A T O Q L I O T L A R
Shaxs, narsa yoki joyga atab qo‘yilgan nomlar atoqli otlar sanaladi. Atoqli otlar nimani atab kelishiga ko‘ra shaxs nomlari va joy nomlariga bo‘linadi. Ism, familiya, taxalluslar, hayvonlarga atab qo‘yilgan nomlar, geografik nomlar, sayyoralar va yulduzlarning nomlari, tashkilot va idoralarning nomlari, gazeta va jurnal nomlari, asar nomlari, kinofilm va spektakl nomlari, davlat mukofotlari va unvonlarning nomlari, tarixiy sanalarning nomlari atoqli ot sanaladi. Atoqli otlar ba’zan turdosh otlardan yoki boshqa so‘z turkumlaridan yuzaga keladi. M: Po‘lat(turdosh otdan), Go‘zal(sifatdan), Sotiboldi(fe’ldan), Sakson ota(sondan). Ba’zan atoqli otlar turdosh otga aylanishi ham mumkin: rentgen, amper, xosiyatxon, rizamat ota
Do'stlaringiz bilan baham: |