Ovqat xazm qilish, ayruv tizimlarining esh xususiyatlari va gigienasi. Salomatlik haqida tushuncha
Organizmda moddalar va energiya almashinuvi
Download 91.63 Kb.
|
7-mavzu Ovqat hazm qilish a\'zolari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oqsillar almashinuvi
Organizmda moddalar va energiya almashinuvi. Odam tashqi muxitdan ovqat qabul qilish, organizmda uni o`zgarishi, hazm qilinishi, hosil bo`lgan qoldiq moddalarning tashqariga chiqarilishi moddalar almashinuvi deyiladi. Moddalar almashinuvi natijasida energiya hosil bo`ladi. Bu energiya hisobiga organlar ish bajaradi, hujayralar ko`payadi, yosh organizm o`sadi va rivojlanadi, tana haroratining doimiyligi ta'minlanadi. Moddalar almashinuvi bir-biriga chambarchas bog`liq bo`lgan ikki jarayon, ya'ni assimilyatsiya va dissimilyatsiya orqali o`tadi. Ovqat moddalari tarkibiy qismlarining hujayralarga o`tishi assimilyatsiya deyiladi. Assimilyatsiya natijasida hujayralarning tarkibiy qismlari yangilanadi, ular ko`payadi. Organizm qancha yosh bo`lsa, unda assimilyatsiya shuncha aktiv o`tadi, bu esa yosh organizmning o`sishi va rivojlanishini ta'minlaydi .
Hujayralar eskirgan tarkibiy qismlarining parchalanishi dissimilyatsiya deyiladi. Buning natijasida energiya hosil bo`ladi. Dissimilyatsiya natijasida hosil bo`lgan qoldiq moddalar ayirish organlari orqali tashqariga chiqariladi. Keksa odamlar organizmida dissimilyatsiya jarayoni ustun bo`ladi. Sog`lom organizmda bu ikkala jarayon muvozanatda bo`ladi. Jismoniy mehnat, sport, aktiv turmush odam tanasidagi to`qimalarning yangilanishi, organizmning yosh, sog`lom va tetik saqlanishiga olib keladi. Moddalar almashinuvida ishtirok etadigan asosiy oziq moddalar-oqsillar; yog``lar, uglevodlar, mineral tuzlar, vitaminlar va suv hisoblanadi. Oqsillar almashinuvi. Oqsillar, ya'ni proteinlar odam organizmining sog`lom, normal o`sishi, sog`ligi va rivojlanishida muhim rol o`ynaydi. Ular organizmda ikki xil fiziologik vazifani bajaradi, ya'ni plastik va energetik. Oqsillarning plastik ahamiyati shunday iboratki, ular barcha hujayra va to`qimalarning tarkibiy qismiga kiradi. Oqsillarning energetik vazifasi esa, ular parchalanganda energiya hosil bo`ladi, masalan, 1g oqsil parchalanganda 4,1 kkal. energiya ajratadi. Bu energiya odam tanasini haroratini birday saqlash, ichki organlarni normal ishlashi, odamning harakatlanishi va boshqa ishlarni bajarish uchun sarflanadi. Katta yoshli odam yengil ish qilganda 1 sutkalik oqsil normasi 1-1,5g (har 1kg vazn hisobiga), 1-3 yoshda 4-4,5g, 3-7 yoshda 3,-3,5g 7-11 yoshda 3g, 11-14 yoshda 2,5g bo'ladi. Oqsillar molekulasidagi aminokislotalar soniga qarab oqsillar sifatli va sifatsiz turlarga bo`linadi. Tarkibida organizm uchun barcha aminokislotalarni o`zida to`plagan oqsillarga sifatli oqsillar deyiladi. Ular hayvon mashg`ulotlarida (go`sht, baliq, ikra, sut va sut mahsulotlarida) bo`ladi. Tarkibida ba'zi aminokislotalari bo`lmagan oqsillar sifatsiz oqsillar deyiladi. Ular non, non mahsulotlarida bo`ladi. Bolalar organizmini normal o`sishi va rivojlanishi uchun kundalik ovqat tarkibida sifatli oqsillar 80-90% tashkil etishi kerak. Bolalar ovqati tarkibida sifatli oqsillarning kam bo`lishi o`sish va rivojlanishni sekinlashtiradi, yuqumli kasalliklarga chidamlilik xususiyati pasayadi, nerv sistemasining quzg`aluvchanligi, aqliy faoliyat susayadi. Oqsillar ortiqcha bo`lsa nerv sistemasi, jigar va buyraklar faoliyati buziladi . Download 91.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling