Dars shiori e’lon qilinadi:
Harakat qil bilganga ko`ra,
Bilmaganing bilgandan so`ra.
Abdurahmon Jomiy
Aqliy hujum:
O‘quvchilar ikki guruhga bo‘lgan holda o‘tilgan mavzu «Aqliy hujum» usuli asosida so‘raladi. Bunda o‘quvchilarga audio materiali eshittiriladi. Ushbu audio matn tarkibidagi otlar aniqlanadi va bu parchalar kimning qaysi asaridan olinganligi aniqlanadi.
O‘quvchilarga yangi dars slayd yordamida tushuntiriladi:
Darslikdagi mashqlarni sinf bilan ishlash:
1-topshiriq.Yozma tarzda bajartiriladi. (O‘quvchilar otlarning tuzilishiga ko’ra turlaridan foydalangan holda, ushbu rasm asosida “O‘zbekiston Respublikasining davlat gerbi” mavzusida kichik matn tuzadilar. Bunda ularning yozma savodxonligi tekshiriladi.)
2-topshiriq. O‘g‘zaki bajartiriladi. (O‘quvchilarga “Vatan tuyg‘usi” matni audio tarzda eshittiriladi va ular bu matndan olgan taassurotlarini og‘zaki tarzda bayon qilib berish talab etiladi. Bunda ularning og‘zaki savodxonligi aniqlanadi.)
3-topshiriq. Yozma bajartiriladi.(O‘quvchilar to‘rt guruhga ajratiladi, berilgan so’zlarni otlarning tuzilishiga ko’ra turlariga ajratishlari so’raladi.).
Qo’ziqorin, achchiqtosh, uchburchak, dori-darmon, yosh-qari, qo’ni-qo’shni, daraxt, yer, osmon, non-pon, choy-poy, belkurak, belbog’, tustovuq, oy, quyosh, tesha, ota-ona, aka-uka, qarindosh-urug’, osh-posh, ko’z-po’z. .
Sodda otlar
|
|
Juft otlar
|
|
Takroriy otlar
|
|
Juft otlar
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |