Otlarning tuzilishiga ko‘ra turlari. Sodda ot darsning maqsadi


Download 1.67 Mb.
bet3/3
Sana18.01.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1099254
1   2   3
Bog'liq
dars ishlanma- 6

266-mashq. Yozma bajartiriladi. Gaplarni o‘qing, sodda, qo‘shma, juft otlarni aniqlab, guruhlarga bo‘lib ko‘chiring.



1. Boychechakning tovlanib turgan gulbarglari hammaning ko‘nglidagi gina-adovatga barham berdi. (A. Ko‘chimov) 2. Oradan uch-to‘rt kun o‘tgach, dadam Qipchoqlardan hovli topib keldi. Ammam ko‘rpa-yostiq, amakim qozon-tovoq, boshqa tanishbilishlar choynak-piyola deganday, har kim baholi qudrat qarashib, o‘sha hovliga ko‘chdik. (Abdulla Qahhor) 3. Somonsuvoq qilingan tekis tomning ustiga o‘rikning bir shoxi egilib turardi. (P. Qodirov) 4. Bahoroy juda go‘zal, Hamma fasldan o‘zar. Gulchechakdan libosi, Yoqimlidir havosi. (M. Ibrohimova)



268-mashq. Yozma bajartiriladi. Matnni ko‘chiring, sodda, qo‘shma va juft otlarning tagiga chizing.
Bog‘da zotli, asil olmalar, xilma-xil gilos-olchalar, kursillama nashvati, yumshoq xushbo‘y noklar, achchiq va chuchuk tuyatish anorlar va boshqa-boshqa meva daraxtlari ko‘p. Tokzorga kelsak, husayni, yakdona, shivirg‘oni, charosdan boshlab tanako‘zi, qorajangal, bedona kishmishga qadar turli-tuman navlar bor. (Oybek)


  • Baholash:


5
A’LO

4
YAXSHI
O‘quvchilarning darsga ishtirok etishi, mavzuni o‘zlashtirishi, tartib-intizomiga ko‘ra quyidagicha baholanadi:

3

QONIQARLI




n



  • Uyga vazifa: 269-mashq. Uyga vazifa. Quyidagi otlarni sodda, qo‘shma, juft otlarga ajratib, guruhlab yozing.

Buloq, tokzor, ekin-tikin, to‘rtburchak, dunyoqarash, yor-birodar, do‘stlik, o‘y-xayol, gulchambar, kurash, aql-hush, merosxo‘r, bilim, gulhamishabahor, ko‘klam, savdo-sotiq, oy.




E’tiboringiz uchun rahmat.
(Darsni she’riy videorolik bilan yakunlaymiz)
Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling