7-mavzu. Visual Studio programmalash muhiti va Visual C#
MICROSOFT VISUAL STUDIO. Ushbu integrallashgan muhitning shu vaqtga qadar bir qancha versiyalari taqdim etilgan. Quyida ular bilan tanishib chiqamiz.
Microsoft Visual Studio – Microsoft mahsuloti bo’lib, dasturiy ta’minot yaratish uchun integrallashgan muhitni va boshqa instrumentlar qatorini taqdim etadi. Ushbu mahsulot konsolli ilovalar, grafik intefeys bilan ishlovchi ilovalar yaratish imkoniyatini beradi, Windows Forms texnologiyasi qo’llagan holda web-saytlar, web-ilovalar, web-xizmatlar, turli xil platformalar kodlarini boshqaruvchi Windows, Windows Mobile, Windows CE, .NET Framework, Xbox, Windows Phone, .NET Compact Framework va Silverlightlarni qo’llaydi.
Tipi – Integrallash ishlab chiqaruvchi muhit
Ishlab chiqaruvchi – Microsoft
Dasturlash tillari – C++ va C#
Operatsion tizim – Windows
Interfeys tili – xitoy, ingliz, fransuz, portugal, nemis, italyan, yapon, koreys, ispan , rus tillari
Oxirgi versiya – Visual Studio 2015 (20-iyul 2015-yil)
Litsenziya – foydalanuvchi bilan kelishuvi asosida
Sayt – www.visualstudio.com
Komponentlari. Visual Studio quyidagi bitta yoki bir qancha komponentlarni qo’llaydi:
Visual Basic .NET – u Visual Basic asosida paydo bo’lgan
Visual C++
Visual C#
Visual F# (Bu Visual Studio 2010 dan boshlab ishlatiladi)
Boshqa variantlarni quyidagilarni yoqish orqali yetkazib berish mumkin:
Microsoft SQL Server yoki Microsoft SQL Server Express
Visual Studioning oldingi tarkibiga ham mahsulotlar kiritilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |