Oxu davolash ishi anatomiya fanidan tayyorlagan prezentatsiya ish
Download 1.64 Mb.
|
SH.SAYYORA ANATOMIYA
Sporalilar (Sporozoa) — bir hujayralilar kenja dunyosiga mansub hayvonlar tipi. Xivchinlilardan kelib chiqqan. S. turli hayvonlar va odamning hujayra, toʻqima va organlarida parazitlik qilib, ogʻir kasalliklarni keltirib chiqaradi. Parazit hayot kechirish taʼsirida tana tuzilishi birmuncha soddalashgan. Harakatlanish organoidlari, qisqaruvchi va ovqat xazm qiluvchi vakuollari rivojlanmagan. Hayot sikli spora xosil qilish bilan tugallanadi; spora qobigʻi parazitni noqulay muhit taʼsiridan himoya qiladi. S. hayot siklida jinssiz, jinsiy va sporogoniya jarayonlari almashinib turadi. Jinssiz koʻpayish hujayraning koʻp marta boʻlinishi (shizogoniya), jinsiy koʻpayish esa koʻpchilik sporalilarda ikki xil tipdagi gametalar (anizogametalar)ning kopulsiyasidan iborat. Faqat fegarinalar bir xil tipdagi gametalar (izogametalar) hosil qiladi. Zigotasi, odatda, qalin po'st bilan o'ralgan boʻlib, oosista deyiladi. Oosista ichida sporogoniya natijasida sporozoitlar hosil boʻlishi bilan parazitning rivojlanish sikli tugallanadi. S. tipiga 400 dan ortiq tur kiradi. S. tipi fegarinalar va koksidiyasimonlar sinflariga ajratiladi. Ayrim S.ning rivojlanishi bitta xo'jayinda oʻtadi (koʻpchilik koksidiyalar) va oosistlari yordamida tarqaladi. Boshqa S.ning rivojlanishi ikkita xoʻjayinda, yaʼni jinssiz koʻpayishi bir xoʻjayinda, gametogenez va sporogoniya davrlari boshqa xoʻjayinda oʻtadi. Bunday S. hayvonlar va odamga alimentar yoʻl bilan (zararlanmagan hayvon zararlangan hayvonni yeyishi) yoki qon soʻruvchi hasharotlar orqali (bezgak parazitining chivin orqali yuqishi) oʻtadi.
Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling