Ovoz rejissyorligi kasbi klassifikatsiya va takomillashtirish masalalari


Download 91.31 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana21.11.2023
Hajmi91.31 Kb.
#1791388
  1   2
Bog'liq
ovoz-rejissyorligi-kasbi-klassifikatsiya-va-takomillashtirish-masalalari



OVOZ REJISSYORLIGI KASBI KLASSIFIKATSIYA VA 
TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI 
 
Arzimatov Botirali Abdumajidovich 
OʻzDSMI Fargʻona mintaqaviy filiali 
 
Annotatsiya: Mazkur maqolada ovoz rejissorligi kasbining umumiy 
klassifikatsiyasi va takomillashtirish masalalari atroflicha yoritib berilgan. Shu bilan 
birga ovoz rejissorligi kasbining oʻziga xos xususiyatlari va uning kinomatografiya 
sohasi taraqqiyotidagi oʻrni haqida fikr-mulohazlar bildirilgan.
Kalit soʻzlar: ovoz rejissori, kasb, sanʼat, kino, studiya, jarayon, faoliyat, 
malaka, taraqqiyot. 
 
FEATURES OF CLASSIFICATION AND IMPROVEMENT OF VOICE 
DIRECTION PROFESSION 
 
Arzimatov Botirali Abdumajidovich 
Fergana regional branch of the UzSIAC 
 
Abstract: This article discusses the specifics of the profession of sound 
directing and its role in the development of the field of cinematography. The general 
classification of the profession of sound directing is covered in detail. At the same 
time, suggestions were made to improve the profession of sound directing. 
Keywords: sound director, profession, art, film, studio, process, activity, skill, 
development. 
Ovoz rejissori kim? degan savolga qisqa javob eshita olmaymiz. Chunki, ovoz 
rejissori kino, televideniye, teatr, radio va ovoz yozish sohasida faoliyat yurituvchi va 
ovozning badiiy jihatiga javob beruvchi shaxsdir. Ovoz rejissori kasbi vujudga 
kelgunga qadar san’atda, ovoz rejissorinig ayrim vazifalarini bajaradigan turli 
yoʻnalishlar mavjud boʻlgan. 
Jumladan, musiqa tanlovchi - teatr, kino, televideniya va radioda musiqiy 
eshittirishlar, spektakllar va turli janrdagi musiqalarni fonotekadan foydalangan. 
Ovoz operatori - asosan texnika bilan bogʻliq ishlarni bajargan, yozib olish va qayta 
ishlov berish. Shovqin hosil qiluvchi tabiatda mavjud boʻlgan yoki narsa va 
buyumlarning tabiiy shovqinini sun’iy ravishda hosil qiluvchi. Musiqiy sayqallovchi 
- film, koʻrsatuv, spektakl va musiqiy dasturlarni turli xil musiqa, sempl ovozlar va 
inter shovqinlar bilan bezatuvchi. Yuqorida aytib oʻtigan kasb egalarining ish 
faoliyati hozirgi kunda ham davom etmoqda, faqatgina ovoz rejissor boshchiligida 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 1 / March 2022
ISSN 2181-063X
266
http://oac.dsmi-qf.uz


amalga oshiriladi. Ovoz rejissorligi kasbi bir qancha yoʻnalishlarga boʻlinib, bir-
biridan farqlanadi. Bular quyidagilar: 
− teatr ovoz rejissori; 
− musiqiy ovoz rejissori; 
− kino ovoz rejissori; 
− radio ovoz rejissori; 
− televideniya ovoz rejissori; 
− ommaviy tadbirlar ovoz rejissori; 
Respublikamizda ovoz rejissorligi kasbi salkam bir asr mobaynida rivojlanish 
bosqichini bosib oʻtdi. Bu davrda bir qancha yetuk ovoz rejissorlari jumladan: 
(radioda) Nabi Hasanov, Anvar Tojiyev, (kinoda) Yoʻldosh Abdukarimov, 
(televideniyada) Rixsixoʻja Umarxoʻjayev, Xayrulla Karimov, Choʻlpon Abbasov 
ovoz injeneri boʻlib hujjatli filmlar studiyasida ishlab ovoz rejissorligining 
rivojlanishiga katta hissalarini qoʻshib ketishgan, hozirgi kunda oliy toifali ovoz 
rejissori Atabayev Zokir, (kino) Karimjon Boʻribayev, Senchilo, Rovza Hakimova, 
(televideniya) Muxtor Oripov, Akbar Mirzayev, (teatr) Dalil Xadjayev, Husniddin 
Komilov teatrda, Igor Iosis ommaviy tadbirlarda va boshqa koʻplab mahoratli ovoz 
rejissorlari oʻz ishlari bu sohada respublikamiz dovrugʻini dunyoga tanitishdi. 
Ayniqsa, dublyaj sohasida 60-80 yillarda dublyaj qilingan xorij filmlari oʻzining 
sifatliligi mazmuni jihatidan butun dunyoda e’tirof etilganligi bilan respublikamiz 
ovoz rejissorlik sohasida ancha ilgʻor natijalarni qoʻlga kiritilganligini isbotlab 
berdi[1: 6,8]. 
Yuqorida qayd etib oʻtganimiz kabi ovoz rejissorligi ma’lum darajada murakkab 
kasb hisoblanadi. Uning klassifikatsiyasi (tasnif) nimada oʻz aksini topadi degan 
savol paydo boʻlishi tabiiy hisoblanadi. Bunga javob tariqasida klassifikatsiyaning 
mazmun-mohiyatiga qisqacha toʻxtalib oʻtamiz. 
Klassifikatsiya oʻzi ilm yoki inson faoliyatining biror sohasiga oid oʻzaro bir xil 
tushunchalar sistemasi hisoblanib, har bir fanga xos muhim mantiqiy amal 
boʻladi[2:1]. Uning vositasida shu fan doirasida toʻplangan bilimlar qatʼiy tartibga 
solinadi. Klasifikkatsiya yordamida esa, ovoz rejissorligi fanida muhim ahamiyat 
kasb etuvchi jadvallar, chizmalar, grafiklar, kodekslar vujudga keladi. Tabiiy va 
sunʼiy klassifikatsiyalar bir-biridan farq qiladi. Barcha sohalarda boʻlgani kabi ovoz 
rejissorligi sohasida hamki, davr oʻtishi bilan oʻrganilayotgan obyekt haqidagi 
bilimlarimizning rivojlanishiga mos ravishda takomillashtirib, tuzatilib, rivojlantirilib 
boriladi. Ovoz rejissorligi boshqa rejissura sohalari kabi ma’lum darajada jarayonni 
boshqarishi taqoza etadi. Shuningdek, u madaniyat va san’at sohasining barcha 
jabhalarining taraqqiyotiga xizmat qiladi. Shu bilan birga yana ba’zi manbalarda ovoz 
rejissorligi kasbi va uning ijodiy oʻziga xos xususiyatlari haqida quyidagicha fikr-
mulohozalar keltirilgan. Xususan, ovoz rejissorligi kasbi - ijodiy kasb - badiiy tovush 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 1 / March 2022
ISSN 2181-063X
267
http://oac.dsmi-qf.uz


obrazlarini yaratuvchi, tovushning dramaturgiyasini yaratuvchi, yangi tovushlarni 
yaratib ularni qayta ishlash kabi vazifalarni oʻz ichiga qamraydi. Bu kasbni egallagan 
inson albatta texnik bilimlarga ham ega boʻlishi kerak. 
Ovoz rejissorligi kasbining klassifikatsiya va takomillashtirish masalari juda 
murakkab va katta ilmiy-tahlil ishlarini talab qiladi. Ovoz rejissori doimo oʻz bilim, 
koʻnikma va malakasini zamonaviy xorij texnologiyalarini oʻrganish orqali boyitib 
borishi mumkin. Bundan tashqari - fizika, musiqiy akustika, psixologiya, 
psixoakustika va albatta musiqiy bilimlarga ega boʻlishi kerak. Ovoz rejissori - 
ovozni yozib oladi, qayta eshittiradi, qayta ishlaydi, texnik asboblar yordamida turli 
tovushlarni qoʻshadi. Bu kasb kinoindustriyada, musiqiy ovoz yozuvida, teatr, radio 
va televideniyada, konsertlarda, tovush restavratsiyasida talab qilinuvchi kasbdir. 
“Haqiqiy ovoz rejissori - haqiqiy artist, ijrochining sirdoshi, fikrdoshi boʻlishi 
muhim. U shunday sharoit yaratib berishi kerakki, ijrochi unda oʻzining bor 
imkoniyatlarini toʻkib socha olsin. Buning uchun ovoz rejissori chuqur bilim, 
betakror did, katta ishlash qobiliyati va albatta iqtidor egasi boʻlmogʻi lozim [3:1]. 
Ovoz rejissorligi kasbi klassifikatsiyasining takomillashish masalalari oʻziga xos 
xususiyatlarga ega. Uni takomillashtirish mediaga oid boʻlib, bu madaniyat va san’at 
sohasi mahsulotlarining mukammaligiga erishiladi. Ovoz rejissorligining rivojlanishi 
nafaqat kinomatografiya taraqqiyoti uchun balkim dramaturgiya, grim, rejissura 
sohalarining ham rivojiga ham ijobiy ta’sir koʻrsatgan. Bu jarayonlar xususida taniqli 
san’atshunos olima Abulqosimova “Kino sanʼati asoslari” asarida: kinoning 
rivojlanib borish jarayonida boʻlajak film syujetini oldindan yozib olishga ehtiyoj 
tugʻildi. Dastlabki ssenariylar boʻlajak film voqealarini kadrlar boʻyicha muayyan 
nomerlar bilan yozib olishdan iborat boʻlar edi (texnik ssenariy). Keyinchalik kino 
uchun asar yozadigan mualliflar teatr dramaturgiyasi tajribasiga murojaat qildilar, shu 
tariqa ssenariylar pyesaga oʻxshay boshladi. Toʻgʻri, bunday ssenariylarda soʻz juda 
oz oʻrin egallagan, chunki u vaqtlarda kino ovozsiz edi. Kino ovozli boʻlgandan 
keyin kinodramaturgiya jadal rivojlana boshladi [4:6] - deya ta’kidlab oʻtganlar. 
Shuningdek, Sh. Amanmuradov, D.Mirsaidovalarning “Ovoz rejissyorligi mahorati” 
asarida ham ovoz kinamatografiyada namoyon boʻladigan elementar koʻrinishlardan 
avval paydo boʻlgan degan fikrni ilgari suradi. “Ovoz yozuvi kinomatografdan oldin 
paydo boʻlib, tasvir va ovozni sinxronlashga harakat esa kino yaratilishi bilan bir 
vaqtda yuzaga kelgan. 
Tomas Edisonning hammuallifi Uilyam Diksonning aytishicha, u 1889-yildayoq 
ovoz va tasvirni birgalikda koʻrsatadigan qurilma - “kinotofonograf’ni ixtiro qilgan 
ekan. Lekin uning soʻzlarini isbotlovchi hech qanday dalil yoʻq. Boz ustiga, XX 
asrning boshlariga qadar fonografni eng muhim ixtiro, deb yurgan Edison 
kinotoskopni fonograf bilan sinxronlash harakatlarini davom ettirgan, ammo qoʻlidan 
kelmagach, bu ishga boʻlgan qiziqishi soʻnmagan. Kinomatograf rivojlanishining ilk 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 1 / March 2022
ISSN 2181-063X
268
http://oac.dsmi-qf.uz


davrlarida ovozli kino hosil qilishga koʻp mamlakatlarda urinishlar boʻldi. Bunga 
ikkita asosiy muammo halal berardi: birinchisi tasvir va tovushni sinxronlash boʻlsa, 
ikkinchisi tovushni yetarli darajada baland chiqmasligi edi. Birinchi muammo tovush 
va tasvirni bitta uskunaga yozish bilan yechilgan boʻlsa, ikkinchisini yechish oson 
kechmadi. Chunki, tovush diapazonini elektr tebranishlarini kuchaytirib beruvchi 
qurilma hali kashf qilinmagan edi[5:9]. 
Haqiqatan ham filmlarga ovoz kirib kelishi bilan tomoshabinlar auditoriyasi 
kengaydi, ifoda usullari tamoman yangicha mazmun kasb etdi. Kino hali ovozsiz 
boʻlgan dastlabki paytlarda aktyorlar ijrosi qisman teatrni eslatib turgan. Sababi, film 
mazmunini yoritishda asosan ijroga tayanilgan va aktyorlar mimikasi, ifodali 
harakatlari yetakshilik qilgan. Ovoz filmning ta’sir doirasini yana ham kengaytirdi, 
maxsus tasmalarga yozib olingan nutq, musiqa, shovqin va boshqa tovushlar 
yordamida kadrlar “tilga kirdi”[6:31]. 
Raqamli va koʻp kanalli ovoz yozuvining rivojlanishi ovoz rejissoriga montaj 
jarayonida juda koʻp imkoniyatlar ochib bermoqda. Ularni amalga oshirish uchun 
chuqur musiqiy bilimlar va bejirim did egasi boʻlmoq lozim. Zamonaviy ovoz 
rejissorligining har qanday yoʻnalashi, yosh ovoz rejissorining shakllanishida 
individual yondoshishni talab qiladi. Rivojlanayotgan texnika va efirda ovoz bilan 
ishlashda qoʻllanilayotgan yangi texnologik usullar, TV va RV ovoz rejissoridan 
tezda yangiliklarga koʻnikish, yangi texnikani oʻzlashtirish va badiiy ta’sirchanlikni 
qoʻllashni bilishni talab qiladi. Ovoz rejissori sohaga oid barcha texnikani yaxshi 
bilishi kerak. 
Ayniqsa ijroning ovozli dizayni uchun ishlatiladigan mayda elementlardan tortib 
ovoz rejissurasiga oid vositalargacha. Ovoz rejissori texnik jihatdan qanchalik 
malakali boʻlsa, u shunchalik muvaffaqiyatli boʻladi va ijodiy muammolarni hal 
qilishda texnik vositalardan foydalanish mahoratini rivojlantirib boradi. Masalan, 
teatrdagi ovoz rejissori ikkala ijodni birlashtirishi kerak. Ijodiy va texnik vositalarni 
boshqarishni. Shuningdek, dramaturgiya, rejissor, aktyorlik va sahna munosabatini 
aniq his qilishi va shunga qarab harakat qilish texnikalarini egalashi zarur[7:18]. 
Hozirgi kunda zamonaviy radio uzatuvdagi ovoz rejissori kasbining 
koʻpqirraligi, bu sohadagi mutaxassislarni professional tayyorgarligining sifati 
haqidagi savolni oldinga suradi. Bu jarayonda nafaqat oʻtmishdagilarning boy 
tajribalarini qoʻllash, shu bilan birga ilgʻor chet davlatlarning tajribalarini ham 
qoʻllash lozim. Gʻarb davlatlarining ovoz rejissorlari juda puxta maxsus professional 
tayyorgarlikka, ham texnik tomondan ham musiqa tomondan, va mustaqil ish 
boshlashdan avval, tubdan tayyorlanishadi. Ilgʻor ovoz rejissorlarning tajribasi 
tizimlashtiriladi va maxsus oʻquv yurtlarida oʻqitiladi. Ovoz rejissorlari kadrini sifatli 
tayyorlash uchun, ikki asosiy bosqichdan iborat boʻlgan oʻquv hajmini belgilash 
lozim: 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 1 / March 2022
ISSN 2181-063X
269
http://oac.dsmi-qf.uz


▪ musiqiy-texnik bilimlarni egallash; 
▪ yangi radiouzatuv texnikasining paydo boʻlishi, efirda ketadigan dasturlarni 
ovozlashtirishdagi yangi texnologiyalar kelib chiqishi munosabati bilan, vaqti-vaqti 
bilan malaka oshirib turish. 
Bu oʻz navbatida ovoz rejissorligi kasbini takomillashtirish uchun xizmat qiladi. 
Teleradiouzatuv ovoz rejissorining shakllanishidagi foydali rolni tajribali 
mutaxassislarning master-klasslari oʻynashi mumkin. Ularning hayotiy misollaridan 
efirdagi tovush bilan ishlash koʻnikmalarini namoyon qilishlari yosh ovoz 
rejissorlariga qoʻl keladi. Teleradiouzatuv yoʻnalishidagi ovoz rejissorlarini 
tayyorlash jarayonida akustika, musiqiy bilimlar asoslari, teleradio dasturlarni 
musiqalashtirish, tinglab tahlil qilish, orkestrlash tarixidagi yoʻnalishlar kabi bilimlar 
asoslari katta ahamiyatga egadir. Bu bilimlarni egallash bilan bir qatorda amaliy 
vazifalarni 
ham 
bajarib 
borish 
muhimdir: 
teleradiouzatuv 
dasturlarining 
ovozlashtirilishini tahlil qilish va referat shaklida bajarish, kurs ishlari, jonli ijroning 
texnik ovoz yozuvi, qisqa video koʻrinishni mustaqil ovozlashtirish va boshqalar. 
Yangi Oʻzbekistonda ovoz rejissorligi kasbini takomillashtirish uchun bir 
qancha ijobiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, Oʻzbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2017-yil 7-avgustda “Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish 
chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ - 3176-sonli qaroriga asosan, yosh avlod 
tarbiyasida muhim oʻrin tutadigan multiplikatsion filmlar 2018-yilda 15 ta, 2022-
yildan boshlab esa 50 tadan ishlab chiqarish koʻzda tutilgan. Sohada sifatli va milliy 
qadriyatlarimizga mos ijodiy ishlarni yanada koʻproq yaratish jarayonlariga xolisona 
qatnashadigan Badiiy kengashning yuqoridagi qaror asosida tashkil etilishi esa katta 
natija boʻldi. Davlat buyurtmasi asosida ishlab chiqariladigan kinofilmlarning 
gʻoyaviy-badiiy saviyasi, mazmun-mohiyati hamda professional darajasini oshirish 
masalasiga ham qarorda alohida eʼtibor qaratilib, shu maqsadda kino sohasining 
yetuk namoyandalari va tajribali mutaxassislardan iborat Badiiy kengash tuzilishi 
belgilangan [8:1] Undan tashqari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining milliy 
kino san’atini rivojlantirishga qaratilgan islohotlarni tizimli davom ettirish, sohani 
davlat tomonidan qо‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, yurtimizda jahon 
tajribasi asosida kino ishlab chiqarishning samarali mexanizmlarini joriy etish, 
zamonaviy kinosanoat infratuzilmasini yaratish va kinoprokat tizimini rivojlantirish 
maqsadida 2021-yil 7-aprelda “Kino san’ati va sanoatini yangi bosqichga olib 
chiqish, sohani davlat tomonidan qо‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish 
tо‘g‘risida”gi PF-6202-sonli Farmoni qabul qilindi. Unga koʻra “О‘zbekkino” Milliy 
agentligi О‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi etib qayta nomlandi. 
Ushbu qaror bilan, kino san’ati va sanoati vakillarining mualliflik huquqlarini 
jamoaviy asosda boshqaradigan О‘zbekiston kino sanoati vakillari uyushmasi 
nodavlat notijorat tashkiloti va Agentlik va О‘zbekiston kino sanoati vakillari 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 1 / March 2022
ISSN 2181-063X
270
http://oac.dsmi-qf.uz


uyushmasi muassisligida Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi nodavlat 
notijorat tashkilotini tashkil etildi. [9: www.lex.uz ] Bunday ijobiy oʻzgarishlar soha 
taraqqiyoti va ovoz rejissorligi kasbining klassifikatsiyasi mukammalashuviga xizmat 
qilish bilan birga istiqboldagi ijodiy ishlarga motivatsiya boʻladi. 
Albatta, har bir kasbda boʻlgani singari ovoz rejissorlarining ham ijtimoiy, ham 
man’an himoyasi mavjud. Davlatimiz tomonidan ularning muhofazasi boʻyicha bir 
qator qonun hujjatlari qabul qilinib, asosiysi xavsiz va mukammal mehnat 
sharoitlarini yaratishga qaratilgan: 
− mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, 
sanitariya-sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari boʻyicha boʻlimni oʻz ichiga olgan 
jamoaviy shartnoma; 
− tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish oʻrinlarini attestatsiya qilish 
uslubiga muvofiq ish oʻrinlarini attestatsiya qilish kartalari; 
− mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari; 
− ishchilar va muhandis-texnik xodimlarni oʻqitish, yoʻl-yoʻriq berish va 
bilimlarini sinovdan oʻtkazish dasturlari; 
− mehnatni muhofaza qilish boʻyicha maʼmuriy-jamoatchilik nazoratini yuritish 
jurnali (uch bosqichli nazorat); 
− xodimlar bilan yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriq berish va yongʻin-texnikaviy 
minimum mashgʻulotlarini oʻtkazish dasturi [10:1]. 
Albatta, insoning hayot xavsizligi uning kasbiy xususiyatlaridan yuqori turadi. 
Inson sogʻlom boʻlsagina yaxshi va samarali mehnat qiladi. Ijtimoiy-iqtisodiy, 
ma’naviy-ma’rifiy jihatdan har tamonlama qoʻllab-quvvatlangan xodimgina 
mukammal ijodiy asar yarata oladi. Soha xodimlariga esa, qonuniy jihatdan ham 
barcha shart-sharoitlar yaratib berilgani quvonarli albatta. Endi, har tomonlama yetuk 
asarlar orqali xalqimizga xizmat qilish har bir ovoz rejissorining oliy saodatli 
vazifasidir. Davlatimiz rahbari va maʼsullar tomonidan qaratilayotgan yuksak eʼtibor 
va etirofga munosib boʻlib, Yangi Oʻzbekistonning ovoz rejissurasi sohasini yanada 
rivojlantirib, dunyo standartlariga javob beradigan media mahsulotlarini yaratish 
davri keldi deb, baralla aytgimiz keladi. Kinomatografiya rivojida ovoz rejissorlari 
qoʻldan kelguncha xalqimizga astoyidil xizmat qilamiz. 
Ushbi ilmiy maqolani yozishda koʻplab adabiyotlarni va sohaga doir qabul 
qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlarni o’rganish natijasida quyidagi takliflarni bildirib 
oʻtmoqchiman: 
– Oʻzbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “Texnogen san’at (kino, 
televideniya va radio ovoz rejissorligi)” ta’lim yoʻnalishi qabul kvotasini 100 foizga 
oshirish; 
– Madaniyat markazlarida ovoz rejissorligi shtatida faoliyat olib borayotgan 
mutaxassislarni malakasini oshirish; 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 1 / March 2022
ISSN 2181-063X
271
http://oac.dsmi-qf.uz


– Oʻzbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “Texnogen san’at (kino, 
televideniya va radio ovoz rejissorligi)” ta’lim yoʻnalishida tahsil olayotgan 
talabalarni xorijiy madaniyat va san’at oliygohlariga tajriba almashish maqsadida 
doimiy ravishda joʻnatish; 
– Oʻzbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Fargʻona mintaqaviy filialida 
“Texnogen san’at (kino, televideniya va radio ovoz rejissorligi)” ta’lim yoʻnalishini 
ochish; 
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev: “Bir haqiqatni hech qachon unutmaylik: biz 
buyuk tarix, buyuk davlat, buyuk madaniyat yaratgan xalqmiz. Biz - hech qachon 
mehnatdan qochmaydigan, qiyinchilikdan qo‘rqmaydigan, adolatni qadrlaydigan, 
azmu shijoatli, buyuk xalqmiz. Barchamiz bir tanu bir jon bo‘lib, yakdil va ahil bo‘lib 
harakat qilsak, halol-pok bo‘lib, yaxshi niyat bilan mehnat qilsak, har qanday 
marralarni egallashga, boshqacha aytganda, tariximizning yangi sahifasini yaratishga 
qodir xalqmiz”- deya ta’kidlab oʻtgani kabi Yangi Oʻzbekistoning ovoz rejissorligi 
sohasida ham albatta, yang tarix sahifalarini yaratamiz. Shunday ekan, buyuk 
madaniyat yaratgan xalq sifatida ajmu shijoatimizni, tariximizning soha taraqqiyotiga 
baxshida etamiz. 

Download 91.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling