Oxu davolash ishi anatomiya fanidan tayyorlagan prezentatsiya ish


Download 1.64 Mb.
bet8/15
Sana30.04.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1413147
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
SH.SAYYORA ANATOMIYA

Qoʻzgʻatuvchi odam organizmida 10—14 kungacha (baʼzan, bir yilgacha va bundan koʻproq) boʻlib, kasallik belgilarini qoʻzgʻatmasligi mumkin (inkubatsion yoki yashirin davr). Kasallik toʻsatdan boshlanadi: bemorni isitma tutib, junjiydi, qalti-raydi (u baʼzan shu qadar qatgiq qalti-raydiki, hetto ustiga issiq koʻrpa yopilganda ham sovuq qotadi), keyin kdlti-rash bosilib, harorat koʻtariladi (41 — 41,5°), bemor boʻriqib, qizarib ketadi, nafas olishga qiynalib, halloslaydi, boshi qattiq ogʻriydi. Isitma bir necha soat tutadi. Soʻngra harorati tez pasa-yib, baʼzan bir maromga tushadi; shu payt bemor qattiq terlaydi, ertasiga oʻzini sogʻlom gʻis qiladi. Keyin yana isitma tutadi; uch kunlik B.da — ikki kunda bir marta, toʻrt kunlik B.da — har uch kunda bir marta, tropik B.da — koʻpincha kun sayin isitma tutib turadi. Isitma tutayotgan bemorning qoni tekshirilganda, B. plazmodiylarini topish mumkin. B. tutavergach, plazmodiylar qizil qon tanachalari (eritrotsitlar)ni parchalashi sa-babli bemor kamqon boʻlib qoladi, ta-logʻi va jigari kattalashadi, oq qon ta-nachalari (leykotsitlar) ancha kamayadi. B. davolanmay qolib, kasallik uzoq davom etganda tinkani quritib, mehnat qobiliyatini susaytiradi, bolalar oʻsish va ri-yujlanishdan orqada qoladi. Bemor oʻz vaqtida davolanmasa yoki chaladavolansa, B.ka boshqa kasalliklar qoʻshiladi. B.ning ogʻir shakli bilan ogʻriganlarda, shuningdek bo-lalarda koma holati, baʼzan oʻlim yuz berishi mumkin. Bemor barvaqt toʻgʻri davolangavda sogʻligʻiga pugur yetmaydi, undan atrofdagi kishilarga B. chivinlari orqali kasallik yuqish ehtimoli yoʻqoladi.

Isitmaning xurujiga, taloqning katta-lashganiga, chap biqin sohasida ogʻriq turishi va badan zaʼfaron tus olishiga qarab, bemorda B. bor deb taxmin qilish mumkin. Ammo B.ni aniq bilish uchun bemordan qon olib, mikroskopda tekshirish shart. Bemorni vrach davolaydi. Unga tinch sharoit va yaxshi parvarish zarur. Ka-sallikning oldini olishda asosiy eʼti-bor bemorlarni erta aniqlash va davolashga qaratilgan boʻlishi kerak.B. chivini koʻp uchraydigan joylarda himoya kiyim-boshi va chivinni keltirmaydigan dori vositalaridan foydalanish lozim.


 Bezgakning asoratlari va yakuni. To‘g‘ri va o‘z vaqtida davolangan taqdirda, kasallik tez va to‘liq davolanish bilan yakunlanadi. O‘lim asosan tropik bezgakning xavfli kechimida, ko‘proq bolalarda (5%) kuzatiladi. Umuman bezgakdan bo‘ladigan o‘lim o‘rtacha 4% ni tashkil etadi. Bezgakdan tuzalganlarni kasalxonadan chiqarish — xos davolash kursi to‘liq tugallangach, bemor to‘liq klinik sog‘aygach, qon surtmasida parazit aniqlanishi to‘xtagach, umumiy qon va siydik ko‘rsatkichlari normallashgach amalga oshiriladi. Kasallikning og‘ir shaklini o‘tkazgan shaxslar 1 oy davomida ishdan ozod etiladi.

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling