II. NARSA OTLARI Nima? so‘rog‘iga javob bo‘lib, jonli va jonsiz narsalarning nomlarini bildirgan otlarga narsa otlari deyiladi. Masalan: olma, behi, anor, nashvati, dasturxon, so‘roq, oila, «hashtak-pashtak», arslon, boychechak, sho‘rva, ko‘ylak, do‘ppi, bo‘ri, qozon, go‘sht, pichoq, qoshiq, tesha, palto, tulki, arra, bolta, chuchvara, ketmon, choynak, piyola, rayhon, yalpiz, oy, yulduz, quyosh, sher, ayiq, lola, palov, shim, cho‘mich.
Narsa otlarini yasovchi qo‘shimchalar va ularning imlosi
Narsa otlari -gich (-qich, -kich, -g‘ich), -gi (-qi, -ki, -g‘i), -k, -q, -oq, (i)ndi, -ma, -don va boshqa qo‘shimchalar yordamida yasaladi: tishkovlagich,ochqich, qisqich, yelpig‘ich, qirg‘ich, supurgi, achitqi, yoqilg‘i, bezak, elak, taroq, o‘roq, yig‘indi, yuvundi qo‘lyozma, kiyim, gazlama, tugma, suzma, qurilma, to‘plam. suvdon,guldon
-q qo ‘shimchasi a unlisi bilan tugagan fe’llarga qo ‘shilganda a unlisi o shaklida talaffuz qilinadi va shunday yoziladi: bo‘ya+q=bo‘yoq
Do'stlaringiz bilan baham: |