Ovqat hazm qilish tizimining yosh xususiyatlari. Ovqatlanish gigiyеnasi Rеja


Sportchining ovqatlanish tartibi (rejimi)


Download 309.6 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/21
Sana09.02.2023
Hajmi309.6 Kb.
#1181495
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
Bog'liq
3-mavzu boyicha Referat

Sportchining ovqatlanish tartibi (rejimi). 
Sportchi bir kunda 4 marta ovqatlanishi kerak. 
Ovqatning kunlik kalloriyasi quyidagicha taqsimlanishi tav-siya etiladi: 
- birinchi nonushta – kunlik ovqat kalloriyasining 25 foizi; 
- ikkinchi nonushta – kunlik ovqat kalloriyasining 10 foizi; 
- tushlik – kunlik ovqat kalloriyasining 45 foizi; 
- kechki ovqat – kunlik ovqat kalloriyasining 20-25 foizi. 
Sportchining ovqatlanish rejimini tashkil etishda quyidagi masalalarga e`tibor berish lozim: 
1. Sharoit o`zgarishiga ko`ra ikkinchi nonushta o`rniga soat 16-17 larda (tushlik va kechki 
ovqat o`rtasida) ikkinchi tushlik (poldnik) berilishi mumkin. 
2. Ovqat rejimida ko`rsatilgan vaqt doimiy bo`lishi kerak. Bu ishtahaning yaxshi bo`lishini, 
ovqatning yaxshi hazm bo`lishini ta`minlaydi. 
3. Ovqat iste`mol qilgandan keyin sport mashg`ulotlari o`tkazguncha orada 1,5-2 soat 
bo`lishi kerak. 
4. Og`ir jismoniy mashg`ulotdan keyin 20-30 minut dam olib, so`ngra ovqatlanishi lozim. 
5. Muhim ahamiyatga ega bo`lgan musobaqalarda kuniga 5 marta ovqatlanish tavsiya etiladi. 
6. Uzoq masofalarga sportcha yurish, marafon yugurish, chang`i sportlarida marshrut yo`lida 
ovqatlanish shaxobchalari tashkil etiladi. Masalan: 
- marafon yugurish-50 km.ga ovqatlanish shaxobchalari 16,26,32 km.da tashkil etiladi
- sportcha yurishda ovqatlanish punkti 42, 45 km.da; 
- chang`i bilan yugurish 50 km.ga ovqatlanish punkti 20, 30, 45 km.da tashkil etiladi; 
- uzoq masofaga suzishda sportchi maxsus qayiqda kuzatib boriladi va ovqat mahsulotlari 
shu qayiqdan beriladi
- velosiped poygasida ham ovqatlanish shaxobchalari tashkil etiladi. 
Ovqat sifati. Ovqat moddalari tarkibiga oqsillar, yog`lar, uglevodlar, minerallar, tuzlar, suv 
va vitaminlar kiradi. Shulardan oldingi uch-tasi organizmda parchalanib, energiya hosil qiladi: 
keyingi uchtasi esa energiya hosil qilmaydi, lekin moddalar almashinuvi va orga-nizmdagi 
boshqa hayotiy jarayonlar normal o`tishida muhim rol o`ynaydi. Bu moddalarning har biri o`ziga 
xos fiziologik xossalarga ega. Shuning uchun ularning moddalar almashinuvi jarayonidagi 
ahamiyati bilan alohida tanishamiz. 

Download 309.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling