O‘tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar


Download 9.9 Kb.
bet4/4
Sana18.03.2023
Hajmi9.9 Kb.
#1281511
1   2   3   4
Bog'liq
O‘tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar-fayllar.org

Ahriman Oyoq tomonimdan, deb javob beradi Kayumars va ilova qiladi: tokim bosh qismimga yetguningcha dunyo go‘zalligidan uzoqroq bahra olib turayin. Ammo Kayumars Axriman o‘zi aytgan gapning teskarisini qilishini bilar edi. Axriman Kayumarsni bosh tomonidan yeya boshlaydi. Beliga yetganda, Kayumrsning urug‘donidan ikki dona urug‘ yerga tushadi va ulardan o‘simlik o‘sib chiqadi. O‘sha o‘simliklardan esa bir o‘g‘il va bir qiz (Meshi va Meshona) paydo bo‘ladi. Ularni forslar Odam va Momohavo deb biladilar. O‘sha mo‘jizaviy odamlar yana Malhi va Malhiana deb ham atalganlar. Xorazmliklar esa ularni Mard va Mardona deb ataydilar.

"Avesto" 21 nas, ya’ni kitobdan iborat bo‘lgan. Beruniyning ma’lumot berishicha, "Avesto" qo‘lyozmasi o‘ni kki ming qoramolning terisiga oltin harflar bilan yozilgan. Yunonlar istilosi davrida ushbu kitobning uch nusxasi mavjud bo‘lgan. Iskandar ulardan birini kuydirib tashlashdan oldin undagi tib, astronomiyaga oid qismlarini Yunon tiliga tarjima qildirgan.

Shunday qilib, Aleksandr "Makedonskiy "Avesto" ning bir nusxasini yo‘q qilib tashlagan, bir nusxasini Yunonistonga yuborgan.

Jamshid afsonasi: Jamshid haqida Firdavsiy, Tabariy, Beruniy, Navoiy kabi shoir va olimlarning asarlarida qiziqarli ma’lumotlar beriladi. N.M. Mallayev "Alisher Navoiy va xalq ijodiyoti" nomli kitobida Jamshid haqidagi mulohazalarini bayon etarkan, uning "Avesto"da Yima nomi bilan atalganligini qayd etadi. Olimning fikricha, yetti yuz yil hukmronlik qilgan Jamshid zamonasida kishilar Ahrimanning zulmidan qutiladilar, muhtojlik, kasallik va o‘lim yo‘qolib ketadi. Yana shu kitobda qayd etilishicha, Yima adolatli hukmdor bo‘lib, uning davrida qahraton sovuq va jazirama issiq, qarish va o‘lish ham bo‘lmagan ekan. Jamshid yer yuzini uch baravar kengaytiradi, chorva mollari va turli xil qushlarni ko‘paytiradi. Biroq qahraton qish boshlanib, kishilarga ofat keltiradi. Qish o‘tib qor va muzlar erib yaylovlarni suv bosadi. Shunda Jamshid yana najotkorlik ko‘rsatadi. U katta g‘ovlar qurib, kishilarni va ularning mol-mulkini suv toshqinidan saqlab qoladi, uy-joylar quradi, ariqlar ochadi.

E’tiboringiz uchun rahmat!



http://fayllar.org
Download 9.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling