Oxirgi variant davrlarga bo`lingan


Xiva xonligining madaniy hayoti


Download 438.43 Kb.
bet111/187
Sana08.01.2022
Hajmi438.43 Kb.
#242008
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   187
Bog'liq
Oxirgi variant davrlarga bo`lingan

Xiva xonligining madaniy hayoti.

Xiva xonligining siyosiy va iqtisodiy hayotida bo’lib o’tgan voqyealar madaniy hayotga ta’sir etmasdan qolmadi. Shunga qaramasdan xonlikdagi madaniyat o’ziga xos yo’nalishlarda davom etdi. Madaniy hayot ravnaqi ta’lim-tarbiya, adabiyot, tarixnavislik, me’morchilik va amaliy san’at kabilarda kuzatiladi.Butun O’rta Osiyoda bo’lgani kabi, Xiva xonligida ham asosiy ilm o’chog’lari boshlang’ich maktablar va madrasalar edi. Boshlang’ich maktab, ya’ni, quyi ta’limda o’qish-yozishni o’rganib, xat-savod chiqargan o’smirlar poytaxt Xivadagi hamda Buxorodagi madrasalarda o’qib ta’lim olganlar. Manbalarga ko’ra, XIX  asrda Xiva xonligida 1500 ga yaqin boshlang’ich maktab va 130 ta madrasa bo’lgan. Faqat Xivaning o’zida 22 ta madrasa bo’lib, ular ichida Muhammad Rahimxon, Sherg’ozixon, Rahmonberdibiy, Olloqulixon, Xoja Mahram, Fozilbek, Davlat Qorako’z, Bekniyoz devonbegi madrasalari alohida nufuzga ega edi.Xorazm adabiy muhitida ilg’or g’oyalarni targ’ib etgan shoirlardan biri Nurmuhammad G’arib Andalib (1710-1770 yy.) edi. Klassik poeziyaning turli janrlarida ijod qilgan Andalibning “Said Vaqqos”, “Zaynul arab”, “Yusuf va Zulayho”, “Layli va Majnun” kabi dostonlari mashhurdir.Xivada ijod etgan shoirlar ichida Muhammad Rizo Ogahiy (1809-1874 yy.) alohida o’ringa ega. Tarixchi, tarjimon va shoir bo’lgan Ogahiyning 1832 yilda tuzilgan “Ta’vizul oshiqon” (“Oshiqlar tumori”) devonidagi g’azallari ayniqsa mashhurdir. Bu davrda shuningdek, Pahlavon Ravnaq, Muhammad Niyoz Nishotiy, Muhammad Xokisor, Tabibiy, Munis, Komil Xorazmiy, Komdon, Murodiy kabi shoirlarning ijodi rivoj topdi. XVII- XVIII asrlarda “Go’r o’g’li” majmuasi dostonlari rivojlantirildi, “Tohir va Zuhra”, “Oshiq G’arib va Shohsanam”, “Sayyod va Hamro”, “Sanobar”, “Yusufbek va Ahmadbek”, “Bahrom va Dilorom” kabi dostonlarning folklor va xalq og’zaki ijodidagi ko’rinishlari taraqqiy etdi.


  1. Download 438.43 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling