B topshiriq. Gaplardagi otlarni sodda, qo‘shma, juft va takroriy otlarga bo‘ling.
1. Boychechakning tovlanib turgan gulbarglari hammaning ko‘nglidagi gina-adovatga barham berdi. (A. Ko‘chimov) 2. Oradan uch-to‘rt kun o‘tgach, dadam Qipchoqlardan hovli topib keldi. Ammam ko‘rpa-yostiq, amakim qozon-tovoq, boshqa tanish-bilishlar choynak-piyola deganday, har kim baholi qudrat qarashib, o‘sha hovliga ko‘chdik. (Abdulla Qahhor) 3. O‘zbek oyimning orzu-havas, to‘y-tomoshalarni shartta kesib qo‘ygan bu uylanishga nima deyishi va qanday qarashi, albatta, ma’lum edi. (Abdulla Qodiriy) 4. U hammaning kasb-korini, qandoq ishlashini, oilasini, fe’l-atvorinigina emas, dard-hasratini, orzu-armonini, qobiliyatini, zaif tomonlarini juda ham yaxshi bilar edi. (Abdulla Qahhor). 5. Sigir-buzoqlar, ayniqsa, qo‘y-qo‘zi, echki-uloqlar ko‘p. (Oybek)
Do'stlaringiz bilan baham: |