O’tloq-allyuvial to’qay tuproqlar


Allyuvial botqoq-o’tloq tuproqlar


Download 17.83 Kb.
bet3/3
Sana15.06.2023
Hajmi17.83 Kb.
#1479924
1   2   3
Bog'liq
16-mavzu

Allyuvial botqoq-o’tloq tuproqlar.
Botqoq o’tloq tuproqlarga chim qatlami yaxshi ifodalangan va serchirindi tuproqlar kiradi. Bu yerlarda sizot suvlari yaqin (1 mm atrofida) joylashib, gley gorizonti ham uncha chuqurda emas.
Yer osti suvlarning tez bug’lanishi, sizot suvlarining yaxshi oqib ketishi va hatto toshqinlardan keyin ham, ular sathining tez pasayib borishi sababli, cho’l zonasida botqoq-o’tloq tuproqlar kam uchraydi.
Sug’oriladigan yerlarda, ayniqsa sholi ekiladigan rayonlarda sizot suvlari butun vegetatsiya davrida yuza joylashadi. Natijada botqoqlanish alomatlari 50 sm chuqurlikdan boshlab, dastlab zangli dog’lar, so’ngra ko’kimtir tusli dog’lari bo’lgan gley gorizonti yaxshi ifodalanadi. Botqoq-o’tloq tuproqlar 1,5-2,0 foiz atrofida gumus saqlaydi va odatda cho’l zonasida sho’rlangan bo’ladi. Suv bosib turadigan va doim sug’orilib (ayniqsa sholi maydonlari) kelinadigan yerlarda tuproq tuzlardan ancha yuvilgan.
Allyuvial botqoq tuproqlar-sohil va sohil usti terrasalaridagi past tekistliklarda, ayniqsa daryo irmoqlarining tepalari oraligidagi chuqurliklarda hamda dengiz bo’yidagi mavsumiy ravishda suv bosib turadigan yerlarda ancha keng tarqalgan. Bu tuproqlar sizot suvlari yaqin (ko’pincha 0,5 m dan yuqori) va toshqin suvlari yangitdan keltirilgan yotqiziqlar ustida hosil bo’ladi. Yangi paydo bo’lgan botqoq tuproqlarning yuqori qatlamlari och ko’kimtir - kul rang bo’lib, chala chirigan o’simlik qoldiqlari ko’p uchraydi. Ba’zan chirindi qatlami ko’milgan gorizontlar ham bo’ladi. Yosh botqoq tuproqlarda 1 foizgacha gumus, 0,04-0,07 foiz azot bor. Torfli qatlamlarda gumus ko’p (3-6 foizgacha) va shunga ko’ra azot, fosfor miqdori ham ancha yuqori.
Download 17.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling