Oy mavzusi: baxtli bolalik


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/59
Sana11.11.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1765941
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59
Bog'liq
tayyorlov guruhlar

Faoliyatning borishi: 
1. Sirk arenasi tasvirlangan rasm bilan tanishish. 
2. Rollarni taqsimlash. 
3. О‘yin uchun kerakli atributlarni tanlash. 
4. Ijro etish jarayoni. 
 
5. Rollarni almashish. 
6. О‘yindan keyingi taassurotlari bilan о‘rtoqlashish. 
Qо‘shimcha: “Adashib qolgan kasblar” о‘yini. 
E’tiborga molik jihati: sirk hayoti va u yerdagi jarayonlar haqidagi bilimlari. 
 
San’at 
 
Mavzu: Quyoshli kun 
Maqsad: bolalar applikatsiyada tasvirni uyg‘unlashtirish va estetik bezatishni biladilar. 
Kerakli jihozlar: charaqlab turgan quyosh manzarasi rasmi,rangli qog‘oz, karton, qaychi, yelim, 
salfetka. 
Faoliyatning borishi:
1. Rasm va namunani kо‘rish 
2. Zaruriy shakllarni kesish. 
3. Tayyor shakllarni yelimlash orqali “Quyoshli kun” kompozitsiyasini yaratish. 
4. Rag‘batlantirish. 
Qо‘shimcha: “Quyoshjon” ashulasini tinglash va xarakatlarini ijro etish. 


Alohida e’tibor qaratiladi: mayda detallarni yirtib yubormasdan kesish malakalari.
 
Qurish, konstruksiyalash va matematika 
Mavzu: Qushlar uchun in quramiz 
Maqsad: bolalarkarton qutilar, taxta bо‘laklari yordamida qushlar uchun in quradilar. 
Kerakli jihozlar: karton qutilar, taxta bо‘laklari, birlashtirish uchun ikki yoqlama skoch, qushlar 
uchun yasalgan inlar rasmlari, AKT. 
Faoliyatning borishi: 
1. AKT orqali qushlarning ini tasvirlangan lavhalarni va rasmlarni tomosha qilish. 
2. In qurish uchun anjomlarni tanlash va rejalashtirish. 
3. Qurish jarayoni. 
4. Ishning yakuni va muhokamasi. 
5. Rag‘batlantirish. 
Qо‘shimcha: qurgan inlarni muassasa bog‘idagi daraxtlarga о‘rnatish. 

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling