Ovqat resepti


Fanning o’quv rejadagi fanlar bilan alaqasi


Download 0.95 Mb.
bet6/104
Sana04.04.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1324488
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104
Bog'liq
f17c5dc6cfc54c35d02030b2b706cfef «DASTURIY INJENERING” FANINING O’QUV – USLUBIY MAJMUA (Moddle tizimi asosida)

Fanning o’quv rejadagi fanlar bilan alaqasi

«Dasturiy injenering» fani Programmalar yaratish texnologiyalari bilan bog’liq bu fan asosiy ixtisoslik fanlardan biri bo’lib, u “Programmalash tillari, tizimlari”, “Dasturalash nazariyasi”, “Translyasiya va ishlov berish nazariyasi”, ”Diskret matematika”, “Parallel algoritmlar”, «Informatika va programmalashning yuqori bosqichli usullari», “Berilganlar bazasi”, “Amaliy programmalar paketlari”, “Programmalarning tuzilishi nazariyasi”, “Tzimli tahlil”, “Tarmoq texnologiyalari”, “Amaliy va tizimli programmalash” va boshqa fanlar bilan bog’liq. Magistratura talabasi ulardan yetarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishligi talab etiladi, bu fanlar o’rganishda asos bo’lib hizmat qiladi. Shu bilan birgalikda ushbu fan operasion tizimlar va programmalash bilan bevosita bog’langan tanlov fanlarini o’zlashtirish uchun nazariy asos hisoblanadi.

4

El. pochta va boshqa elektron vositalar orqali aloqa tartibi

O’qituvchi va talaba o’rtasidagi aloqa elektron pochta orqali ham amalga oshirilishi mumkin. Elektron pochtani ochish vaqti soat 15.00 dan 18.00 gacha. Baholash masalasi elektron pochta yoki telefon orqali muhokama qilinmaydi. Baholash faqat universitet hududida, belgilangan xona va belgilangan vaqtda hamda dars davomida (JN) amalga oshiriladi.

5

Talaba uchun asosiy talablar

- Universitet ichki tartib-qoidalariga va kiyinish madaniyatiga rioya qilish;
- Darslarga kechikib kelmaslik va sababsiz qoldirmaslik, qoldirilgan darslarni muddatida qayta o’zlashtirish;
-Uyali telefonni dars va nazoratlar paytida o’chirib qo’yish ;
-Darslarga tayyorlanib kelish va faol ishtirok etish;
-Ma’ruza, amaliy mashg’ulot, mustaqil ish va uy vazifasi uchun alohida daftar tutish va talab darajasida yuritish;
- Berilgan uy vazifasi, mustaqil ish va boshqa topshiriqlarni o’z vaqtida sifatli bajarish;
-Nazoratlarga puxta tayyorgarlik ko’rib kelish va yetarli ball to’plamagan holda takroriy nazoratlarni belgilangan muddatlarda topshirish;
-Nazorat paytlarida ko’chirmachilik (plagiat) qilmaslik va ushbu holat ro’y berganda nazoratdan chetlashtirilishini e’tiborda tutish;
- Qo’yilgan balga e’tirozi bo’lsa, ball e’lon qilingandan keyin bir kun mobaynida o’qituvchi, kafedra mudiri yoki dekanga (yakuniy nazoratlar bo’yicha apelyasiya komissiyasiga) murojaat qilish;
- Dars paytida va undan tashqarida o’qituvchi va boshqalarga nisbatan odob-axloq doirasida hurmat bilan munosabatda bo’lish.


Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling