Ovoz a’zolari haqida qisqacha ma’lumot
Ovoz ustida ishlashning keyingi bosqichlari
Download 378 Kb.
|
OVOZ A
Ovoz ustida ishlashning keyingi bosqichlari
Ovozning harakatchanligi va ravonligi ustida ishlash uchun dastlab sodda mashqlar olinadi, halqumni charchatib qo‘ymaslik uchun osoyishta va cheklangan miqdorda kuylanadi. Bu printsi pning asosiy maqsadi maromning ohangdorligi, aniqligi kabilardan iborat. Qo‘shiqchilikda tushunarsiz intonatsiya yo muvofiqlikning mavjud emasligi, yoki yaxshi eshitmaslikdan dalolat beradi. Har ikkalasi ham nazorat va o‘z-o‘zini nazorat yo‘qligidan vujudga keladi. Sof intonatsiya uzoq vaqt, sabr bilan ishlash asosida vujudga keltiriladi. Har bir qiyin vokal intervali yoki asar bo‘lagi musiqadan «chiqarib olinadi» va qulay unlida kuylanadi. Musiqada alohida tovushlar mavjud emas, har bir aytilgan tovush keyingisini tayyorlaydi. Ayrim notalarni «chiroyli joylashtirish – bu hali qo‘shiq emas. Qo‘shiq – bu musiqa asarining mohiyati va mantiqiy harakatidir». Takomilga erishgan va texnik jihatdan tayyor ovozga quyidagi talablar qo‘yiladi: 1. Qo‘shiq ayta olish va tovushni takomilga erishtirish. 2. Tovushning turli ohang bo‘yoqlarini egallash. 3. Birlik va ikkilik pardalarida kuylay olish. 4. Harakatchanlikka ega bo‘lish. 5. Turli usullar bilan notalarni birlashtira olish. 6. Texnik usul sifatidagi ovoz tovlanishiga ega bo‘lish. 7. Har qanday murakkablikdagi vazn va maromni tushunish va amal qilish. Ovozni takomillashtirish ustida ishlayotib biz vocal texnikasini takomillashtiramiz. Qo‘shiqchilikning ovoz hosil qiluvchi a’zolarining har bir qismi va qo‘shiq aytish paytida ularning o‘zaro aloqasi «vokal texnikasi» deb yuritiladi. Ovozlar erkaklarda tenor, bariton, bas, ayollarda soprano, metstso-soprano, kontralto singari turlarga bo‘linadi. Ayollar ovozi erkaklarnikidan bir oktava baland jaranglaydi. Barcha ovozlarning turli ranglarda jaranglaydigan ovoz bo‘laklari bo‘ladi, ular parda deb yuritiladi. Ayollarda ko‘krak, markaziy, yuqori, erkaklarda ko‘krak, baland ovoz pardalari farqlanadi. To‘g‘ri vokal ishi ovozni ravon qiladi, tovush pardalarini silliqlaydi. Bu, eng avvalo, pedagog va talabaning yaxshi eshita olish qobiliyati, yaxshi nafas olishi va mushaklari xotirasiga bog‘liq. Ko‘pgina pedagoglar ovoz turini aniqlashda o‘tish notalarining joylashuviga e’tibor beradilar, ba’zan esa halqum, ovoz a’zolari va tebratkichlar tuzilishi bo‘yicha ovoz xususiyatini belgilovchi foniator shifokorga ham murojaat qiladilar. Tembr mezoni ham ko‘pincha to‘g‘ri kelmaydi. Ovozga darhol baho berish yaramaydi, ovoz o‘zining tabiiy yo‘nalishi bilan qanday xususiyatga ega ekanligini kuzatish zarur. Qo‘shiq aytishdan tashqari talabani o‘z ijodiy niyatlarini amalga oshirishga o‘rgatish pedagogning vazifasi hisoblanadi. Boshlovchiga asar ustida ishlash, o‘z vokal musiqiy obrazini izlash va yaratish ustida ishlash ko‘nikmasini berish muhim hisoblanadi. Qo‘shiqchi ayni paytda o‘z umummadaniy va musiqiy darajasini oshirib borishi kerak, negaki, u umumrivojlangan zakovatsiz kata badiiy muvaffaqiyatga erisha olmaydi.
Download 378 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling