Ovoz rejissyorligi kasbi klassifikatsiya va takomillashtirish masalalari
Download 91.31 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqovoz-rejissyorligi-kasbi-klassifikatsiya-va-takomillashtirish-masalalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit soʻzlar
OVOZ REJISSYORLIGI KASBI KLASSIFIKATSIYA VA TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI Arzimatov Botirali Abdumajidovich OʻzDSMI Fargʻona mintaqaviy filiali Annotatsiya: Mazkur maqolada ovoz rejissorligi kasbining umumiy klassifikatsiyasi va takomillashtirish masalalari atroflicha yoritib berilgan. Shu bilan birga ovoz rejissorligi kasbining oʻziga xos xususiyatlari va uning kinomatografiya sohasi taraqqiyotidagi oʻrni haqida fikr-mulohazlar bildirilgan. Kalit soʻzlar: ovoz rejissori, kasb, sanʼat, kino, studiya, jarayon, faoliyat, malaka, taraqqiyot. FEATURES OF CLASSIFICATION AND IMPROVEMENT OF VOICE DIRECTION PROFESSION Arzimatov Botirali Abdumajidovich Fergana regional branch of the UzSIAC Abstract: This article discusses the specifics of the profession of sound directing and its role in the development of the field of cinematography. The general classification of the profession of sound directing is covered in detail. At the same time, suggestions were made to improve the profession of sound directing. Keywords: sound director, profession, art, film, studio, process, activity, skill, development. Ovoz rejissori kim? degan savolga qisqa javob eshita olmaymiz. Chunki, ovoz rejissori kino, televideniye, teatr, radio va ovoz yozish sohasida faoliyat yurituvchi va ovozning badiiy jihatiga javob beruvchi shaxsdir. Ovoz rejissori kasbi vujudga kelgunga qadar san’atda, ovoz rejissorinig ayrim vazifalarini bajaradigan turli yoʻnalishlar mavjud boʻlgan. Jumladan, musiqa tanlovchi - teatr, kino, televideniya va radioda musiqiy eshittirishlar, spektakllar va turli janrdagi musiqalarni fonotekadan foydalangan. Ovoz operatori - asosan texnika bilan bogʻliq ishlarni bajargan, yozib olish va qayta ishlov berish. Shovqin hosil qiluvchi tabiatda mavjud boʻlgan yoki narsa va buyumlarning tabiiy shovqinini sun’iy ravishda hosil qiluvchi. Musiqiy sayqallovchi - film, koʻrsatuv, spektakl va musiqiy dasturlarni turli xil musiqa, sempl ovozlar va inter shovqinlar bilan bezatuvchi. Yuqorida aytib oʻtigan kasb egalarining ish faoliyati hozirgi kunda ham davom etmoqda, faqatgina ovoz rejissor boshchiligida "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 1 / March 2022 ISSN 2181-063X 266 http://oac.dsmi-qf.uz amalga oshiriladi. Ovoz rejissorligi kasbi bir qancha yoʻnalishlarga boʻlinib, bir- biridan farqlanadi. Bular quyidagilar: − teatr ovoz rejissori; − musiqiy ovoz rejissori; − kino ovoz rejissori; − radio ovoz rejissori; − televideniya ovoz rejissori; − ommaviy tadbirlar ovoz rejissori; Respublikamizda ovoz rejissorligi kasbi salkam bir asr mobaynida rivojlanish bosqichini bosib oʻtdi. Bu davrda bir qancha yetuk ovoz rejissorlari jumladan: (radioda) Nabi Hasanov, Anvar Tojiyev, (kinoda) Yoʻldosh Abdukarimov, (televideniyada) Rixsixoʻja Umarxoʻjayev, Xayrulla Karimov, Choʻlpon Abbasov ovoz injeneri boʻlib hujjatli filmlar studiyasida ishlab ovoz rejissorligining rivojlanishiga katta hissalarini qoʻshib ketishgan, hozirgi kunda oliy toifali ovoz rejissori Atabayev Zokir, (kino) Karimjon Boʻribayev, Senchilo, Rovza Hakimova, (televideniya) Muxtor Oripov, Akbar Mirzayev, (teatr) Dalil Xadjayev, Husniddin Komilov teatrda, Igor Iosis ommaviy tadbirlarda va boshqa koʻplab mahoratli ovoz rejissorlari oʻz ishlari bu sohada respublikamiz dovrugʻini dunyoga tanitishdi. Ayniqsa, dublyaj sohasida 60-80 yillarda dublyaj qilingan xorij filmlari oʻzining sifatliligi mazmuni jihatidan butun dunyoda e’tirof etilganligi bilan respublikamiz ovoz rejissorlik sohasida ancha ilgʻor natijalarni qoʻlga kiritilganligini isbotlab berdi[1: 6,8]. Yuqorida qayd etib oʻtganimiz kabi ovoz rejissorligi ma’lum darajada murakkab kasb hisoblanadi. Uning klassifikatsiyasi (tasnif) nimada oʻz aksini topadi degan savol paydo boʻlishi tabiiy hisoblanadi. Bunga javob tariqasida klassifikatsiyaning mazmun-mohiyatiga qisqacha toʻxtalib oʻtamiz. Klassifikatsiya oʻzi ilm yoki inson faoliyatining biror sohasiga oid oʻzaro bir xil tushunchalar sistemasi hisoblanib, har bir fanga xos muhim mantiqiy amal boʻladi[2:1]. Uning vositasida shu fan doirasida toʻplangan bilimlar qatʼiy tartibga solinadi. Klasifikkatsiya yordamida esa, ovoz rejissorligi fanida muhim ahamiyat kasb etuvchi jadvallar, chizmalar, grafiklar, kodekslar vujudga keladi. Tabiiy va sunʼiy klassifikatsiyalar bir-biridan farq qiladi. Barcha sohalarda boʻlgani kabi ovoz rejissorligi sohasida hamki, davr oʻtishi bilan oʻrganilayotgan obyekt haqidagi bilimlarimizning rivojlanishiga mos ravishda takomillashtirib, tuzatilib, rivojlantirilib boriladi. Ovoz rejissorligi boshqa rejissura sohalari kabi ma’lum darajada jarayonni boshqarishi taqoza etadi. Shuningdek, u madaniyat va san’at sohasining barcha jabhalarining taraqqiyotiga xizmat qiladi. Shu bilan birga yana ba’zi manbalarda ovoz rejissorligi kasbi va uning ijodiy oʻziga xos xususiyatlari haqida quyidagicha fikr- mulohozalar keltirilgan. Xususan, ovoz rejissorligi kasbi - ijodiy kasb - badiiy tovush "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 1 / March 2022 ISSN 2181-063X 267 http://oac.dsmi-qf.uz obrazlarini yaratuvchi, tovushning dramaturgiyasini yaratuvchi, yangi tovushlarni yaratib ularni qayta ishlash kabi vazifalarni oʻz ichiga qamraydi. Bu kasbni egallagan inson albatta texnik bilimlarga ham ega boʻlishi kerak. Ovoz rejissorligi kasbining klassifikatsiya va takomillashtirish masalari juda murakkab va katta ilmiy-tahlil ishlarini talab qiladi. Ovoz rejissori doimo oʻz bilim, koʻnikma va malakasini zamonaviy xorij texnologiyalarini oʻrganish orqali boyitib borishi mumkin. Bundan tashqari - fizika, musiqiy akustika, psixologiya, psixoakustika va albatta musiqiy bilimlarga ega boʻlishi kerak. Ovoz rejissori - ovozni yozib oladi, qayta eshittiradi, qayta ishlaydi, texnik asboblar yordamida turli tovushlarni qoʻshadi. Bu kasb kinoindustriyada, musiqiy ovoz yozuvida, teatr, radio va televideniyada, konsertlarda, tovush restavratsiyasida talab qilinuvchi kasbdir. “Haqiqiy ovoz rejissori - haqiqiy artist, ijrochining sirdoshi, fikrdoshi boʻlishi muhim. U shunday sharoit yaratib berishi kerakki, ijrochi unda oʻzining bor imkoniyatlarini toʻkib socha olsin. Buning uchun ovoz rejissori chuqur bilim, betakror did, katta ishlash qobiliyati va albatta iqtidor egasi boʻlmogʻi lozim [3:1]. Ovoz rejissorligi kasbi klassifikatsiyasining takomillashish masalalari oʻziga xos xususiyatlarga ega. Uni takomillashtirish mediaga oid boʻlib, bu madaniyat va san’at sohasi mahsulotlarining mukammaligiga erishiladi. Ovoz rejissorligining rivojlanishi nafaqat kinomatografiya taraqqiyoti uchun balkim dramaturgiya, grim, rejissura sohalarining ham rivojiga ham ijobiy ta’sir koʻrsatgan. Bu jarayonlar xususida taniqli san’atshunos olima Abulqosimova “Kino sanʼati asoslari” asarida: kinoning rivojlanib borish jarayonida boʻlajak film syujetini oldindan yozib olishga ehtiyoj tugʻildi. Dastlabki ssenariylar boʻlajak film voqealarini kadrlar boʻyicha muayyan nomerlar bilan yozib olishdan iborat boʻlar edi (texnik ssenariy). Keyinchalik kino uchun asar yozadigan mualliflar teatr dramaturgiyasi tajribasiga murojaat qildilar, shu tariqa ssenariylar pyesaga oʻxshay boshladi. Toʻgʻri, bunday ssenariylarda soʻz juda oz oʻrin egallagan, chunki u vaqtlarda kino ovozsiz edi. Kino ovozli boʻlgandan keyin kinodramaturgiya jadal rivojlana boshladi [4:6] - deya ta’kidlab oʻtganlar. Shuningdek, Sh. Amanmuradov, D.Mirsaidovalarning “Ovoz rejissyorligi mahorati” asarida ham ovoz kinamatografiyada namoyon boʻladigan elementar koʻrinishlardan avval paydo boʻlgan degan fikrni ilgari suradi. “Ovoz yozuvi kinomatografdan oldin paydo boʻlib, tasvir va ovozni sinxronlashga harakat esa kino yaratilishi bilan bir vaqtda yuzaga kelgan. Tomas Edisonning hammuallifi Uilyam Diksonning aytishicha, u 1889-yildayoq ovoz va tasvirni birgalikda koʻrsatadigan qurilma - “kinotofonograf’ni ixtiro qilgan ekan. Lekin uning soʻzlarini isbotlovchi hech qanday dalil yoʻq. Boz ustiga, XX asrning boshlariga qadar fonografni eng muhim ixtiro, deb yurgan Edison kinotoskopni fonograf bilan sinxronlash harakatlarini davom ettirgan, ammo qoʻlidan kelmagach, bu ishga boʻlgan qiziqishi soʻnmagan. Kinomatograf rivojlanishining ilk "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 1 / March 2022 ISSN 2181-063X 268 http://oac.dsmi-qf.uz davrlarida ovozli kino hosil qilishga koʻp mamlakatlarda urinishlar boʻldi. Bunga ikkita asosiy muammo halal berardi: birinchisi tasvir va tovushni sinxronlash boʻlsa, ikkinchisi tovushni yetarli darajada baland chiqmasligi edi. Birinchi muammo tovush va tasvirni bitta uskunaga yozish bilan yechilgan boʻlsa, ikkinchisini yechish oson kechmadi. Chunki, tovush diapazonini elektr tebranishlarini kuchaytirib beruvchi qurilma hali kashf qilinmagan edi[5:9]. Haqiqatan ham filmlarga ovoz kirib kelishi bilan tomoshabinlar auditoriyasi kengaydi, ifoda usullari tamoman yangicha mazmun kasb etdi. Kino hali ovozsiz boʻlgan dastlabki paytlarda aktyorlar ijrosi qisman teatrni eslatib turgan. Sababi, film mazmunini yoritishda asosan ijroga tayanilgan va aktyorlar mimikasi, ifodali harakatlari yetakshilik qilgan. Ovoz filmning ta’sir doirasini yana ham kengaytirdi, maxsus tasmalarga yozib olingan nutq, musiqa, shovqin va boshqa tovushlar yordamida kadrlar “tilga kirdi”[6:31]. Raqamli va koʻp kanalli ovoz yozuvining rivojlanishi ovoz rejissoriga montaj jarayonida juda koʻp imkoniyatlar ochib bermoqda. Ularni amalga oshirish uchun chuqur musiqiy bilimlar va bejirim did egasi boʻlmoq lozim. Zamonaviy ovoz rejissorligining har qanday yoʻnalashi, yosh ovoz rejissorining shakllanishida individual yondoshishni talab qiladi. Rivojlanayotgan texnika va efirda ovoz bilan ishlashda qoʻllanilayotgan yangi texnologik usullar, TV va RV ovoz rejissoridan tezda yangiliklarga koʻnikish, yangi texnikani oʻzlashtirish va badiiy ta’sirchanlikni qoʻllashni bilishni talab qiladi. Ovoz rejissori sohaga oid barcha texnikani yaxshi bilishi kerak. Ayniqsa ijroning ovozli dizayni uchun ishlatiladigan mayda elementlardan tortib ovoz rejissurasiga oid vositalargacha. Ovoz rejissori texnik jihatdan qanchalik malakali boʻlsa, u shunchalik muvaffaqiyatli boʻladi va ijodiy muammolarni hal qilishda texnik vositalardan foydalanish mahoratini rivojlantirib boradi. Masalan, teatrdagi ovoz rejissori ikkala ijodni birlashtirishi kerak. Ijodiy va texnik vositalarni boshqarishni. Shuningdek, dramaturgiya, rejissor, aktyorlik va sahna munosabatini aniq his qilishi va shunga qarab harakat qilish texnikalarini egalashi zarur[7:18]. Hozirgi kunda zamonaviy radio uzatuvdagi ovoz rejissori kasbining koʻpqirraligi, bu sohadagi mutaxassislarni professional tayyorgarligining sifati haqidagi savolni oldinga suradi. Bu jarayonda nafaqat oʻtmishdagilarning boy tajribalarini qoʻllash, shu bilan birga ilgʻor chet davlatlarning tajribalarini ham qoʻllash lozim. Gʻarb davlatlarining ovoz rejissorlari juda puxta maxsus professional tayyorgarlikka, ham texnik tomondan ham musiqa tomondan, va mustaqil ish boshlashdan avval, tubdan tayyorlanishadi. Ilgʻor ovoz rejissorlarning tajribasi tizimlashtiriladi va maxsus oʻquv yurtlarida oʻqitiladi. Ovoz rejissorlari kadrini sifatli tayyorlash uchun, ikki asosiy bosqichdan iborat boʻlgan oʻquv hajmini belgilash lozim: "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 1 / March 2022 ISSN 2181-063X 269 http://oac.dsmi-qf.uz ▪ musiqiy-texnik bilimlarni egallash; ▪ yangi radiouzatuv texnikasining paydo boʻlishi, efirda ketadigan dasturlarni ovozlashtirishdagi yangi texnologiyalar kelib chiqishi munosabati bilan, vaqti-vaqti bilan malaka oshirib turish. Bu oʻz navbatida ovoz rejissorligi kasbini takomillashtirish uchun xizmat qiladi. Teleradiouzatuv ovoz rejissorining shakllanishidagi foydali rolni tajribali mutaxassislarning master-klasslari oʻynashi mumkin. Ularning hayotiy misollaridan efirdagi tovush bilan ishlash koʻnikmalarini namoyon qilishlari yosh ovoz rejissorlariga qoʻl keladi. Teleradiouzatuv yoʻnalishidagi ovoz rejissorlarini tayyorlash jarayonida akustika, musiqiy bilimlar asoslari, teleradio dasturlarni musiqalashtirish, tinglab tahlil qilish, orkestrlash tarixidagi yoʻnalishlar kabi bilimlar asoslari katta ahamiyatga egadir. Bu bilimlarni egallash bilan bir qatorda amaliy vazifalarni ham bajarib borish muhimdir: teleradiouzatuv dasturlarining ovozlashtirilishini tahlil qilish va referat shaklida bajarish, kurs ishlari, jonli ijroning texnik ovoz yozuvi, qisqa video koʻrinishni mustaqil ovozlashtirish va boshqalar. Yangi Oʻzbekistonda ovoz rejissorligi kasbini takomillashtirish uchun bir qancha ijobiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-avgustda “Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ - 3176-sonli qaroriga asosan, yosh avlod tarbiyasida muhim oʻrin tutadigan multiplikatsion filmlar 2018-yilda 15 ta, 2022- yildan boshlab esa 50 tadan ishlab chiqarish koʻzda tutilgan. Sohada sifatli va milliy qadriyatlarimizga mos ijodiy ishlarni yanada koʻproq yaratish jarayonlariga xolisona qatnashadigan Badiiy kengashning yuqoridagi qaror asosida tashkil etilishi esa katta natija boʻldi. Davlat buyurtmasi asosida ishlab chiqariladigan kinofilmlarning gʻoyaviy-badiiy saviyasi, mazmun-mohiyati hamda professional darajasini oshirish masalasiga ham qarorda alohida eʼtibor qaratilib, shu maqsadda kino sohasining yetuk namoyandalari va tajribali mutaxassislardan iborat Badiiy kengash tuzilishi belgilangan [8:1] Undan tashqari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining milliy kino san’atini rivojlantirishga qaratilgan islohotlarni tizimli davom ettirish, sohani davlat tomonidan qо‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, yurtimizda jahon tajribasi asosida kino ishlab chiqarishning samarali mexanizmlarini joriy etish, zamonaviy kinosanoat infratuzilmasini yaratish va kinoprokat tizimini rivojlantirish maqsadida 2021-yil 7-aprelda “Kino san’ati va sanoatini yangi bosqichga olib chiqish, sohani davlat tomonidan qо‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish tо‘g‘risida”gi PF-6202-sonli Farmoni qabul qilindi. Unga koʻra “О‘zbekkino” Milliy agentligi О‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi etib qayta nomlandi. Ushbu qaror bilan, kino san’ati va sanoati vakillarining mualliflik huquqlarini jamoaviy asosda boshqaradigan О‘zbekiston kino sanoati vakillari uyushmasi nodavlat notijorat tashkiloti va Agentlik va О‘zbekiston kino sanoati vakillari "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 1 / March 2022 ISSN 2181-063X 270 http://oac.dsmi-qf.uz uyushmasi muassisligida Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi nodavlat notijorat tashkilotini tashkil etildi. [9: www.lex.uz ] Bunday ijobiy oʻzgarishlar soha taraqqiyoti va ovoz rejissorligi kasbining klassifikatsiyasi mukammalashuviga xizmat qilish bilan birga istiqboldagi ijodiy ishlarga motivatsiya boʻladi. Albatta, har bir kasbda boʻlgani singari ovoz rejissorlarining ham ijtimoiy, ham man’an himoyasi mavjud. Davlatimiz tomonidan ularning muhofazasi boʻyicha bir qator qonun hujjatlari qabul qilinib, asosiysi xavsiz va mukammal mehnat sharoitlarini yaratishga qaratilgan: − mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari boʻyicha boʻlimni oʻz ichiga olgan jamoaviy shartnoma; − tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish oʻrinlarini attestatsiya qilish uslubiga muvofiq ish oʻrinlarini attestatsiya qilish kartalari; − mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari; − ishchilar va muhandis-texnik xodimlarni oʻqitish, yoʻl-yoʻriq berish va bilimlarini sinovdan oʻtkazish dasturlari; − mehnatni muhofaza qilish boʻyicha maʼmuriy-jamoatchilik nazoratini yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat); − xodimlar bilan yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriq berish va yongʻin-texnikaviy minimum mashgʻulotlarini oʻtkazish dasturi [10:1]. Albatta, insoning hayot xavsizligi uning kasbiy xususiyatlaridan yuqori turadi. Inson sogʻlom boʻlsagina yaxshi va samarali mehnat qiladi. Ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy jihatdan har tamonlama qoʻllab-quvvatlangan xodimgina mukammal ijodiy asar yarata oladi. Soha xodimlariga esa, qonuniy jihatdan ham barcha shart-sharoitlar yaratib berilgani quvonarli albatta. Endi, har tomonlama yetuk asarlar orqali xalqimizga xizmat qilish har bir ovoz rejissorining oliy saodatli vazifasidir. Davlatimiz rahbari va maʼsullar tomonidan qaratilayotgan yuksak eʼtibor va etirofga munosib boʻlib, Yangi Oʻzbekistonning ovoz rejissurasi sohasini yanada rivojlantirib, dunyo standartlariga javob beradigan media mahsulotlarini yaratish davri keldi deb, baralla aytgimiz keladi. Kinomatografiya rivojida ovoz rejissorlari qoʻldan kelguncha xalqimizga astoyidil xizmat qilamiz. Ushbi ilmiy maqolani yozishda koʻplab adabiyotlarni va sohaga doir qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlarni o’rganish natijasida quyidagi takliflarni bildirib oʻtmoqchiman: – Oʻzbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “Texnogen san’at (kino, televideniya va radio ovoz rejissorligi)” ta’lim yoʻnalishi qabul kvotasini 100 foizga oshirish; – Madaniyat markazlarida ovoz rejissorligi shtatida faoliyat olib borayotgan mutaxassislarni malakasini oshirish; "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 1 / March 2022 ISSN 2181-063X 271 http://oac.dsmi-qf.uz – Oʻzbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “Texnogen san’at (kino, televideniya va radio ovoz rejissorligi)” ta’lim yoʻnalishida tahsil olayotgan talabalarni xorijiy madaniyat va san’at oliygohlariga tajriba almashish maqsadida doimiy ravishda joʻnatish; – Oʻzbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Fargʻona mintaqaviy filialida “Texnogen san’at (kino, televideniya va radio ovoz rejissorligi)” ta’lim yoʻnalishini ochish; Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev: “Bir haqiqatni hech qachon unutmaylik: biz buyuk tarix, buyuk davlat, buyuk madaniyat yaratgan xalqmiz. Biz - hech qachon mehnatdan qochmaydigan, qiyinchilikdan qo‘rqmaydigan, adolatni qadrlaydigan, azmu shijoatli, buyuk xalqmiz. Barchamiz bir tanu bir jon bo‘lib, yakdil va ahil bo‘lib harakat qilsak, halol-pok bo‘lib, yaxshi niyat bilan mehnat qilsak, har qanday marralarni egallashga, boshqacha aytganda, tariximizning yangi sahifasini yaratishga qodir xalqmiz”- deya ta’kidlab oʻtgani kabi Yangi Oʻzbekistoning ovoz rejissorligi sohasida ham albatta, yang tarix sahifalarini yaratamiz. Shunday ekan, buyuk madaniyat yaratgan xalq sifatida ajmu shijoatimizni, tariximizning soha taraqqiyotiga baxshida etamiz. Download 91.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling