Ovoz kartasini tanlash va o’rnatish ulanish joylari


Download 189.5 Kb.
Sana10.04.2020
Hajmi189.5 Kb.
#99014
Bog'liq
10-мавзунинг слайди

OVOZ KARTASINI TANLASH VA O’RNATISH

ULANISH JOYLARI

PLATANING CHIZIQLI CHIQISHI

  • Signalni bu ulanish joydan tashqi qurilmalarga akkustik tizimlarga naushniklarga, yoki stereo kuchaytirgichlar kirishlariga berish mumkin. U yordamida esa signalni ma`lum darajaga kuchaytirish mumkin. Ba`zi tovush platarida, masalan: Microsoft Windows Sound System ga ikkita chiqish uchi bor; biri chap kanal signali, ikkinchisi o‘ng kanal signali uchun.

PLATANING CHIZIQLI KIRISHI

  • Bu kirish ulanish joyi tashqi audiotizimdan qattiq diskka kelayotgan tovush signalini yozishda ishlatiladi.

AKUSTIK TIZIM VA NAUSHNIKLAR UCHUN ULANISH JOYI

  • Bu ulanish joy hamma platalarda ham bo‘lavermaydi. Signallar akustik tizimga stereotizim kirishiga beriladigan o‘sha ulanish joydan beriladi. Agar platada ikkita ulanish joy bo‘lsa, ulardan akustik tizimlar va naushniklarga mo‘ljalanadigan signallar kuchliroqdir. U naushniklar va uncha katta bo‘lmagan akkustik tizimlar munosib tovush balandligini ta`minlashi lozim. Ko‘pchilik tovush platalarning chiqish quvvat 4 BT ga teng. Bunda signal chiziqli chiqishda kuchaytirgich kaskaddan o‘tmaydi va shuning uchun undagi tovush yuqoridir .

MIKRAFON KIRISH YOKI MANOFONIK SIGNAL

  • Bu razyomga diskka tovush yoki boshqa tovushlarni yozish uchun magnitafon ulaniladi. Mikrafondan yozish manofonikdir. Signal sifatini oshirish uchun ko‘pchilik tovush platarida kuchaytirishni avtomatik rostlashdan foydalaniladi. Bunda kirish signali doimiy va o‘zgarish uchun optimal qilib saqlaniladi. Yozish uchun eng yaxshisi elektrodinamik yoki 600 omdan 10 Komgacha yuklama qarshiligiga mo‘ljallangan kondisatorli mikrafondan foydalanish kerak

JOYSTIK UCHUN ULANISH JOY MIDI

  • Joystikni ulash uchun 15 kontakli D liniya ulanish joydan foydalaniladi. Uning ikkita kontaktini MIDI qurilmasini, masalan klavishli sintezatorni boshqarish uchun foydalanish mumkin. Ba`zi tovush platalari MIDI qurilmalari uchun alohida ulanish joyga ega. Hozirgi zamon kompyuterlarida jostik uchun port tizim platasida yoki alohida kengaytma platasida joylashgan bo‘lishi mumkin.

ICHKI KONTAKLI ULANISH JOY

  • Ko‘pchilik tovush platalarida ichki CD-ROM jamlovchisiga ulanish uchun maxsus ulanish joy bor. Bu esa tovush platalariga ulangan akkustik tizimlar orqali kompakt disklardan tovushni eshittirishga imkon beradi. Bu ulanish joy CD-ROM nazoratchiini tovush platasiga ulash ulanish joyidan farq qilishiga etibor bering, chunki ma`lumotlar bu ichki ulanish joy buyicha kompyuter shinasiga uzatilmaydi. Ammo bu ulanish joy hatto bo‘lmasa ham siz baribir tovush kartasining chiziqli chiqishini CD-ROM yurutmasidagi naushniklarning chiqish ulanish joyiga tashqi kabel yordamida ulab audiokompakt disklarni tinglashingiz mumkin
  • E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!

Download 189.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling