`zlar bilan: A white dog is good.(oq it yaxshi);

Download 20.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling