Otval xosil qiluvchi mashinalar elektr yuritmalari quvvati va energetik ko’rsatkichi Reja
Elektr yuritmalarning klassifikatsiyalanishi
Download 99.37 Kb.
|
Otval xosil qiluvchi mashinalar elektr yuritmalari quvvati va energetik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Transmissiyali elektr yuritmalar
- Guruxli elektr yuritma
- Mahsus individual elektr yuritma
- Ko`p motorli elektr yuritmalar
Elektr yuritmalarning klassifikatsiyalanishi.
Elektr matori bilan harakatga keltiriladigan mashinalar soniga yoki ishlab chiqarish agregati matorlari soniga ko`ra elektr yuritmalar quyidagicha bo`ladi. a) ishlash sharoitiga qarab statsionar va ko`chma elektr yuritmalar. b) elektromator ishlatadigan mashina soniga qarab transmissiyali, yakka va ko`p motorli. v) aylanishlar tezliklarini o`zgartirilishiga qarab bir tezlikli va ko`p tezlikli. g) boshqarish usuliga qarab avtomatlashtirilgan, yoki avtomatlashtirilmagan, yoki qisman avtomatlashtirilgan. Transmissiyali elektr yuritmalar. Elektr motor harakatini po`lat arqon yoki tasmalar vositasida ishlab chiqarish korxonasi sexlaridagi bosh transmissiyalarga uzatuvchi yuritma umumiy transmissiyali EYu deyiladi. Bunda har bir ish mashinasiga harakat tasmalar orqali bosh transmissiyadan uzatiladi: Umumiy transmissiyali elektr yuritmalar tejamsizligi va noqulayligi sababli hozirgi paytda umuman qo`llanilmaydi. Guruxli elektr yuritma. Bosh transmissiyada bir gurux ishchi mashinalarga Harakat uzatuvchi yuritma guruhi guruhli EYu deyiladi. Guruxli elektr yuritma ham tejamsizligi va noqulayligi tufayli hozirgi paytda deyarli qo`llanilmaydi. Oddiy yakka motorli elektr yuritma. Har bir ish mashinasi undan alohida o`rnatilgan elektr motori bilan harakatlantiriladigan yuritma oddiy yakka motorli EYu deyiladi: Bunda ish mashinasining kinematikasi va harakat uzatilishiga hech qanday o`zgartirish kiritmaydi Mahsus individual elektr yuritma. Elektr motor ish mashinasiga o`rnatilgan va u bilan bir butun agregatni tashkil qilgan EYu, mahsus individual EYu deyiladi. Bunday agregatlar shovqinsiz, yengil, oddiy, ishlatishga qulaydir. Ularning foydali ish koeffitsenti yuqori hamda avtomatlashtirish imkoniyati katta bo`ladi. Ko`p motorli elektr yuritmalar. Bunday elektr yuritmalarda har bir ish mashinasi uchun alohida elektromotor talab qilinadi. Shuning uchun ularni ko`p motorli EYu lar de-yiladi. Ko`p motorli elektr yuritmalar murakkab qurilmalar yoki mashinalarning ish organ-larini ulardan alohida o`rnatilgan mustaqil elektr motorlardan harakat olib ishlaydi (masa-lan, AVM – 0,4 vitaminli un tayyorlash agregatida to`qqizta elektr motor bor. Ishlab chiqarish korxonalarida juda keng tarqalgan asinxron motorlar va shu kabi elektromagnit chulg’amlarga ega bo`lgan qator iste’molchilarda o`zgaruvchan magnit maydoni hosil qilish uchun reaktiv quvvat talab qilinadi. Reaktiv quvvat Cos koeffitsent bilan harakterlanadi va quyidagi formuladan aniqlanadi. . Tok manbaasidan talab qilinadigan reaktiv quvvat qiymatini kamaytirish, ya`ni quvvat koeffitsenti Cos oshirish muhim masalalardan hisoblanadi. Haqiqatan Cos ning ahamiyatini eng ko`p tarqalgan iste’molchilardan, asinxron dvigatel uchun transformator tanlashdan boshlab ko`rib chiqaylik. Masalan, 100 kVt li aktiv quvvatga ega bo`lgan Asinxron dvigatel uchun Cos =0,85 bo`lganda uning quvvati kVA bo`lgan transformator tanlanadi,agar Cos=0,5 bo`lsa, u holda quvvati kVA bo`lgan transformator tanlanishi kerak. Bundan Cos ning kamayishi bilan transformator va generator katta quvvatga tanlanishi ko`rinib turibdi. Ian I U Iax n Ix x 0 I0 Ia0 I 3-rasm. Сos ning aktiv yuklamaga bog’liqligi. Motorga berilayotgan kuchlanish miqdorini o`zgarmas, ya`ni U=сonst deb begilansa, u holda manfiy oqim F va toklar I ham o`zgarmas bo`ladi. Demak yuklama o`zgarishi bilan tokning faqat aktiv qismi o`zgaradi. Buning natijasida turli yuklamalardagi Ix tokni kuchlanishga nisbatan siljish burchagi x ham o`zgaradi. Ya`ni aktiv yuklama kamayishi bilan burchak orta boradi. Bunda quvvat foeffitsenti Cos kamayib boradi. Shunga ko`ra dvigatelni mumkin qadar to`la yuklama bilan ishlatish tavsiya qilinadi. Xulosa:
Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Беспалов В.Я., Котеленец Н.Ф. Электрические машины: учебное пособие для студ. вузов. — М .: Издательский центр «Академия», 2006. - 320 с. 2. БутД.А. Основы электромеханики: Учеб, пособие. — М .: И зд -во М А И , 1996. - 468с. 3. Быстрицкий Г.Ф., Кудрин Б.И. Выбор и эксплуатация силовых трансформаторов: Учеб, пособие для вузов. — М .: Издательский центр «Академия», 2003. — 176 с. 4. Волдек А.И., Попов В.В. Электрические машины. М аш и ны переменного тока: У чеб ни к для вузов. - С П б.: Питер, 2008. - 350 с. Download 99.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling