Namlik miqdorini aniqlash
Jihozlar va idishlar: go’shtqiymalagich; ichiga qum va shisha tayoqcha solingan maxsus shisha idish (byuksa); quritkich shkaf; kimyoviy texnik tarozi va toshlari; eksikator (sovitkich).
Aniqlash yo’li. Byuksa 130—140 °C da 30 minut davomida qurit-kich shkafda quritiladi, eksikatorda sovitiladi va kimyoviy texnik tarozida tortiladi. So’ngra go’shtqiymalagichdan o’tkazib maydalan-gan qiymadan 3—5 g atrofida olingan tortim byuksaga solinadi va shisha tayoqcha yordamida qum bilan aralashtiriladi. Byuksa ichida-gi tortimi, qumi va tayoqchasi bilan ochiq holda quritkich shkafga qo’yiladi va 150° C da 20 minut davomida quritiladi. Quritib bo’l-
46
gandan keyin byuksa yopiladi, eksikatorda sovitiladi va tortiladi. Nam miqdori quyidagi fbrmulaga muvofiq hisoblab chiqiladi:
l:x = ^-100,
e
bu yerda: x — nam miqdori (% hisobida); a — byuksaning quritish-gacha og’irligi, g; b - byuksaning quritilgandan keyingi og’irligi; e - kolbasaning tortimi, g; 100 - foizga aylantirib hisoblash koef-fitsiyenti.
Do'stlaringiz bilan baham: |