Otlar Ingliz tilida sanaladigan hamda sanalmaydigan turlarga
Download 20.48 Kb.
|
1 2
Bog'liq1.articl,nouns,apostrof
- Bu sahifa navigatsiya:
- Articles and nouns “a
Nouns Otlar Ingliz tilida sanaladigan hamda sanalmaydigan turlarga bo`linadi. Kuchuk, mushuk, shu kabi so`zlarni sanash imkoniyati mavjud, biroq guruch, suv kabi so`zlarni sanab bo`lmaydi. Qolaversa, otlar ko`plik hamda birlikka ham bo`linadi. Birlikdagi otlar – bu aniq bitta bo`lgan so`zlar. Ko`plikdagilar esa birdan ortiq bo`lganlaridir. Ko`plikni belgilash uchun Ingliz tilida “s” hamda “es” qo`shimchalaridan foydalaniladi. A cat – cats; a dog – dogs; a watch – watches. Ba`zi bir otlarni bo`lsa ko`plikda shakli o`zgaradi, ular uncha ko`p emas: 1) Child – children; 2) Goose – geese; 3) Tooth – teeth; 4) Woman – women; 5) Man – men; 6) Mouse – mice 7)foot-feet 8)sheep-sheep 9)fish-fish 10)deer-deer 11)ox-oxen Articles and nouns “a” noaniq artikli undosh tovush bilan boshlangan otlar oldidan ishlatiladi. “an” noaniq artikli esa unli tovush bilan boshlanga otlar oldidan ishlatiladi. Artikllarning ham grammatikada o`ziga yarasha roli mavjud. Agar tarixga qaraydigan bo`lsak, artikllarning o`ziga yarasha tarjimasi mavjud bo`lgan. Noaniq artikl – a, an, oldinlari tarjimada “bir” ma`nosini bergan. Sababi, qadimda har bir obyekt oldidan bir so`zini ishlatib gapirish odat bo`lib qolgan, keyinchalik “one” so`zi paydo bo`lgach, “a, an”ga joy qolmagan, biroq xalq ularga o`rganib qolgani bois, ularni olib tashlashmagan, shunchaki tarjimasi mavjud bo`lmagan qo`shimchalarga aylantirib qo`yishgan. Endilikda, qaysi so`z oldiga “bir” so`zini qo`yish imkoniyati bo`lsa, u holatda bemalol “a, an”ni qo`yish mumkin. “A, an” artikli faqat birlikda hamda sanaladigan otlar oldidangina ishlatiladi. Bitta tuz yoki bitta olmalar deya olmaymizku! Aniq artikl “the” bo`lsa qadimda “That”ni o`rniga ishlatilgan. “Anavi, bu, u, o`sha” tarjimalariga ega bo`lgan. Biroq hozir that o`ylab topilgach, “the” ham tarjimasiz qolgan. “The” har qanday ot oldidan ishlatilaveriladi, sanalmaydigan hamda ko`plikda ham qo`llaniladi, faqat ot oldidan “anavi, bu, u, o`sha” so`zlarini qo`yish imkoniyati bo`lsagina! Noaniq artikl ishlatiladigan holatlar: 1. Have dan keyin “Menda bor” kabi iboralarda: I have a dog; 2. Be fe`lidan keyin: I am a student;(men talabaman) 3. “Har qanday” ma`nosida: I like a smartphone (men har qanday smartfonni yaxshi ko`raman); 4. Ta`rifi berilgan so`zlar bilan: A white dog is good.(oq it yaxshi); Download 20.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling