8-Rasm. Maktab o‘quvchilarining tushligi
O‘quvchi yoshlar ovqatlanishida vitaminlar va mineral moddalarga ham alohida e’tibor berish kerak. Chunki yosh vujudning o‘sishi, ulg‘ayishi va har tomonlama to‘liq shakllanishi uchun ular juda zarur ( 12-jadval).
9- jadval
O‘quvchilarning asosiy oziq moddalariga
bo‘lgan bir kecha – kunduzlik
talab va umumiy quvvat sarfi (Sh. Qurbonov bo‘yicha, 2009)
Yosh (yillar)
|
Sarflanadigan umumiy quvvat, kkal
|
Oqsillar, g
|
Yog‘lar, g
|
Uglevodlar
|
Jami
|
shundan hayvon oqsili
|
jami
|
shundan hayvon yog‘i
|
6
|
2000
|
66
|
43
|
67
|
13
|
285
|
7 – 10
|
2350
|
77
|
46
|
79
|
16
|
335
|
11–13 (o‘g‘.bol)
|
2750
|
90
|
54
|
92
|
18
|
390
|
11–13 (qizlar)
|
2500
|
82
|
49
|
84
|
17
|
355
|
14–17 (o‘g‘. bol)
|
3000
|
98
|
59
|
100
|
80
|
425
|
14–17 (qizlar)
|
2500
|
82
|
49
|
84
|
17
|
355
|
Ishning bajarilishi. Ovqat ratsioni odamning yoshiga, jinsiga, kasbiga, ish sharoitiga, tashqi muhitga qarab belgilanishi kerak. Is’temol qilinayotgan ovqat organizm sarflaydigan energiyani qoplashi va hujayrani tiklashda yetishmayotgan moddalar o‘rnini to‘ldirish lozim.
1 – bosqich. Ovqat ratsionini tuzishda quyidagi
talablar amalga oshiriladi
1. Kunlik ovqat ratsioni organizm uchun zarur bo‘lgan to‘yimli moddalar (oqsillar, yog‘lar, karbonsuvlar, vitaminlar, mineral moddalar va suv)ga boy bo‘lishi.
2. Ovqat tarkibini 2/3 qismi o‘simlik, 1/3 qismini hayvonot dunyosi mahsulotlari egallashi kerak.
3. Ovqat tarkibini tashkil yetuvchi mahsulotlar organizm uchun kerakli bo‘lgan kaloriyani ta’minlab berishi.
4. Is’temol qilinayotgan ovqat hajmiga organizm qoniqishi talab etiladi.
5. Is’temol qilishda oqsilli, yog‘li tarkibga ega bo‘lgan ovqatni kunduzgi, o‘zida karbonsuvli, sutli va o‘simlik mahsulotlarini egallagan ovqatlarni kechqurun yeyilishiga rioya yetish.
2 – bosqich. Kunlik ovqatlanish tartibini tuzish
Bir sutka mobaynida 4 mahal: ertalab (soat 730), nonushta (soat 1030), tushlik (soat 1200-1300), kechqurun (1800-1900) etib belgilanishi lozim ekanligini inobatga olish kerak. Kun davomida is’temol qilinadigan ovqatning taqsimlanishi 25% ertalab, 15% nonushtada, 45% tushlikda va 15% kechqurun tashkil etilishiga qatiy rioya qilinmog‘i zarur.
3 – bosqich: Turli kasbda ishlaydigan kishilarning sarflaydigan energiyasi miqdorini bilish o‘sha kishilar uchun ovqat normalarini aniqlashga imkon beradi. Kasbga qarab sarflanadigan energiya miqdori uchun odamlarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin.
10-jadval
Guruh
|
Kasb egalari
|
Kunlik sarflaydigan energiya
|
I
|
Olimlar, o‘qituvchilar, vrachlar, injinerlar, idora ishchilari, uy bekalari.
|
2600 – 3800
|
II
|
Tokarlar, ximiklar, to‘qimachilar, yengil mashina haydovchilar, traktorchilar, mexaniklar.
|
3000 – 3500
|
III
|
Sleserlar, vodoprovodchilar, pech yoquvchilar, temirchilar, dehqonlar, chorvadorlar.
|
3500 – 4000
|
IV
|
Yuk tashuvchilar, o‘rmonchilar, yer qazuvchilar, konchilar.
|
4500 – 5000
|
Do'stlaringiz bilan baham: |