Ovqat ratsionini tuzish


Download 1.01 Mb.
bet2/7
Sana23.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1112829
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-amaliy

( A) (B)
7-rasm. A) 1-3 yoshli bolalarning, B) 3-6 yoshli bolalarning bog‘chada ovqatlanishi.
Bolalar 3-6 yoshga yetib kelganida ular ovqatidagi asosiy oziq moddalarining (oqsillar, yog‘lar, uglevodlar) miqdori jihatidan taqsimlanishi katta odamlarnikidek, ya’ni 1:1:4 bo‘lishi lozim. Ular ovqatida xilma – xillik bo‘lishi, turli xil go‘sht va go‘sht mahsulotlariga, sut va sut mahsulotlariga, sabzavot (sabzi, karam, lavlagi, pamidor, bodring, qovun, tarvuz, oshqovoq va boshqalar) va meva – chevalarga yetarli o‘rin bo‘lishi kerak. Ularning kunlik ovqatiga mo‘ljallangan shakarni iloji boricha asalga yoki mayizga almashtirgan ma’qul. Bu mahsulotlar tarkibidagi shirinlik shu yoshdagi bolalar uchun nihoyatda foydali bo‘lgan fruktoza, glyukoza ko‘rinishida bo‘ladi.
Bog‘cha yoshidagi bolalar kuniga taxminan 500 g sut, qatiq iste’mol qilishlari kerak, bu ular vujudini to‘la qiymatli oqsillar bilan ta’minlashda muhim. Bunday bolalar uchun oz miqdordagi sarimsoq, piyoz ancha foydali, lekin ularning kunlik ovqatidan kofe, achchiq choy, gorchisa, sirka kabi o‘tkir va achchiq tamli moddalar olib tashlangani ma’qul. 3–5 yoshli bolalar uchun bir kunda iste’mol qilinadigan ovqatning umumiy miqdori 1700-1800 g, 5–6 yoshli bolalar uchun esa 1900–2100 g bo‘lishi tavsiya qilinadi.
Bog‘cha yoshidagi bolalarning ovqatlanishida shu narsaga e’tibor berish kerakki, ular asosiy ovqatlar oralig‘ida biror narsa yeb qo‘ymasligi kerak. Bunday bolalar shirinliklarga juda och bo‘lishadi. Ovqatlanguncha shulardan oz bo‘lsada, tamaddi qilgan bolada asosiy ovqatga ishtaha yo‘qoladi, chunki me’daga tushgan konfet yoki shokolod tegishli me’da shirasini ajratib, bu yerda ovqat hazm bo‘lish jarayonining “qizg‘in” vaqtini o‘tkazib yuboradi, tanaga so‘rilgan shirinlik bilan ishtaha “aldanadi”.
Bunday holni katta odamlarda ham ko‘rish mumkin, ularda ishtahani “o‘ldirish” yoki “jilovlash” uchun ovqatdan oldin bir oz shirinlik iste’mol qilish, salat yeyish, sharbat ichish va 15–20 daqiqa sabr yetish kifoya qiladi. Bolada ishtaha bo‘lmaganida uni majburlab ovqatlanishga undash kerak yemas, chunki xohish bo‘lmaganda yeyilgan ovqat yomon hazm bo‘ladi.
Buning asosiy sababi me’da va ichaklarda tegishli fermentlarga ega bo‘lgan hazm shiralarining zarur miqdorda ajratilmasligidadir. Natijada yeyilgan taom belgilangan vaqt ichida tegishli qismdarga parchalanmaydi va ichak devorlaridan qonga so‘rilmaydi. Bunday paytlarda bolani o‘z holiga qo‘yish kerak, bir marta o‘z vaqtida ovqat yemasa ham bo‘laveradi. Turli xil o‘yinlar natijasida och qolgandan keyin o‘zi ovqatlanadi.
Bog‘cha yoshdagi bolalarning oziq–ovqat mahsulotlari bilan qanday ta’minlanayotganligi yoki to‘g‘ri ovqatlanib me’yoriy o‘sib borilayotganligini ularning yoshiga qarab, bo‘y uzunligi va tana vaznini o‘lchash yo‘li bilan ham bilsa bo‘ladi. Buning uchun maxsus jadvallar tuzib chiqilgan bolada tegishli ko‘rsatkichlar shu raqamlardan yuqori yoki past bo‘lsa, uning rivojlanishida ma’lum nuqsonlar borligi haqida xulosa chiqariladi va bunday paytlari tegishli mutaxassislarga murojaat qilish lozim.
O‘quvchi yoshlar vujudi, bir tomondan, jadal o‘sish va rivojlanish bilan ifodalansa, ikkinchi tomondan, o‘qish va jismoniy tarbiya hamda sport bilan shug‘ullanish tufayli beriladigan ruhiy – hissiy va jismoniy yuklamalar ular organizmidagi ko‘pgina fiziologik va biokimyoviy jarayonlarga faol ta’sir ko‘rsatadi. Bularning barchasi o‘quvchining qanday va qancha ovqatlanishi bilan chambarchas bog‘liq. Agar ovqatlanish oqilona bo‘lsa, bu yoshdagi bolalarning o‘sib – ulg‘ayishi, aqliy va jismoniy kamolotiga yetishi, fanlarni o‘zlashtirishi, har xil yuqumli kasalliklarga, noqulay muhit omillariga chidamliligi yuqori bo‘ladi. Shuning uchun ularning ovqatlanishiga ota–onalar, maktab jamoatchiligi va qolaversa, davlat tashkilotlari yetarli e’tibor berishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma’lumki, o‘quvchilar yoshlari nuqtai nazaridan guruhlarga bo‘linadi, ya’ni kichik maktab yoshi 6–10 yoshlilar, o‘rta maktab yoshi 11–13 yoshlilar va katta maktab yoshi 14–17 yoshlilar. Quyida shu guruhlar uchun alohida–alohida asosiy oziq moddalariga bo‘lgan o‘rtacha talab va umumiy quvvat sarfi me’yorlarini keltirimiz.
Iste’mol qilinadigan asosiy oziq moddalarining (oqsillar, yoqlar, uglevodlar) yenergetik qiymat nisbati 14:31:55, miqdor nisbati yesa 1:1:4 ko‘rinishida bo‘lishi tavsiya qilinadi. Agar 6 yoshli bolalarda tavsiya qilinadigan oqsillarning 65% ini hayvon oqsili tashkil qilishi lozim bo‘lsa, bu ko‘rsatkich maktab yoshidagilar 60% ga tushiriladi, Chunki birinchi sinf o‘quvchilarida tana a’zolarining shakllanishi va o‘sishi ancha tez bo‘ladi, shuning uchun ularga to‘la qiymatli oqsillar birmuncha ko‘proq kerak.
O‘quvchilar iste’mol qilinadigan oson hazm bo‘ladigan shakar, konfet, shokolad kabilar ko‘pi bilan, umumiy uglevodlar miqdorining 20% dan oshmasligi kerak, aks holda bunday uglevodlar tanada yog‘qa aylanib, semirish alomatlari va u bilan bog‘liq asoratlar yuzaga keladi.





Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling