Ovqatning energetik va plastiki material ekanligi
Oziq-ovqat mahsulotlarida kraxmal va oziq tolalar miqdori (100 g da g hisobida)
Download 217.29 Kb.
|
OVQATNING ENERGETIK VA PLASTIKI MATERIAL EKANLIGI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mahsulotlar Polisaxaridlar Jami
Oziq-ovqat mahsulotlarida kraxmal va oziq tolalar miqdori (100 g da g hisobida)
Keyingi yillarda shu narsa aniqlandiki, oziq tolalari me'da ichakka tushgan turli konserogen (saraton kasalligini chaqiruvchi) moddalarni ham zararsinlantirib, yomon sifatli o’smalardan himoya qilar ekan. Ovqatda oziq tolalarining kamligi yoki bo’lmasligi yo’g’on ichakda najas shakllanishini kamaytiradi, bori ham juda sekin siljiydi. Natijada u yerda bosimning ko’tarilishiga olib keladi. Taomlarda oziq tolalarning kam bo’lishi o’t tosh kasalligiga olib kelishi ham aniqlangan. Oziq tolalarning iste'mol taomlaridagi taqchilligi semirish, qandli diabet, yurak–qon tomirlari kasalliklari, erta qarish kabi holatlarga olib keladi. Aytib o’tilgan barcha sifatlarni o’zida mujassamlashtirgan oziq tolasi bu donlarning kepagi hisoblanadi. Shuning uchun kepaklik undan tayyorlangan non va boshqa shunga o’xshash mahsulotlar iste'mol qilish foydali. Xuddi shuningdek, bug’doy va boshqa donlarning yormasi ham oziq tolalariga ancha boy. Bu o’rinda otabobolarimiz iste'mol qilgan taomlardan bug’doy yormasi alohida ahamiyatga ega, unga quritilgan o’rik, no‘xat va ko‘katlar qo‘shib tanovul qilib turish ayni muddaodir. Odamning bir kecha-kunduzda oziq tolalarga bo’lgan talabi o’rtacha 30 g. Ayni paytda shuni ham aytib o’tish kerakki, agar taomlar tarkibida oziq tolalari tegishli me'yordan ko‘p bo‘lsa, bir qator mineral moddalarning (Ca, Mg, Zn, Cu, Fe) ichaklardan qonga so‘rilishi qiyinlashadi. Shu bois, xususan keksa odamlarning oziq tolali ovqatlar iste'mol qilishida masalaning bu tomonini ham hisobga olishi kerak. 8-jadvalda oziq mahsulotlarida polisaxaridlarning qancha bo’lishi haqida ma'lumot keltiramiz. Boshqa oziq moddalari singari uglevodlarga bo’lgan kecha-kunduzlik talab ham, yosh, jins va qilinadigan mehnat turiga qarab o‘zgaradi. 9-jadvalda shu haqda ma'lumot keltiramiz. 10-jadval Download 217.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling