Ovoz a’zolari haqida qisqacha ma’lumot
OVOZ HOSIL BO’LISH JARAYONI
Download 378 Kb.
|
OVOZ A
OVOZ HOSIL BO’LISH JARAYONI
Har qanday elastik jism tebranganda atrof-muhitdagi zarralarni harakatga keltiradi, ulardan tovush to‘lqini hosil bo‘ladi. Bu tovush to‘lqinlari bizning quloqlarimizga yetib keladi. Tabiatda tovushlar shunday paydo bo‘ladi. Inson tanasida ovoz burmasi shunday elastik a’zo hisoblanadi. Nutq va qo‘shiq ovozlarni tebranuvchi ovoz burmasi va nafasning o‘zaro aloqasidan hosil bo‘ladi. Inson qo‘shiq aytishni xohlaganda ovoz a’zolari bu vazifani bajarishga tayyor holatga keladi. Qo‘shiq jarayoni nafas olishdan boshlanadi, bu paytda havo og‘iz va burun bo‘shlig‘i, bo‘g‘iz, traxeya, bronxlar, o‘pka kabilardan chiqadi. So‘ngra bosh miyaning asab signallari ta’sirida ovoz burmalari, ovoz tirqishlari yopiladi. Bu harakat nafas chiqarishning boshlanishiga to‘g‘ri keladi. Yopilgan ovoz burmalari chiqayotgan havo yo‘lini to‘sadi, uning to‘g‘ri chiqib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Nafas olinganda kirgan havo mushaklar yordamida siqiladi, burma ostida bosim vujudga keladi. Siqiq havo yumilgan ovoz burmasiga bosim beradi va tovush hosil bo‘ladi. Ovoz a’zolari tebranishi qo‘shiqchi chiqarayotgan havo oqimiga o‘tadi, qo‘shiqchining o‘zi operator sifatida bu jarayonni eshitadi va e’tibor bilan nazorat qiladi. Ovoz a’zolari tebranish chastotasi qanday qilib tartiblanadi, degan savol tug‘iladi. Sarbonna (Parij) normal fiziologiyasi laborotoriyasi xodimi Raul Yusson o‘z ishi bilan ovoz a’zolari tebranishini havo oqimi bosimi ostida katta chastota bilan yopilayotgan va ochilayotgan odatdagi harakat natijasi sifatida qarash mumkin emasligini ta’kidladi. Ovoz a’zolarining tebranish vazifasi alohida nervlar ta’siri ostida amalga oshadi va asosan, markaziy asab tizimi ishi hisoblanadi. Nafasning hosil bo ‘layotgan tebranish chastotasiga hech qanday aloqasi yo‘q. Ovoz a’zolari tebranishi faqat bo‘g‘iz orqali o‘tayotgan nervlarga javob, xolos. Qo‘shiqchi o‘zi qo‘shiq aytmay, boshqalarni tinglayotgan paytda ham xuddi shu hislarni tuyib turadi. Har bir tananing o‘ziga xos anatomik, fiziologik va psixologik xususiyati borligini esdan chiqarmaslik kerak. Shuning uchun ham har bir qo‘shiqchini individual tarbiyalash kerak. Download 378 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling