Ovqatlanish


Unning gigiyenik ko’rsatkichlari


Download 1.07 Mb.
bet63/100
Sana08.01.2022
Hajmi1.07 Mb.
#238355
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   100
Bog'liq
Ovqatlanish gigiyenasi

Unning gigiyenik ko’rsatkichlari

Organoleptik xossalari. Yaxshi sifatli un organoleptik xossalari-ga ko’ra iylab qaralganda qo’lda quruq bo’lib turishi, kesak-kesak bo’lmasligi kerak. Qo’lga olib siqimlanganidan keyin kaftni yozgan-da u to’kilib turishi lozim. Unning rangi odatda naviga xos bo’ladi. Un rangi tarkibidagi kepak hamda donning uglevodli qismiga bog’-liqdir. Unda kepak nechog’lik kam bo’lsa, bunday un shunchalik oq bo’ladi. Serkepak javdar unining rangi kepak zarralari aralash kul-rangnamo oqdir. Serkepak bug’doy uni sal sarg’ish yoki kulrangna-mo tus aralash oq rangda bo’ladi (sariq mag’iz un). Oliy navdagi unlar uchun malla tus aralash oq rang xarakterlidir. Unning rangi kunduzgi yorug’likda aniqlanadi. Bu maqsadda un yaxshi yorug’ tushib turgan tekis yuzaga yupqa qatlam qilib sepib chiqiladi va stan-dart etalon bilan solishtirib ko’riladi.

67

Unda mog’or hidi, dimiqqan yog’, boshqacha yot hidlar bo’l-masligi kerak. Hidi beg’ubor, dimoqqa yoqadigan bo’lishi lozim. Unni nafasga tutib ilitilganida, issiq suv bilan namlanganida hidi aniqroq bilinadi. Yaxshi sifatli yangi un taxir, nordon yoki boshqacha yog’ ta'mlaridan holi, shirinroq mazali bo’ladi. Donga yavshan aralashgan bo’lsa, un mazasi taxir bo’lib qolishi mumkin. Unning tish orasida g’irchillaydigan bo’hshiga yo’l qo’yilmaydi.




Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling