Ovqat hazm qilish tizimining yosh xususiyatlari. Ovqatlanish gigiyеnasi Rеja


Sportchi ovqati ratsionining kalloriyasini nazorat qilish


Download 309.6 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/21
Sana09.02.2023
Hajmi309.6 Kb.
#1181495
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21
Bog'liq
3-mavzu boyicha Referat

Sportchi ovqati ratsionining kalloriyasini nazorat qilish. 
Ovqat kalloriyasi kunlik energiya sarfini to`liq qoplashi kerak. Agar ovqat miqdori energiya 
sarfiga nisbatan kam bo`lsa, energiya balansi manfiy hisoblanadi. Agar bu holat bir necha kun, 
hafta davom etsa sportchi ozadi. 
Ovqat miqdori (kalloriyasi) bilan organizmning energiya sarfi mosligini nazorat qilishning 
oddiy usuli tana vaznini tarozida muntazam ravishda aniqlashdan iborat. 
Tana vaznining bir xilda saqlanishi ovqatlanish, ya`ni ovqat miqdori me`yorida ekanini 
ko`rsatadi. 
Muskullar rivojlanishi unchalik sezilarli bo`lmagan holda, teri osti yog` to`qimasining 
qalinlashuvi tufayli tana vaznining me`yoriga nisbatan ortib borishi, ovqat miqdori ko`pligini 
energiya sarfi esa kamligini ko`rsatadi. 
Aksincha, kasallik belgilari sezilmagan holda, tana vaznining asta-sekin kamayishi, ovqat 
miqdori yetishmasligini, yoki iste`mol qilingan ovqat miqdori organizmning energiya sarfini 
qoplama-yotganini ko`rsatadi. 
Shuni ham e`tiborga olish lozimki, trenirovkani endigina boshlagan yosh sportchida keraksiz 
harakatlarni bajarishi, ortiqcha energiya sarflashi, teri osti yog` qatlamining kamayishi hamda 
ko`p terlashi natijasida suv yo`qotishi tufayli tana vazni bir necha kun va hafta davomida 3 
kg.gacha kamayishi mumkin. 
Sportchining chiniqishi oshgan sari, trenirovka mashg`ulot-larida uning harakatlari tartibli 
me`yorida bo`ladi, keraksiz harakatlarni qilmaydi, shu bois uning tana vazni doimiylashadi yoki 
muskullarining yaxshi rivojlanishi hisobiga, tana vazni ma`lum darajada ko`payishi mumkin. 
Sportchi yaxshi natijaga tezroq erishish maqsadida trenirovka mashg`ulotlarini, kun tartibiga 
rioya qilmagan holda, bajarish tufayli unda zo`riqib shug`ullanish holati vujudga kelsa, tana 
vazni bir necha kun, hafta davomida 2-5 kg.ga kamayishi mumkin. (S. P. Letunov, N. D. 
Grayevskaya). 
Tana vazni normasini aniqlashda vazn-bo`y uzunligi ko`rsat-gichi hisoblangan Brok indeksi 
keng qo`llanadi. Ushbu indeks bo`yicha bo`y uzunligi 155-165 sm bo`lsa 100 raqam olinadi
qolgan raqam shu odamning tana vazni normasini ko`rsatadi. Bo`y uzunligi 165-175 sm bo`lsa-
105 raqam olinadi, bo`y uzunligi 175-185 sm bo`lsa - 110 raqam olinadi. Qolgan raqam tana 
vazni normada qancha bo`lishini ko`rsatadi. 
Yosh 25 gacha bo`lgan odamlarda tana vazni, yuqoridagi Brok indeksi bo`yicha aniqlangan 
me`yordan kam bo`lsa, jismoniy rivojlanish past hisoblanadi. Yoshi 35-40 dan katta bo`lgan 
odamlarda tana vazni Brok indeksi ko`rsatgichi bilan aniqlangan me`yordan ko`p bo`lsa 


semirish, ya`ni muddatidan oldin keksayish belgisi hisoblanadi (M. S. Markash, G. Sherman va 
boshqalar). 
Ovqat kalloriyasini yuqorida ko`rsatilgan tana vazni bo`yicha nazorat qilish va baholash usuli 
sportchining o`zini-o`zi nazorat qilishi uchun qulay hisoblanadi. Ammo ovqat kalloriyasi bilan 
sportchi organizmi sarflagan energiya miqdorining bir-biriga mosligini nazorat qilish va 
baholashda bir kecha-kunduzda iste`mol qilingan ovqat ratsionining kalloriyasini aniqlash to`g`ri 
va aniq natija beradi. 
Buning uchun ovqat ratsionida ko`rsatilgan mahsulotlar miqdorini aniqlab, maxsus jadval 
yordamida ulardagi oqsil, yog`, uglevodlar hamda kalloriya miqdori aniqlanadi. Shuningdek
maxsus jadval yordamida mazkur sportchining kecha-kunduzdagi energiya sarfi kkal.si miqdori 
aniqlanadi. Ovqat kalloriyasi miqdori (kkal ko`rsatgichida) va sarflangan energiya miqdori (kkal 
ko`rsat-gichida) bir-biriga taqqoslanib qabul qilingan va sarflangan kkal. ning mosligi 
baholanadi.

Download 309.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling