Otlarni boqish va parvarishlashga gigienik talablar
Download 221.5 Kb.
|
отларни парвариш килиш курс иши
- Bu sahifa navigatsiya:
- Otlarni boqish va parvarishlashga gigienik talablar
- 2.3. Onasidan ajratilgan qulunlarni o’stirish va asrashga qo’yilgan gigietik talablar
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI ZOOTEXNIYA FAKULTETI Zooinjeneriya: asalarichilik ta’lim yo‘nalishi II-kurs, 18.65-guruh talabasi Muxamadjonov _____________NING “OTLARNI BOQISH VA PARVARISHLASHGA GIGIENIK TALABLAR”
mundarija
KIRISH Mustaqil O‘zbekiston o‘zi tanlagan tinchliksevarlik va barqaror taraqqiyot, huquqiy davlat qurish yo‘lidan bosqichma – bosqich rivojlanib bormoqda. Xalq xo‘jaligini barcha jabxalarida bozor iqtisodiyotiga o‘tishga qaratilgan tub islohotlarni amalga oshirmoqda. O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarning dastlabki bosqichlarida eng avvalo qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining isloh qilishga katta ahamiyat bermoqda. Qishloq xo‘jaligini barqaror taraqqiyotiga berilayotgan e’tibor tufayli keyingi yillarda moddiy ne’matlar ishlab chiqarish salohiyatini saqlab qolishga erishilayotir. Respublikamizda agrar munosabatlarni isloh qilish uchun qishloq xo‘jalik korxonalarining tuzilmasining qaytadan tashkil etish, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini etishtirishni yanada ko‘paytirib berish uchun sharoit yaratishda samarali texnologik jarayonlarni hayotga tadbiq etish lozim. Hozirgi kunda qishloqda agrar va iqtisodiy munosabatlarining huquqiy asoslari barpo bo‘layotganligi. Qishloq xo‘jalik yuritish mexanizmini yangi asoslari shakllanayotganligi, sohani boshqarish tamoyillari va tizimi o‘rganilayot-ganligini ta’kidlash joizdir. Xalqimizni oziq-ovqat bilan taminlash uchun, umuman xalq xo‘jaligini tanglikdan chiqarish siyosatini tadbiq qilishda avvalambor qishloq xo‘jalik sohasini rivojlantirishda ustivorlik berishimiz zarur, pirovardida bular peshtaxtalarni to‘ldiradi dasturxonimiz to‘kin bo‘ladi. Prezidentimiz bu borada qishloq xo‘jalik to‘g‘risida so‘z borarkan qishloq xo‘jaligi bilan ma’suliyatli odamlar yuqori malakali rahbar va mutaxassislar o‘z mamlakatining farovonligi uchun qayg‘uradigan fidoyi kishilar shug‘ullanishi kerak deb ta’kidlagan edi. Shuningdek mulk masalasi hal qilinmasdan turib mehnatni tashkil etishning har qanday mukammal tizimi ham samara bermaydi. Muvaffaqiyat qozonmaydi. Shu borada chorvachilikni rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa shu yilqichilik chorvachilikning muhim sohasi bo‘lib ishchi sifatida mahsulot olishda sut, go‘sht, sportda tutgan o‘rni beqiyosdir. Qadimdan O‘zbekistonda yilqichilik keng rivojlanib davlatlararo savdo sotiqni yo‘lga qo‘yishda millat va elatlarni urf-odatlarini madaniyatini targ‘ibot qilishda ipak yo‘lini tashkil etishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. O‘zbekiston ipak yo‘lini tashkil etishda asosiy markaz hisoblangan. Otlar xalqlarning hayotida tutgan o‘rni beqiyosdir. Mahsulot sotishda shuningdek, ishchi sifatida ya’ni yuk ko‘tarishda, hayvonlarni boqishda, sport ishlarida tutgan o‘rni beqiyosdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining chorvachilikni jumladan, yilqichilikni har tomonlama rivojlantirish to‘g‘risida chiqargan farmon va qarorlari katta ahamiyatga egadir. Maqsad xalqimizni farovonligini oshirishga qaratilgan. Masalan “Yaylov chorvachiligi qo‘roko‘lchilik, qo‘ychilik, uyur yilqichiligi va tuyachilik xodimlarini ijtimoiy jihatdan himoya qilishning qo‘shimcha tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 199-yil 7-yanvardagi farmoni, shuningdek Naslchilik to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 1-dekabrdagi qonuni va “Qishloq xo‘jaligida islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yo‘nalishlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 24-mart farmonida ko‘rsatilganidek, fermer xo‘jaligi yuridik shaxs sifatida asosan xususiy korxona shaklida keyinchalik ular turli shakldagi kooperasiyalarga tanlov asosida ellik yilgacha uzoq muddatli asosda beriladi. Davlatimiz raxbarining tashabbusi bilan 1992- yil parlamentimiz “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi qonuni va qator qarorlar qabul qilindi va sog‘lom avlod uchun davlat dasturi mavjud. Sportlar ichida ot sportini tutgan o‘rni beqiyosdir. Chorvachilikni rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 23 martdagi PQ-308 sonli chiqargan “Shaxsiy yordamchi, dehqon, fermer xo‘jaliklarida chorva mollarini ko‘paytirishni rag‘batlantirish chorva tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “ Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorva mollarini ko‘paytirishni rag‘batlantirishni kuchaytirish hamda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish borasidagi qo‘shimcha chora tadbirlari to‘g‘risida”gi 2008 yil 21 apreldaga PQ-842-sonli qarori shu sohani rivojlantirishga qaratilgan.
Yangi ish o’rinlari tashkil etilmoqda, aholi bandligi ta’minlanib, uning daromadi va farovonligi tobora oshmoqda” deya alohida ta’kidladilar. Yilqichilik respublika chorvachiligining muhim va shu bilan bir qatorda o’ziga xos soxasi bo’lib u mamlakatning 18,0 mln. gektardan ko’prok maydonini egallagan chul yaylovlarida rivojlanadi. Ushbu og’ir ekstremal sharoitda qorakul qo’ylari yuqori sifatli, turli rang, ramg-baranglik va assortimentdagi qorako’l terilarn, qorincha (shirdon), qo’y terilari, jun, go’sht kabi maxsulotlar berish qobiliyatiga ega bo’lishi bilan chul regionida yashovchi axolinnng sotsial, madaniy va moddiy xayot manbai xisoblanadi.
Yuqoridagi maqsad asosida oldimizga quyidagi vazifalarni qo’ydik: Yurtimizda yilqichilik sohasini rivojlanishini qayd etish. Yilqichilik binolarini qurishda tartib qoidalarga amal qilish. Otlarni boqishga qo’yilgan gigienik talabalarni ochib berishdan iborat
Vera Varmut so‘nggi yillari Ovrosiyo hududlari - Mojariston, Ukraina, Rossiya, Qozog‘iston va Mo‘g‘ulistondagi otlar irsiyatini tadqiq etgan. Bu o‘rinda gap taqriban 5-6 ming oldingi davr haqida ketmoqda. "Otlar turli hududlarda, alohida-alohida holatlarda xonakilashtirilgan kabi mavjud fikr u qadar ham to‘g‘ri chiqmadi" - deydi BBC bilan suhbatda olima - "Markaziy osiyolik odamlar qadimdan bu otlarni qo‘lga o‘rgatib, xonaki otlar yoniga yovvoyilarini qo‘shib boraverishgan". "Gap g‘arbda Mojariston, sharqda esa Mo‘g‘uliston oralig‘idagi ulkan mintaqa haqida bormoqda". Markaziy Osiyo esa bu ana shu ulkan mintaqa markazidir. Tadqiqotlar jarayonida otlardan olingan qon namunalarini tashish va buzmasdan saqlash qiyin bo‘lgan. Shu bois ularning yol va yunglari o‘rganilgan. Ko‘p hollarda yunglar Olmoniya va Britaniyaga tekshirish uchun jo‘natilgan. "Shu paytgacha faqat baytaldan keladigan irsiy xususiyatlar o‘rganilgan" - deydi Vera Varmut - "Biz esa ikki tarafdan - ham baytal, ham ayg‘irdan keladigan irsiy jihatlarni tekshirdik". Yilqichilik chorvachilikning muhim sohasi bo’lib, texnikaning rivojlanishiga qaramasdan hozirgi kunda ham xalq xo’jaligida o’z o’rnini yo’qotgan emas. Tabiyiy va tarixiy faktorlar yig’indisi konstitutsiya tiplarining shakllanishiga katta tasir ko’rsatadi. Konstitutsiyaning tipi va sifatini hayvonning tana tuzilishidagi ayrim organ va toqimalar rivojlanishining nisbiyligi; ishlab chiqarishga moslashuvi va ishchanligi; tashqi sharoitga moslashuvi; tashqi muhitning noqulay tasirlariga qarshilik ko’rsatish qobiliyati; sog’lomligi, feli va odati singari belgilar yig’indisi orqali aniqlash mumkun. Hayvonning hulqi va temperamenti konstitutsiya tipining eng asosiy belgilaridan biri hisoblanadi. Hulq va temperament hayvonning nerv sistemasi faoliyatiga uzviy bog’likdir. 1855 yilda akademik Middendorf otlarni ish qobiliyatiga qarab 2 gruppaga: tez (salt miniladigan va yortoqi) va odimlab yuradigan (og’ir, o’rta va ehgil yuk tortuvchi) gruppasiga bo’lgan edi. Bu klassifikatsiyadan keyinchalik P.N.Kuleshov, U.Dyurst, N.A.Yurasov o’z ishlarida foydalanganlar. Ot zotlarini bunday ikki klassifikatsiyag’a bo’lish ularni xo’jalik uchun foydali hususiyatlarini to’la baholay olmaydi.Qator zotlar o’z yurishlari bilan u yoki bu klassifikatsiyaga kirmay qolishi mumkun. 1975 yilda professor Frank otlarni suyak tuzilishiga qarab (zoologik klassifikatsiya) 2 tipga bo’ldi: 1) sharqiy tipga (Osiyo tipi) va 2) g’arbiy tip (Evropa tipi). Sharqiy tipga Axaltaka, arab va boshqa otlar, g’arbiy tipga og’ir yuk tortuvchi ot zotlari kiritildi. P.N. Kuleshov va boshqalar bu ikki tipga qo’shimcha qilib uchinchi tipmo’g’ul tipini kiritishdi. Bu tipga Mo’g’uliston va M.D.H dagi dasht ot zotlari kiritildi. Tashqi muhitning tasiri natiyjasida otlarda bosh suyaklarining tuzilishi o’zgarib ketganligi sababli Frank klassifikatsiyasi ham ishlab shiqarishda qo’llanishga yaramaydi. 1916 yilda professor A.A.Brauner otlarning bosh suyagini tuzilishi va qazilma materyallariga asoslanib, hozirgi ot zotlarini shimoliy va janubiy tiplarga bo’ldi. Shundan Shimoliy tip o’z navvatida yana ikki gruppag’a bo’linadi: g’arbiy (ishchi otlar) va sharqiy (ikkita to’g’ri peshonali qirg’iz va do’ng peshonali mo’g’ul) otlar kiradi. Janubiy tip ham ikkita – to’g’ri peshonali (arab, tekin zotlari) va do’ng peshonali (varvar, mo’g’ul zotlari) otlar gruppasidan iborat. Bu klassifikatsiya Frank klassifikatsiyasidan afzal bo’lishiga qaramay konkret iqlim sharoitida qator o’zgarishlarga ega bo’lgan ot zotlari uchun aniq hisoblanmaydi. 1904 yilda professor K. Yurt ot zotlarini o’rmon, dasht, sahro va adir tiplariga bo’ldi. O’rmon tipidagi otlarga Vyat, Fin, Shved zotlari, dasht tipidagilarga Prjevalskiy oti, Mo’g’ul va G’arbiy og’ir yuk tortuvchi zotlar kiradi, sahro tipidagilarga Arab, Axaltaka va boshqa zotlar kiradi. Bu klassifikatsiya bo’yicha har qaysi tip otlar o’ziga hos yavvoyi turdan kelib shiqqan deb hisoblanadi (polifilitik nazariya); aslida esa otlarning kelib chiqishi monofilitik nazariyaga asoslanadi (yani otlar bir turdagi yavvoyi otlardan kelib chiqqan). Shunga oqshash klassifikatsiyalarni ko’plab keltirish mumkin, lekin bularning hammasi shartli bolib, bir-biridan sistematik belgilari bilan farq qiladi. 1939 yilda V.I.Kalinin, G.G.Xitenkov tomonidan taklif qilingan va keyinchalik L.K.Kashtanov qayta ishlagan klassifikatsiya esa ishlab chiqarishda qollash qulay bo’lgani uchun ko’p ishlatiladi. Bu yo’qorida keltirilgan klassifikatsiyalarning umumlashmasi bo’lib, bunda otlarning kelib chiqishi, zootexnika ishlarining darajasi, ish qobiliyatining xarakteri va o’rchitilayotgan sharoiti asos qilib olingan. Nasjchilik ishlarining xarakteri va zotlarning shakillanish sharoitiga qarab, ularni uchta katta kategoryaga bo’lish mumkin. Otlarning eksteri to’g’risidagi dastlabki adabiyot birinchi marta 1717 yilda Grigoriy Fedorovich Dolgorukov tomonidan yozilgan edi Shuningdek, XVIII asrning oxiri va XIX asrning boshlarida ham eksterni o’rganish va uning ideal shaklini topish borasida qator urinishlar bo’lgan. 1868 yilda nemis zootexnigi Zettegest barcha qishloq xojalik hayvonlari uchun ekstererning quydagi ideal shaklini taklif qiladi. Bunda hayvonlarning gavda uzunligi 3 qismga bo’linib, birinchi qismga boshidan to ko’kragining chetidagi vertikal chiziqqacha, ikkinchi qismga shu vertikal chiziqtan to qoymuchning oldingi chetidagi vertikal chiziqqacha va uchunchi qismga shu vertikal chiziqtan keyingi qism oxirigacha kiradi. 3 qism ham o’z navvatida yana 88 tadan teng bo’lakka, tananing uzunligi esa 24 teng bo’lakka bo’linadi. I/24 uzunlik qismi gavdaning bo’linish masshtabi hisoblanadi. Shuningdek, Vilkens va Roloflarning < Lekin bunday ideal shakldagi hayvonlar bo’lmaydi, shuning uchun bu nazaryalar dogma (qotib qolgan) hisoblanib ishlab chiqarishda qollanilmaydi, chunki bu nazariyalarga rioya qilinganda qishloq xojalik hayvonlarining foydali zotlarini yaratib bo’lmaydi. Eksterer haqidagi to’g’ri tushuncha zootexnika fanining klassiklari P.N.Kuleshov, N.P.Chirvinskiy tomonidan yaratildi. Keyinchalik ularning talimotini M.I. Pridorogin, E.A. Bogdanov, M.F. Ivanov, E.F.Luskin va boshqalar davom ettirdilar. Bu olimlar qishloq xojalik hayvonlari ekstererini o’rganishning turli usullarini ishlab chiqdilar. Mazkur usullar o’z mohiyati va oddiyligi jihatidan yoqoridagi nazariyalardan tubdan farq qiladi. Lekin shuni aytish kerakki, hayvonlarning ekstereiga qarab ularning biologik hususiyatlariga aniq baho berishning obektiv usuli yoq desa bo’ladi. Masalan, otlarning tashqi tuzilishiga qarab ularning kuchliligini, yurish va chopish tezligini, ish qobiliyatini aniqbelgilab bo’lmaydi. Bu hususiyatlarni aniq bilish uchun ularni mahsus sinabko’rish yoki xojalik ishlarida uzoq vaqt kuzatip yurish kerak. Shuningdek ularning ekstereriga qarab nasil qoldirish xususiyatiga toliq boha berip bolmaydi. Yilqishilikni urganish borasidagi tajiribakar shuni korsatadiki ekstrerga toliq boha bermaslik yoki boha bermaslik yoki boholashda ekstrerni umuman hisjbga olmaslik otlarning konstruktsiyasini bushashib ketishiga ekstrerida bazi nuqsonlarning hosil bolishi va ish qobilyatining susayib ketishiga olib keladi. Shuning ushun nasilchilik va tovar xojaliklarida otlar ekstreriga qarab baholanishi shart. Ularning ekstrerini baholashda oldin inventar nomerlarni, zoti, laqabi, jinsi aniqlanadi. Biyalarni ekstrerlarini baholashda esa bulardan tashqari , qochirilgan vaqti va oxirgi xulinlagan vaqti hfm aniqlanishi kerak. Shundan song otlar tekis moydachaga olib shiqilib ularning sogligiga,xojalik tipiga va gavdasining umumiy tuzilishiga yurish tezligiga oyaqlarini tugri tashlashiga nafas olishiga va gavdasining tevranishiga oloxida etibor beriladi. Shundan song tanasining alohida- alohida qisimlarini baholashga kirishiladi. Baholanish otning bosh qismidan boshlanib oyoqlari bilan yakunlanadi. Yilqichilikning xalq xo’jaligidagi tutgan o’rnini hisobga olib, Respublika hukumati 1981 yil 13 mayda yilqichilikni rivojlantirish to’g’risidagi 427 sonli qarori shuningdek 1992 yil 7 yanvar O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni yaylov chorvachiligi (qorako’lchilik, qo’ychilik, uyur yilqichiligi va tuyachiligi) xodimlarini ijtimoiy jihatdan himoya qilishning qo’shimcha tadbirlari to’g’risida farmoni; O’zbekiston Respublikisining 1995 yil naslchilik to’g’risidagi qonuni; shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xujaliklarida chorva mollarini ko’paytirishni rag’batlantirish to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Prizidentining 2006 – 2008 yillarda chiqargan qarori muhim ahamiyatga egadir. Dunyo bo’yicha FAO ro’yxatli ma’lumotiga qaraganda otlarning bosh soni 70 mln.ga yaqin. Ayniqsa, Xitoy mamlakatida 8,9 mln.ga yaqin, Braziliya mamlakatida 6,4 mln, MDH.da 5,9 mln.dir. AQSH mamlakatida keskin kamaygan 11 mln boshdan 6 mln boshga tushgan. Keyingi yillarda tashvishlanarli holga tushib qolganligi ayon bo’ladi. Respublikamiz xududida 1914 yilda 597,5 ming bosh ot bo’lgan bo’lsa 1980 yillarda otlarni eng kam soni qayd qilinadi. Ya’ni 80,6 ming bosh. 1985 yili 89,2 ming,1995 yili 150 ming bosh, 2000 yilga kelib 146,6 ming bosh, 2009 yilda 175 ming boshni tashkil etgan. Albatta hozirgi xalq xo’jaligini iqtisodiy qayta qurish davrida xo’jalik hisobi sharoitida o’z–o’zidan ma’lumki, yuqoridan ko’rsatma asosida tashkil etish foyda keltirishi gumon. Xo’jalikka oqilona boshqarish fermer va oila pudratini keng joriy etish shubhasiz odamlarni iqtisodiy fikrlashga shu jumladan yilqichilikni taraqqiy ettirishga ham boshqacha munosabatda bo’lishga undamoqda. Juda qadimdan qishilar otlarning tashqi to’zilishiga qarab, uning ma’lum ko’rsatgichlarini hisobga olib borgan. SHuning uchun ham otlarning ekstereriga alohida e’tibor berib kelindi. Agar qadimgi grek va rim avtorlarini hisobga olmaganimizda XIV asrning boshlarida arab vetvrachi Abu – Bakrning va XI, XVI asrlardagi rassomlardan Leon Batits, Paolo Lama, Leonardo do Vinchilar birinchi bo’lib otlarning tana o’lchamlari, tana to’zilishining bir-biriga mutanosibligi to’g’risida qiziqqandir. Otlarning ekstereri to’g’risidagi birinchi kitobni 1717 yili Grigoriy Fedorovich Dolgorukov tomonidan yozilgan. Frantsuz olimi Klou Burjel 1774 yili eksterer to’g’risida kitob yozadi. Rossiyada birinchi darslikni eksterer to’g’risida 1832 yili V.I.Vsevolodov tomonidan yozilgan. 1926 yili professor N.N.Kuleshov tomonidan «Vыbor loshadey, skota i ovets po ekstereru» degan kitobni yozib qishloq xo’jalik hayvonlarning ahamiyatini turlicha tushuntirib berdi. Italьyan avtori Grisson XVII asrda «Iskusstvo verxovoy yezdы» kitobida otlar ekstereri va uning chiroyliligi to’g’risida yozadi. Eksterer haqidagi to’g’ri tushuncha zootexnika fanining klassiklari P.N.Kuleshov, N.P.CHirvinskiy tomonidan yozilgan keyinchalik ularning talimotini, M.I.Pridorogin, Ye.A.Bagdanov, M.F.Ivanov va boshqalar tomonidan davom ettirganlar. 1868 yilda nemis zootexnigi Zettegast barcha qishloq xo’jalik hayvonlari uchun ekstererning quyidagi ideal shaklini taklif qiladi. Bunda hayvonlarning gavda uzunligi 3 qismga bo’linib, birinchi qismga boshidan to ko’kragining chetidagi vertikal chiziqqacha, ikkinchi qismga shu vertikal chiziqdan to kuymichning oldingi chetidagi vertikal chiziqqa va uchinchi qismga shu vertikal chiziqdan keyingi qism oxirigacha kiradi. Uchinchi qism o’z navbatida yana 8 tadan teng bo’lakka, tananing uzunligi esa 24 ta teng bo’laklarga bo’linadi. 1\24 uzunlik qismi gavdaning bo’linishi masshtabi hisoblanadi. Masalan, otlarni ko’krak kengligi, chanoq kengligi 8 ta qismga teng bo’lishi kerak. SHu shaklga mos keluvchi hayvonlargina ideal hisoblangan. SHuningdek, Vilьkens va Roloflarning «Oltin kesishmalar» nazariyasi ham Zettegast nazariyasiga birmuncha o’xshashdir. Bu nazariya bo’yicha hayvon tanasining uzunligi 2,6 ga bo’linadi va olingan natija kichik kesim «minor» deb ataladi. Umumiy tana uzunligidan «minor»ni ajratib tashlansa, qolgan qoldiq katta kesim «mayor» deb ataladi. O’rtasidagi nuqta esa, «oltin kesishma» hisoblanib, otning yuk ko’tarish markazi shu nuqtada joylashganligini bildiradi. «Minor» ning uzunligi bosh va bo’yinning uzunligiga teng bo’lishi kerak. Otlarning konstitutsiyasini o’rganishda hayvon organizmini bo’tun sistema deb qaramoqlari uning keng ko’lamda o’rganish dastlab meditsinada va keyinchalik zootexniyada o’z ifodasini topa boshladi. CH.Darvin, Ye.N.Bogdanov va akademik M.F.Ivanovlar zootexniya faniga 5 xil klassifikatsiyani kiritganlar. Konstitutsiyasi mustahkam otlarda suyaklari mustahkam muskullari zich rivojlangan teri osti biriktiruvchi to’qimalarining unchalik yaxshi rivojlanmagan. Noziklik, bushlik, ko’pollik alomatlari sezilmaydi. Otlar zotini yaxshilash bilan konstitutsiyani maqsadga muvofiq tomonga yo’naltirishda yosh otlarni me’yorl shart-sharoitlarda parvarish qilish, mashq qildirish, tanlash va juftlash ishlarining roli kattadir. Hayvonning xulqi temperamenti konstitutsiya tipining eng asosiy belgilaridan biri hisoblanadi. Xulq va temperament hayvonning asab sistemasi faoliyatiga o’zviy bog’liqdir. Akademik I.P.Pavlovning ta’limoti bo’yicha otlarda asab sistemasi faoliyatining uchta tipi mavjudligi aniqlangan. O’zbekistondagi mavjud otlarning asosiy qismini qorabayir zotli otlar tashkil qilib, ular mahalliy sharoitga yaxshi moslashgan, har xil yo’nalishda foydalanilishi bilan ajralib turgan, yagona milliy ot zotimiz xisoblanadi. Bu zotli otlar yaylov sharoitiga yaxshi moslashgan bo’lib, deyarli yil bo’yi yaylovlarda boqishga moslashgan. Qorabayir zoti ichida 10 ta tizim, 12 ta geneologik guruh va 31 ta oila yaratilgan va 4 ta Davlat naslchilik kitobi chiqarilgan. Unga 1500 dan ortiq naslli otlar kiritilgan. Respublikamizda qorabayir zotli otlarni takomillashtirish bo’yicha yetakchi olimlardan professor V.A.SHekin, qishloq xo’jaligi fanlari nomzodi K.A.Lixovlar tomonidan ko’p yillar davomida samarali ishlar olib borilib, yuqorida ko’rsatib o’tilgan tizimlar, geneologik guruhlar va oilalar yaratilgan. SHuni takidlab o’tish lozimki, K.A.Lixov tomonidan 1972 yilda “Basket” va “Filin” tizimlari hamda 1995 yilda “Qopqon” ik tizimi yaratilgan bo’lib, hozirgi kunda ulardan samarali foydalanib kelinmoqda. Naslli otlarni ko’paytirishda ularni asrash, parvarishlash, oziqlantirish va selektsiya-naslchilik ishlarida zamonaviy innovatsion texnologiyalardan keng foydalanish muhim hisoblanadi. 2-BOB. OTLARNI BOQISH VA PARVARISHLASHGA GIGIENIK TALABLAR Respublikamizdagi otlarning 90 foizidan ortig’ini mahalliy qorabayir zotli otlar tashkil qiladi. Qorabayir zotli otlar mustahkam konstitutsiyali bo’lib, mahalliy iqlim sharoitimizga yaxshi moslashgan, universal zot hisoblanadi. Zotni tanlashda asosan uning qarchig’ay balandligiga, ko’krak aylanasiga, gavda qiya uzunligiga va kaft aylanasiga e’tibor berish kerak. Masalan, orqa oyoqlari bir-biriga yaqin bo’lmasligi, oldi oyoqlari va ko’kragi keng, bo’yni uzun, orqa sag’risi to’g’ri bo’lishi kerak. Otlar boshqa qishloq xo‘jalik hayvonlaridan ajralib turadi. Ularda barcha tana a’zolari shunchalik mo‘tanosib rivojlanganki, natijada ular tez yugurish va og‘ir yuk tortish imkoniyatlariga ega. Bundan tashqari otlarda markaziy nerv sistYemasi juda yaxshi rivojlangan bo‘lib, inson uchun foydali shartli reflekslar ularda tez hosil bo‘ladi. Ularda chutlash, eshitish va sezish a’zolari mukammal rivojlangan.
Yilqichilikni har tomonlama rivojlantirish ularning xo’jalik va biologik hususiyatlarini chuqir o’rganishga asoslanadi. Otlar quyidagi asosiy biologik hususiyatlarga ega. Otlarning skeleti 153 suyakdan iborat bolib, juda mustahkam tuzilgan, tayanch hamda harakatlanish funktsiyalarini bajaradi. Ayniqsa, ularning naysimon suyaklari uzunligiga yaxshi rivojlangan bolib, keng odimlashiga imkon beradi. O’mirtqa pog’onasi juda mustahkam, o’z vaznining yarmiga teng keladigan yukni bemalol belida ko’tarib yura oladi, paylari ham mustahkam cho’ziluvshan. Boshqa qishloq xojalik hayvonlariga nisbatan otlarning muskullari yaxshi rivojlangan. Tez yuguruvchi otlarning muskullari uzun va zich tolalardan tuzilgan bo’lib, tez qisqaruvshanlik hususiyatiga ega. Odimlab yuradigan otlarning muskullari kalta va yo’g’on tolalardan tuzilgan, bu katta tortish kuchi talab qiladigan ishlarni bemalol bajarish imkonini beradi. Otlarda markaziy nerv sistemasi boshqa hayvonlarnikiga nisbatan yaxshi rivojlangan. Ularda shartli refleks odamdagiga nisbatan tez tug’iladi, uzoq vaqt o’tlagan joyi, yurgan yo’li va burilishlarini eslab qoladi, unga yaxshi qaragan shaxslarga tez o’rganadi, qopol muomalada bo’lgan shaxslardan juda qo’rqadi. Otlarda eshitish, ko’rish, hid va tam bilish nervlari yaxshi rivojlangan. Uzoqdan kelgan tovushlarni va uni xarakterini sezadi, ko’p tovushlar ichidan o’z egasining tovushini ajratadi, manosiga tushinadi. Shuningdek u bir necha yuz metrdagi yavvoyi hayvonni hididan sezadi, uzining yotadigan joyini, o’z egasini hidlab topa oladi, 500 metrgacha masofadagi narsalarnibemalol ko’rib, kechasi ham yaxshi ko’ra oladi. Yuragi va o’pkasi yaxshi rivojlangan. Faqat burni orqali nafas oladi. O’pkasining hajmi 40-45 l keladi, tinch turganda 1 minutda 8-16 marta nafas oladi, ishlash davrida o’pkasining hajmi 2-3, nafas olish tezligi 4-7, o’pka ventilyatsiyasi 9-12 marta oshadi. Bu ularning ish qobiliyati yoqori ekanligini ko’rsatadi. Yuragining o’rtacha og’irligi 3,5-4,5 kg, o’rtacha hajmi 4-5 l ga baravar, tinch turganda minutiga 36-44, og’ir ishlarini bajarishda 110-140 marta qisqaradi. Tinch turganda, bir minutda yuragi orqali 15-20 l, ishlaganda esa 150 l qon o’tadi, qonida ishqor va gemoglobin moddasi ko’p. Otlar tez harakat qilib ishlash sharoitiga moslashgan, shuning uchun oziq hazm qilish organlari boshqa qishloq xojalik hayvonlarinikiga qaraganda hajm jihatidan kichik, lekin jag’lari, tishlari, chaynash muskullari va so’lak bezlari juda yaxshi rivojlangan. Agar ichish uchun suv etarli bo’lsa, faxat quruq xashak bilan oziqlanib yura berishi mumkin.Ular kovshovchi hayvonlarga nisbatan oziqni yaxshi hazm qila olmaydi, lekin harakat qilish uchun energiyani tejab sarflaydi. Otlar ko’p ish bajarishga moslashgan. Ularning ish bajarish qobiliyati yurish tezligi va pishiqligiga qarab belgilanadi. Yurish tezligi bo’yicha hamma qishloq xojalik hayvonlaridan ustun turadi, sekundiga to’rt oyoqlab (galop) yugurib 17 m, odimlab 1,4 m yuradi. Otlar boshqa qishloq xojalik hayvonlariga nisbatan uzoq yashaydi va ko’p ishlaydi, yaxshi oziqlanish sharoytida 25-30 yoshgacha ish qobiliyatini yo’qotmaydi. Otlarning iqlimga moslashish (akklimitizatsiya) qobiliyati yo’qori, shuning uchun ular butun yer shariga keng tarqalgan. Ular tanlash va juftlash natiyjasida tez o’zgaradi, bu otlarning yangi zotlarini yaratish imkonini beradi. Otlar dam olib turgandan song kerishadi, 1-2 minut chuqur nafas oladi, bolasi uqlayotgan bo’lsa uyg’otadi va uni ham o’zi qilayotgan mashqni bajarishga undaydi. Ag’anaganda qon aylanish sistemasi normallashadi. Otlar bog’lanmay asralganda u bo’lmani ozoda tutib, bir chekkaga borib tezaklaydi. Pashshalardan saqlanish uchun suvga tushib qornini botirib turadi, qulunlarini pashsha kam bo’lgan yerlarga boshlab ketadi. Otlar tuman, shudring tushgan paytlarda yaylovda o’tlamaydi, shunki bunday vaqtda ularda hid sezish hususiyati yoqaladi Agar tanasining biror yeri jarohatlangan yoki yaralangan bo’lsa, lablari bilan o’sha yerni massaj qilib tuzatishga harakat qiladi. Otlar odamlarga nisbatan yer qimirlashini, sel kelishini 2-3 soat oldin sezadi, egasining atrofidan ketmaydi, yirtqish hayvonlardan qo’rqlaydi. Boshqa qishloq xojalik hayvonlariga nisbatan otlarning ter bezlari ko’p bo’lib, chopganda va ishlaganda butun tanasi boylab terlaydi. Bu organizmdan oshiqcha issiqlik ajralishini taminlaydi. Otlar sil kasali bilan kasallanmaydi. Chunki ularning qonida immun tanachalari juda ko’p bo’ladi. Shuning uchun otlarning qonidan qimmatli biologik preparatlar tayorlanadi. Otlarning yoqorida keltirilgan xojalik va biologik hususiyatlarini yaxshi o’rganish-ulardan har xil maqsadlarda foydalanish imkonini beradi 2.2. Otlarni parvarishlash Yosh otlarning jinsiy yetilishi 6–8 oylikdan 12–18 oylikgacha bo’lgan davrda sodir bo’ladi. Jinsiy yetilishning dastlabki davrida yosh otlar tanasining tez kattalashuvi kuzatiladi. Otlarning o’sishi 5 yoshgacha davom etadi.Qulun tug’ilgandan so’ng organizm dastlabki 2–3 kun mobaynida qayta tiklana boshlaydi. Bu davrda kaloriyali ozuqalar bilan oziqlantirilmasa, ularning skeleti yaxshi o’smaydi, rivojlanmaydi. Qulunlar hayotining dastlabki bir oyi mobaynida onasini har soatda emishi kerak. Ular 1–1,5 oylikdan boshlab o’simliklar bilan, 2-oyi oxiridan boshlab esa kontsentrat ozuqalarga o’rgatila boriladi. Qulunlar 6–7 oyligida onasidan ajratiladi. Onasidan ajratilishining eng yaxshi muddati avgust-oktiyabrь oylari hisoblanadi. Onasidan ajratilgan yosh qulunlar sutkasiga 4 marta oziqlantiriladi. Kontsentrat ozuqalar sutkasiga 3 mahal, pichan 3 mahal, shirali ozuqalar 2 mahal beriladi. Qulun – otning bir yoshgacha bo’lgan bolasi. 2 yoshlisi “toy”, 3 yoshdagisi “g’o’non”, 4 yoshlisi “do’non”, 5 yoshdan keyin “ot” deb ataladi. Nimjon tug’ilgan qulunlarning har bir boshi hisobiga issiq suvga aralashtirilgan sigir suti beriladi. Bunda bir litr sutga 20–25 gramm qand ham qo’shiladi. Oktyabrdan to yanvarga qadar erkak toylarga 100 kg tirik vaznga 2,8, urg’ochi toylarga har 100 kg tirik vaznga 2,5 ozuqa birligi beriladi. Bunda har bir ozuqa birligiga 105–106 g hazmlanuvchi oqsil, 6,5–7,5 kalьtsiy, 5,5–6 g fosfor va 20 mg karotin to’g’ri kelishi kerak. Dastlabki oylarda toylar ratsionining 50–60 foizini to’yimliligi bo’yicha kontsentrat ozuqalar tashkil etadi. Ratsiondagi dag’al ozuqalar miqdori asta-sekin oshib boradi. Yoz kunlari qulunlar kuni bilan yaylovda bo’lib, faqat kun juda isib ketgan vaqtdagina otxonaga haydab kiritiladi, kontsentrat ozuqlar bilan boqiladi. Otlarni otxonalarda taqasiz, bog’lamasdan erkin holda boqish maqsadga muvofiqdir. Otxonaning yorug’, quruq, shamolsiz va toza bo’lishi otlar sog’ligi uchun juda foydalidir. Yorug’likda otlar organizmida modda almashinuvi tezlashadi. Buning uchun derazalar poldan 1–1,5 m balandlikda quriladi. Harorat 8–10ºS bo’lishi kerak. Ayg’irlarni zooveterinariya qoidasi asosida ozuqlantirish ularning jinsiy faolligini oshiradi. Ayg’irlarning ratsionida boshoqli va dukkakli pichanlar, arpa yormasi, sabzi, beda, go’sht-suyak va qon uni, tuxum va boshqa oqsil vitaminlar hamda mineral moddalarga boy bo’lgan ozuqalar bo’lishi kerak. Ularning haddan tashqari semirib ketishiga yo’l qo’ymaslik kerak. Oxurlarda doimo Lizun tuzi bo’lishi kerak. Ayg’irlarning 100 kg tirik vazni hisobiga sutkasiga 2 kg ozuqa birligi to’g’ri kelishi kerak. Ayg’irlarning jinsiy imkoniyatlarini ko’paytiruvchi omillar quyosh nuri, toza havo, doimiy harakat va cho’miltirishdir. Havoning issiq va sovuq kunlari ayg’irlarni yayratishga chiqarish zarur. Yoz oyida ayg’irlarni 10–12 minut 14–15ºS issiqlikdan past bo’lmagan suvda cho’miltirish foydalidir. Har kuni tozalash, bir oyda bir marta tuyoqlarini ko’rish, ular o’sgan bo’lsa, kesib tozalash zarur. Bir kunda 1–2 marta biyalarga qo’yib olish mumkin. Bir haftada bir kun dam beriladi. Biyalarning bo’g’ozlik davri o’rtacha 335 kunni, ayrim hollarda 315–350 kunni tashkil etadi. Erkak qulunlar urg’ochi qulunlarga nisbatan 1–2 kun keyin tug’iladi. SHuni aytish zarurki, agar biya bolasini juda oz ko’tarsa, bu uning kasalligini bildiradi. Bo’g’ozlikning 7–8 oyida biyaning qorni osiladi, yelini kattalashadi, tez-tez siyadi, terlaydi va charchab qoladi. Tug’ishiga 2 oy qolganda biyalar barcha ishlarda ozod qilinadi, 15–20 kun qolganda esa tagiga to’shama solingan doimiy og’ilxonalarga ko’chiriladi. Qulunlashga 1–2 kun qolganda biyaning yelini ko’pchib, yelin so’rg’ichlaridan yelimga o’xshash suyuqlik kela boshlaydi. Tug’ish oldidan bezovtalanadi, ozuqa yemay qo’yadi. Qulunlash 20–40 minut davom etadi, to’lg’oq 2–3 minutda qaytalanadi. Qulun tug’ilganidan keyin kindigi qornidan 5–6 sm pastroqdan toza ip bilan bog’lanib, qaychida qirqiladi. Qirqilgan joyga yod surkaladi. Agar biyaning yo’ldoshi 12 soat ichida tushmasa, veterinariya vrachiga murojaat etiladi. Yangi tug’ilgan qulunni biyaning o’zi yalab quritadi. Yalash jarayonida qulunning terisi massaj qilinadi, nafas olishi va qon aylanish funktsiyasi organlari kuchayadi, biyaning yo’ldoshi tez ajraladi, jinsiy organlari me’yorlashadi. Yangi qulun to oyoqqa turguncha biyaning yelin so’rgichlarini qidira boshlaydi. Bunday paytda unga uy egasi yordam berishi kerak. Biyaning yelinini yuvib tashlash, so’rg’ichlarni sochiq bilan artish va dastlabki sutni sog’ib tashlashi kerak.
Bunday zallarni har biriga bir xil jinsdagi 10-15 bosh qulunni joylashtirish mumkin. Bo’lmalarning tagiga poya yoki yog’och qirindisidan to’shama solinadi. Bo’lmalar ertalab va kechqurun, zallar esa asrash davomida 1-2 marta tozalanadi. To’shama har kuni almashtiriladi. Kulunlar ham kuniga tozalanadi. Zallarning havosi toza va quruq bo’lishi kerak, buning uchun havo ventilyatsiyasi yaxshi bo’lishi lozim. Onasidan ajratilgan qulunlar sifatli pichan va o’t uni bilan oziqlantirilishi lozim, ularga o’tga boy bo’lgan yaylovlar ajratiladi. Kontsentrat oziqalardan bug’doy kepagi, suli, arpa kepagi, kungaboqar kunjarasi beriladi. Ratsionda kalьtsiy moddasi yetishmasa kontsentrat oziqlarga har bir bosh hisobiga 20-30 g dan bor qo’shib beriladi. Yosh toylar sutkasiga 4 marta oziqlantiriladi: kontsentrat oziqlar ertalab, peshinda va kechqurun beriladi, kontsentrat oziqlar berishda toylar oxurga bog’lanadi (kuchlilari, kuchsizlarini siqib chiqarmasligi uchun). Pichan sutkasiga 3 marta, shirali oziqlar 2 marta beriladi. Kech va nimjon bo’lib tug’ilgan qulunlar alohida gruppalanadi, ularning asosiy ratsioniga sutkasiga har bir bosh hisobiga 3-8 l dan abrat yoki issiq suvga aralashtirilgan sigir suti qo’shib beriladi. Bunda har l sut hisobiga 20-25 g dan qand ham qo’shiladi. Toylar bir-birlariga yaxshi o’rganib ketgunlariga qadar ular muntazam ravishda kuzatilib boriladi. Bunda 4-5 kundan so’ng (bir-birlariga yaxshi o’rganganlaridan so’ng) ular yaylovga sayr uchun chiqariladi. Ayg’irchalar yaylovda biyachalardan alohida qilib boqiladi. Toylar yaylovda yaxshi o’tlashi uchun ularning to’dasiga axta qilingan qari ot qushib qo’yiladi. Toylarni gruppa-gruppa qilib asrash ko’pincha og’ir yuk tortuvchi va duragay otlardan tashkil topgan yilqichilikda qo’llaniladi. Havo yaxshi kunlari yosh toylar kuni bo’yi yaylovda boqiladi. O’stirish davrida ayg’irchalar va biyachalarning rivojlanishi alohida kuzatiladi. Ayg’irchalar biyachalarga nisbatan oziqqa va uning sifatiga talabchan bo’ladi. Yaxshi oziqlanish sharoitida ayg’irchalar rivojlanishida biyachalardan o’zib ketadi. SHuning uchun ayg’irchalarni oziqlantirish normasi biyachalarnikidan ustun bo’lishi kerak. Bunday holat to ular 2 yoshga to’lgunlariga qadar davom etishi kerak. Intensiv mashq qildirish davriga kelganda ayg’irchalar va biyachalarning oziqlantirish normasi deyarli bir xil bo’ladi. Oktyabrdan to yanvarь oyigacha ayg’irchalarning har 100 kg tirik vazniga 2,8, biyachalarning har 100 kg tirik vazniga 2,5 oziqa birligi beriladi, yanvarь oyidan boshlab bu ko’rsatkich 2,5-2,3 kg ni tashkil qilishi kerak. Bunda har bir oziqa birligiga 105-106 g hazmlanuvchi oqsil, 6,5-7,5 g kalьtsiy, 5,5-6,0 g fosfor va 20 mg karotin to’g’ri kelishi kerak. Dastlabki oylarda toylar ratsionining 50-60% ini (to’yimliligi bo’yicha) kontsentrat oziqlar tashkil etishi kerak. Ratsiondagi dag’al oziqlar miqdori asta-sekin oshib boradi. Yoz kunlari toylar kuni bilan yaylovda bo’lib, faqat kun juda isib ketgan vaqtlardagina ularni oshxonaga haydab kiriladi, kontsentrat oziqlar bilan boqiladi. Yuqori oziqlantirish normasida ular otxonalarda ko’p saqlansa semirib ketadi, konstitutsiyasi bo’shashadi. Toza havoda erkin harakat qilib yurish nafas olishni chuqurlashtiradi, o’pkasi kattalashadi, suyagi mustahkamlanadi, muskul va paylar yaxshi rivojlanadi, yurak va qon aylanish sistemasi yaxshi rivojlanadi, gavdasi garmonik rivojlanib, sog’ligi mustahkamlanadi. Agar xo’jalikda tabiiy yaylov bo’lmasa, madaniy yaylov tashkil etib har bir zagonni 2-4 gektar qilish kerak. Bunday zagonlar kam deganda 10 ta bo’lishi kerak. Har bir yosh toy 1 dan 2 yoshga qadar bunday yaylovlardan sutkasiga 70 kg o’t iste’mol qiladi. Sun’iy yaylovlar tabiiy yaylovlardan sero’tligi, o’tlarning xilma-xilligi, oylar bo’yicha o’tlarning bir tekisda o’sishligi va o’tlarning o’sishini boshqarish mumkinligi bilan farqlanadi. Bunday yaylovlarni O’zbekistonning sug’oriladigan zonalarida tashkil qilish maqsadga muvofiq bo’ladi. Yosh toylar bir-biriga yaxshi o’rganganlaridan so’ng ular gruppa-gruppa qilib mashq qildiriladi. Bunday mashq qildirish kengligi 15—20 m va uzunligi 800-1000 m bo’lgan aylanma yo’ldan iborat maxsus joylarda o’tkaziladi. Ayg’irchalar va biyachalar alohida-alohida gruppa qilib har bir zot uchun belgilangan maxsus sxemada mashq qildiriladi. Mashqni ikki chavandoz boshqaradi: bittasi ot bilan gruppaning oldida boradi, ikkinchisi ot bilan gruppaning orqasidan yuradi. Mashqni birinchi kunlari masofaning uzunligi 2-3 km dan oshmasligi kerak. 10-15 kundan so’ng masofa 4-5 km ga uzaytiriladi. Yozda yosh otlar har soatda 10-12 km masofani har xil allyurda bosishlari kerak. Yozning iliq kunlarida mashqdagi yosh otlar oqar suvlarda cho’miltiriladi. Yosh otlarning tozaligiga alohida e’tibor beriladi, 1-2 oyda tuyoqlari tozalanib, tekislab qirqilib turiladi.
Ayg’irlar maxsus otxonalarda individual saqlanadi. Otlar son jihatdan kam bo’lgan xo’jaliklarda ularni urg’ochi otlar va toylar bilan bir joyda saqlash mumkin. Bunda faqat ular uchun alohida-alohida chiqish joylari, urg’ochi yilqilar uchun alohida, ayg’irlar uchun alohida chiqish joylari qo’yilishi va har bir ayg’ir uchun ajratilgan maydon 16 kv.metr bo’lishi talab etiladi. Ayg’irlar aylanib yurishi uchun 600 kv.metr maydon bo’lishi shart. Otxonalarda ayg’irlarning tagiga solish uchun quruq xashak yoki yog’och qipiqlaridan foydalaniladi, o’rtacha har bir ayg’ir hisobiga bir sutkada 5 kg xashak, 15 kg qipiq sarflanadi. Yilning sovuq kunlarida otxonalardagi harorat 4 S. dan past bo’lmasligi lozim. Buning uchun otxonaning eshik va derazalarini, shiplarini sovuq kirmaydigan qilib yopiladi. Issiq paytlarda quyosh nuri ko’p tushib turadigan derazalar xashakli to’siq bilan to’siladi. Ayg’irlarni egarlagan holda kuniga 2-3 soat yengil mashq qildirish yoki 7-15 km masofaga yugurtirish maqsadga muvofiq. Bundan tashqari ularni maxsus yaylov va «sayrgoh»larda uzoq muddat aylantiriladi. Bu ish kunning juda sovuq yoki issiq, namgarchilik kunlari amalga oshirilmaydi. Ayg’irlarni mashq qildirishda mashq qildirish darajasiga, tirik og’irligiga, yoshiga, umumiy holatiga va tabiatiga e’tibor qaratiladi. Mashq davomida qari ayg’irlarga nisbatan yosh ayg’irlarga talabchanroq bo’lish tavsiya etiladi. Ayg’irlar har kuni yuvib tozalanadi, issiq kunlari hovuz va ariqlarda cho’miltiriladi yoki dush va chelakdan suv quyib yuvintiriladi. Nasl beruvchi ayg’irlar saqlanadigan otxonalarda kun tartibiga qat’iy rioya qilinishi shart. Bu tartibni faqat ishlab chiqarish zarurati tufayligina o’zgartirish mumkin. Ayg’irlarni saqlash kun tartibi 6.00 - 7.30 - sug’orish, parvarishlash, otxonalarni tozalash, urchitishga ayg’irlar tayyorlash; 7.30 - 9.30 - ayg’irni sinov tariqasida biya bilan urchitib ko’rish; 9.30 – 11.00 - ayg’irlarni tozalash, sayrga chiqarish; 12.00 – 13.00 - hovlida sayr qildirish va bo’linmada dam oldirish; 13.00 – 18.00 - ayg’irlarni cho’miltirish va biya bilan urchitishga tayyorlash; 18.00 – 20.00 - sug’orish, oziqlantirish, bo’linmalarni tartibga keltirish; 23.00 - 24.00 - sug’orish va tunda pichan berish Oziqlantirish (boqish). Ayg’irlarni qo’l bilan hamda uyurlab urchitish davrida ham alohida boqish kerak. Ularga beriladigan ozuqalar ratsionining to’yimliligini urchitish soni va semizlik holatini qay darajada saqlay olishiga, ayg’irlarning harakatchanligiga, tirik vazniga, nasliga, sog’ligiga va o’ziga xos boshqa xususiyatlariga qarab belgilanadi. Urchitish davrida ayg’irlarni 100 kg og’irlikdagi tirik vaznidan kelib chiqib, sutkasiga 2 ozuqa birligida oziqlantirish maqsadga muvofiqdir. Berilayotgan har bir ozuqa birligi tarkibida 117-125 g. protein, 6-8 g kaltsiy, 4-5 g fosfor, 13-15 mg karotin moddasi bo’lishi kerak. Ayg’irdan olingan urug’ning sifati, quyuqligi va cho’ziluvchanligi yem tarkibidagi proteinning qay holatdaligiga va qancha bo’lishiga bog’liq. Berilayotgan ozuqalar iloji boricha har xil ya’ni, suli, arpa, tariq, makkajo’xori, kunjara, o’simlik doni, kepak, aralash ozuqa, mikro va makro elementlardan iborat bo’lishini ta’minlash maqsadga muvofiq. Urchitish davrida ayg’irlarning ratsioniga oqsilga boy bo’lgan qon talqoni, tovuq tuxumi kiritiladi. SHuningdek, ratsionda A, Ye va V vitaminlar bo’lishi kerak. Mazkur vitaminlar miqdori ko’k o’t, ozuqabop sabzida ko’p bo’lishini, bug’doy chiqindisi, tuxum va sut mahsulotlarda V vitaminiga boy ekanligini e’tiborda tutish zarur. Ayg’irlarda bir kunda 2-6 kg ozuqabop sabzi 1-2 kg bug’doy yormalari va 5-10 kg gacha sut va obrat, tuxum va po’stloq haftada 500 donagacha (yaxshisi ularni haftada 2-3 marta maydalangan arpa, kepak yoki suli bilan aralashtirib) berib turish kerak. Sut va tuxum ayg’irlar ratsioniga olinayotgan urug’lar oqishi pasayib, sifati yomonlashgandagina qo’shilishi kerak. Nasl beruvchi ayg’ir sog’lom va jinsiy faoliyatini me’yorda bo’lishi uchun 50 g nordon fosforli kal’tsiy yoki 30 g bo’r, yoki qattiq holdagi osh tuzi qo’shilgan aralash ozuqa berib turish kerak. Ratsion tarkibidagi aralashmali ozuqalar turi har 12-15 kunda almashtiriladi. Bunda ratsionga avval berilgan ozuqalarda bo’lmagan yangi aralashma qo’shilishi maqsadga muvofiqdir. SHrot esa maydalangan holda beriladi. Urchitish oldidan va urchitish davrida tirik vazni 500 kg bo’lgan har bir bosh ayg’irning taxminiy ratsioni qo’yidagicha bo’lishi kerak: boshoqli pichan, dukakli (beda), o’simliklar aralashmasi bilan 1:1 nisbatda -10 kg, suli (maydalangan) – 3 kg, arpa (yormasi) -1,5, bug’doy yormasii -1 kg, shrot (kungaboqarli, zig’irpoyali) -1 kg, sabzi-3 kg, premiks – 0,15 kg, tovuq tuxumi- 4-5 dona, osh tuzi-30-35 g. Quruq ozuqalar ertalab va kechqurun sug’orilgandan so’ng berilishi lozim. Iyul oyining oxirida, urchitish mavsumining so’nggida urchitilgan ayg’irlar tanlab olinib otxonaga qo’yiladi. Odatdagidek, ular urchitishdan oriq holda chiqadi. SHuning uchun bunday ayg’irlarni 2-3 kun mobaynida yaxshilab oziqlantirish va e’tibor bilan parvarishlanadi. Bu davrda sutkasiga ularning har biriga qo’shimcha ravishda 10-12 kg-dan dukkakli hamda zig’ir aralashtirilgan oliy sifatli pichan berib turiladi. Ayg’irlarni normal semizlik darajasiga yetkazish davomida kuchli ozuqalarning kunlik me’yorini 4 kg-gacha kamaytirish mumkin.
Odatda biyalar mart oyidan qulunlashni boshlaydi. Otxonada biyalarni qulunlash sanasini ko’rsatuvchi kalendar yuritiladi. Biyalarni qulunlash vaqtini bilgan holda oziqlantirish tashkil etiladi. Qulunlash biya saqlanadigan dennikda o’tkaziladi. Tug’ish xonasida kechki vaqtda yorug’ chiroq, it, mushuk, shovqin va jahl bilan baqirishlar bo’lmasligi kerak. Qulunlash odatda boshqalarning aralashuvisiz 10-30 minut davom etadi. Zarur hollarda veterinar yordam ko’rsatishi uchun otxonada kerakli jixozlar, dori-darmonlar, issiq suv va kerakli materiallar bo’lishi kerak. Erkak qulunlar urg’ochi qulunlarga nisbatan 1-2 kun keyin tug’iladi. SHuni aytish zarurki, agar biya bolasini juda oz ko’tarsa, bu uning kasalligini bildiradi. Bo’g’ozlikning 7-8 oyida biyaning qorni osiladi, yelini kattalashadi, tez-tez siyadi, terlaydi va charchab qoladi. Tug’ishiga 2 oy qolganda biyalar barcha ishlarda ozod qilinadi, 15-20 kun qolganda esa tagiga to’shama solingan doimiy og’ilxonalarga ko’chiriladi. Qulunlashga 1-2 kun qolganda biyaning yelini ko’pchib, yelin so’rg’ichlaridan yelimga o’xshash suyuqlik kela boshlaydi. Tug’ish oldidan bezovtalanadi, ozuqa yemay qo’yadi. Qulunlash 20-40 minut davom etadi, to’lg’oq 2-3 minutda qaytalanadi. Qulun tug’ilganidan keyin kindigi qornidan 5-6 sm pastroqdan toza ip bilan bog’lanib, qaychida qirqiladi. Qirqilgan joyga yod surkaladi. Agar biyaning yo’ldoshi 12 soat ichida tushmasa, veterinariya vrachiga murojaat etiladi. Yangi tug’ilgan qulunni biyaning o’zi yalab quritadi. Yalash jarayonida qulunning terisi massaj qilinadi, nafas olishi va qon aylanish funktsiyasi organlari kuchayadi, biyaning yo’ldoshi tez ajraladi, jinsiy organlari me’yorlashadi. Yangi qulun to oyoqqa turguncha biyaning yelin so’rgichlarini qidira boshlaydi. Bunday paytda unga uy egasi yordam berishi kerak. Biyaning yelinini yuvib tashlash, so’rg’ichlarni sochiq bilan artish va dastlabki sutni sog’ib tashlashi kerak. Qish davrida biyalar otxonaga yaqin bo’lgan yaylovlarga olib chiqiladi. Sovuq kunlarda otxonada qoladi va yayratish maydonchalarida yayratiladi. Qulunlar 6-7 oyligida onasidan ajratiladi. Onasidan ajratilishining eng yaxshi muddati avgust-oktiyabrь oylari hisoblanadi. Onasidan ajratilgan yosh qulunlar sutkasiga 4 marta oziqlantiriladi. Kontsentrat ozuqalar sutkasiga 3 mahal, pichan 3 mahal, shirali ozuqalar 2 mahal beriladi. Toylar onalaridan ajratilishida tamg’alanadi. Tamg’alash 2 xil usulda amalga oshiriladi: 1 – kuydirish usuli, 2 – sovuq usulda tamg’alash, sovuq usulda tamg’alash og’riqsiz bo’lishi va aniq ko’rinishi bilan afzal hisoblanadi. Nimjon tug’ilgan qulunlarning har bir boshi hisobiga issiq suvga aralashtirilgan sigir suti beriladi. Bunda bir litr sutga 20-25 gramm qand ham qo’shiladi. Toylarni onasidan ajratish asta-sekinlik bilan emas, darxol amalga oshiriladi. Onasidan ajratilgandan so’ng o’sishdan qolmasligi uchun yetarli miqdorda sifatli ozuqalar bilan ta’minlanishi kerak: bunda 2-3 kg maydalangan arpa, 3-5 kg pichan, 0,5 kg kepak va 2 kg-gacha sabzi beriladi. Oktyabrdan to yanvarga qadar erkak toylarga 100 kg tirik vaznga 2,8, urg’ochi toylarga har 100 kg tirik vaznga 2,5 ozuqa birligi beriladi. Onasidan ajratilgan toylar 2-3 kun otxonada saqlanib 2-3 otboqar nazoratida yaylovga olib chiqiladi. Toylarga katta yoshdagi biyalarni qo’shib yaylovga olib chiqish maqsadga muvofiq bo’ladi. Yaylovda boqish davrida toylarga qo’shimcha ravishda maydalangan sabzi, arpa, kepak va ozroq pichan beriladi. Sovuq tushishi bilan yaylovda boqish qisqarib boradi. Sovuq tushgach otxonada boqilib kunduzi yayratish maydonchasiga chiqariladi yoki 1-2 soat yaylovda aylantirilib kelinadi. Otxonada saqlash sharoitiga o’tilganda erkak va urg’ochi toylar ajratiladi. Bunda har bir ozuqa birligiga 105-106 g hazmlanuvchi oqsil, 6,5-7,5 kalьtsiy, 5,5-6 g fosfor va 20 mg karotin to’g’ri kelishi kerak. Dastlabki oylarda toylar ratsionining 50-60 foizini to’yimliligi bo’yicha kontsentrat ozuqalar tashkil etadi. Ratsiondagi dag’al ozuqalar miqdori asta-sekin oshib boradi. Toylar onalaridan ajratilgandan boshlab otlarga qo’llaniladigan barcha qoidalar ularga ham qo’llaniladi. Dastlab toylarni arqonlab yurishga o’rgatiladi. Buning uchun yayratish maydonchasiga yoki yaylovga olib chiqishda yuganlanadi. Otxonaga olib kirishda ham arqonlab olib kiriladi. Toylarni tozalashga ham asta-sekin o’rgatib boriladi. Avval silab, keyin toyning o’zi yetmaydigan joylari (bo’yni, ko’kragi) qashlanadi va sochiq bilan artib chiqiladi. Zinxor qashlag’ich ishlatilmaydi. Burnining atroflari nam sochiq bilan artiladi. SHu tariqa qish mavsumi davomida toylar qo’lga o’rgatib boriladi. Xulosa
Respublikamizdagi otlarning 90 foizidan ortig’ini mahalliy qorabayir zotli otlar tashkil qiladi. Qorabayir zotli otlar mustahkam konstitutsiyali bo’lib, mahalliy iqlim sharoitimizga yaxshi moslashgan, universal zot hisoblanadi. Zotni tanlashda asosan uning qarchig’ay balandligiga, ko’krak aylanasiga, gavda qiya uzunligiga va kaft aylanasiga e’tibor berish kerak. Masalan, orqa oyoqlari bir-biriga yaqin bo’lmasligi, oldi oyoqlari va ko’kragi keng, bo’yni uzun, orqa sag’risi to’g’ri bo’lishi kerak. Boshqa qishloq xojalik hayvonlariga nisbatan otlarning muskullari yaxshi rivojlangan. Tez yuguruvchi otlarning muskullari uzun va zich tolalardan tuzilgan bo’lib, tez qisqaruvshanlik hususiyatiga ega. Odimlab yuradigan otlarning muskullari kalta va yo’g’on tolalardan tuzilgan, bu katta tortish kuchi talab qiladigan ishlarni bemalol bajarish imkonini beradi. Otlarda eshitish, ko’rish, hid va tam bilish nervlari yaxshi rivojlangan. Uzoqdan kelgan tovushlarni va uni xarakterini sezadi, ko’p tovushlar ichidan o’z egasining tovushini ajratadi, manosiga tushinadi. Shuningdek u bir necha yuz metrdagi yavvoyi hayvonni hididan sezadi, uzining yotadigan joyini, o’z egasini hidlab topa oladi, 500 metrgacha masofadagi narsalarnibemalol ko’rib, kechasi ham yaxshi ko’ra oladi. Yosh toylar sutkasiga 4 marta oziqlantiriladi: kontsentrat oziqlar ertalab, peshinda va kechqurun beriladi, kontsentrat oziqlar berishda toylar oxurga bog’lanadi (kuchlilari, kuchsizlarini siqib chiqarmasligi uchun). Pichan sutkasiga 3 marta, shirali oziqlar 2 marta beriladi. Otxonalarda ayg’irlarning tagiga solish uchun quruq xashak yoki yog’och qipiqlaridan foydalaniladi, o’rtacha har bir ayg’ir hisobiga bir sutkada 5 kg xashak, 15 kg qipiq sarflanadi. Yilning sovuq kunlarida otxonalardagi harorat 4 S. dan past bo’lmasligi lozim. Buning uchun otxonaning eshik va derazalarini, shiplarini sovuq kirmaydigan qilib yopiladi. Issiq paytlarda quyosh nuri ko’p tushib turadigan derazalar xashakli to’siq bilan to’siladi. ADABIYOTLAR RO’YHATI “Naslchilik to’g’risida” gi qonun. Toshkent 1995yil 21 dekabr. “Shaxsiy yordmchi, dehqon va fermer xo’jaliklarida chorva mollarini ko’paytirishni rag’barlantirishni chora-tadbirlari to’g’risida” gi O’zbekiston Respublisi Prizidentining PQ-308 sonli qarori. Toshkent 2006yil 13 mart. Shaxsiy yordmchi, dehqon va fermer xo’jaliklarida chorva mollarini ko’paytirishni rag’barlantirishni kuchaytirish hamda chorvachilik maxsulotlari ishlab chiqarishni ko’paytirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida” gi O’zbekiston Respublisi Prizidentining PQ-842 sonli qarori. Toshkent 2008yil 21 aprel. Karimov I.A. “O’zbekiston iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirish yulida” Toshkent 1996 – yil. Akmalxonov Sh.A. Chorvachilik samaradorligini oshirish omillari. Toshkent 1988 – yil. . Zoogigiyena.Amaliy mashg’ulotlar ishlanmasi.Musinov Y.X.Chalaboyev A.Sh Samarqand-2009. Zoogigiyena “Maruzalar kursi’’ Izbosarov U.K. Musinov Y.X. Chalaboyev A.Sh. Samarqand-2009. Qishloq xo’jalik hayvonlar gigiyenasi Suvonqulov Y.A.Toshkent ’’Mehnat’’-1994. Qishloq xo’jalik hayvonlari gigiyenasidan amaliy mashg’ulotlar. Toshkent ’’Mehnat-1990. Zoogigiyena. Kojsh.I.I. Kamojniy.I.S. Volyakova.L.A. Iysterov.V.V. Moskva-2008. http://wap.referatnatemu.com/Konstitutsiya i eksterer http://psevdoshop.ru/?cat=12 http://psevdoshop.ru/ http://coolreferat.com/210350 ttp://www.pda.coolreferat.com/ Download 221.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling