O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
PROFESSIONAL TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH
INSTITUTI
O‘RTA PROFESSIONAL TA’LIMNING
41010501- UMUMIY OVQATLANISH XIZMATLARINI TASHKIL ETISH
MEHMONXONADA “ FOOD AND BYEVERAGE” BO‘LIMIDA XIZMAT KO‘RSATISHNI
TASHKIL ETISH FANIDAN O‘QUV DASTURI
Kvalifikatsiya nomi:
|
2.Restoran administratori
(xostess,metrdotel).
|
O‘quv rejadagi tartib raqami:
|
2.2.2.
|
Ajratilgan soat:
|
52
|
Toshkent 2023
O‘quv dasturi Professional ta’limni rivojlantirish instituti Xizmatlar sohasi yo‘nalishlari bo‘yicha O‘quv metodik birlashmasining 2023 yil “9”avgustdagi 8 -sonli majlis bayoni bilan ma’qullangan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi kengashining 2023-yil 25-avgustdagi 5-son yig‘ilishida ma’qullangan va Vazirlikning 2023-yil 29 -avgustdagi 438-son buyrug‘i bilan TASDIQLANDI VA JORIY ETILDI.
Tuzuvchilar:
|
Saitov Bekzod
Abdullayeva Muazzam
|
Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti
texnikumi ishlab chiqarish ta’limi ustasi.
Toshkent turizm va biznes kolleji ishlab
chiqarish ta’limi bo’yicha direktor o’rinbosari
|
O‘quv dastur umumiy talablari
Dastur nomi
|
Mehmonxonada “ Food & Byeverage” bo‘limida xizmat ko‘rsatishni tashkil
etish
|
Ajratilgan soat
|
52
|
Mavzular soni
|
8
|
Dasturning maqsadi
|
Mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalarida “ Food & Byeverage”xizmati ishini tashkil etish, bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish. Mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalari “Food & Byeverage”xizmatining asosiy texnologik xujjatlari bilan ishlash ko‘nikmalarini
hosil qilish.
|
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
|
-Ovqatlanish korxonalarining tasniflanishi. yong‘in xavfsizligi talablari;
-sanitariya va gigiyena talablari; umumiy ovqatlanish xizmati xodimlarining shaxsiy gigiyenasi;
-umumiy ovqatlanish xizmati xodimlarining malaka xususiyatlariga qo‘yiladigan talablar; xizmat xavfsizligi talablari;
-dasturxon, maishiy texnika, stol choyshablarni xizmatga tayyorlash texnikasi; asboblarni, idishlarni uzatish texnikasi va usullari; dasturxon tuzishning umumiy qoidalari va texnikasi;
oziq-ovqat va ichimliklarni tortiq etish qoidalari.
-taomnoma tuzish asoslari, taomnoma asosida stolni bezatish, ofitsiantlarning to‘liq va qisman xizmati bilan o‘tkaziladigan banketlarni tashkil qilish, mehmonxona va restoranlarga kompleks xizmat ko‘rsatish;
zamonaviy xizmat turlari va ovqatlanishni tashkil etish shakllarini, bar ishlarini
tashkil etish.
|
Bilimlar
|
Ovqatlanish korxonalarining ish faoliyatlari bilan tanishish;
Ish joyida texnika xavfsizligi va yong‘inni oldini olish;
Mehmonxonada «Food & Byeverage» - «Ovqat va ichimliklar» bo‘limining xizmat faoliyati va restoran ishi;
Restoran zallarida ishlashga tayyorgarlik ko‘rish jarayonlari;
Restoranlarda ofitsiantlaring tavsifi va ofitsiantlarning ish joylariga talablar;
Restoranda mijozlar bilan hisob-kitob qilish.
|
Ko‘nikmalar
|
-Restoran dasturxonlari va restoran salfetkalari bilan ishlash va salfetkalarni taxlash texnikasi;
Restoranda idish-tovoqlar va shisha idishlar bilan ishlash;
Taomnoma(Menyu) va uni ishlab chiqish tartibi ;
Restoran zalida mehmonlarga xizmat qilish;
Tantanalarda xizmat qilish tartiblari bilan tanishish ;
Ichichmliklar va ichimliklarni preyskurant turlari hamda xarakteristikasi bilan tanishish ;
Ichimliklarni tayyorlash texnikalari bilan tanishish. Koqteyllar tayyorlashni
o‘rganish;
Restoran va barlarda umumiy tozalash.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |