Tomoqni mustahkamlash va sog‘lomlashtirish uchun
mashqlar
1. «Ot». Tilingiz bilan 10–30 soniya baland va tez taqillating.
2. «Qarg‘a». «Qa – a – ag‘» deng. Oynaga qarab mashq qiling. Yumshoq tanglay va kichik tilni balandroq ko‘tarishga harakat qiling. 6-8 marta takrorlang. Buni tovushsiz bajaring.
3. «Uzuk». Tilingiz uchini tanglay orqali kichik tilga tekkizing. Buni yopiq og‘izda bir necha marotaba takrorlang.
4. «Sher». Tishingizni iyagingizgacha yetkazing. Buni bir necha marta takrorlang.
5. «Esnoq». Sun’iy ravishda esnash mumkin. Tomoq mashqi sifatida bir necha marta qaytaring. Esnoqni atrofdagilardan yashirganday og‘izni ochmay esnang.
6. «Naycha». Lablaringizni naycha shaklida cho‘chchaytiring. Uni soat millari bo‘ylab va unga qarshi aylantiring. Lablarni burungacha, so‘ngra iyakkacha yetkazishga harakat qiling. 6-8 marta takrorlang.
7. «Kulgi». Kulayotganda kaftingizni tomog‘ingizga qo‘ying, mushaklar qanchalik taranglashganini his qiling. Bundan avvalgi mashqlarni bajarishda ham xuddi shunday taranglik seziladi. Sun’iy kulgi bo‘lishi mumkin. Mushaklar ishi nuqtayi nazaridan kulsangiz ham yoki oddiy «xa-xa-xa» desangiz ham farqi yo‘q. Sun’iy kulgi ham kayfiyatni ko‘taradi, tabiiy xursandchilikka olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |