Oy-Yerning tabiiy yo’ldoshi. Quyosh va Oy tutilishi
Download 118 Kb.
|
5 ta mavzu
Nurash va uning turlari
Reja:
Nurash haqida. Nurash va uning turlari Nurashning tavsifi Nurash — atmosferaning fizik-kimyoviy, yer osti va yer usti suvlari hamda organizmlarning taʼsirida yer yuzidagi tog jinslari va minerallarning buzilish va yemirilish jarayoni. N.ning fizik, kimyoviy va organik turlari maʼlum. Sodir boʻlish muhitiga koʻra, atmosfera va suv osti N. farqlanadi. Fizik N. temperaturaning keskin oʻzgarib turishi va tog jinslarining quyosh nuridan har xil qizishi sababli katta-kichik boʻlaklarga boʻlinishidir. Bunda nuragan tog jinsini tashkil etuvchi minerallarning kimyoviy tar-kibi deyarli oʻzgarmaydi. Togʻ jinslarida koʻplab yoriklarning boʻlishi va suvning muzlab qolishi fizik N.ni tezlashtiradi. Suv muzlaganda hajmi kengayib, yoriq devorlarining 1 sm2 yuzasiga taʼsir etgan kuchi 870 kg ga yetadi. Bunday N. yalang togʻ jinslarida, baland togʻlarda yilning hamma faslida sodir boʻladi. Natijada chaqiq jinslar uyumi hosil boʻladi. Yemirilgan jinslar zarrachalarining kattaligi 0,01 mm gacha yetishi mumkin. Kimyoviy N.da togʻ jinslarining kimyoviy tarkibi oʻzgarib yer yuzasida barqaror minerallar hosil boʻladi. Togʻ jinslari yoriklaridagi erkin kislorod, karbonat, sulfat va organik kislotalarga boy boʻlgan suv oksidlanish va qaytarilish reduksiyalariga sabab boʻladi. Kimyoviy N. natijasida turli togʻ jinslari, gillar hosil boʻladi. Organik (biologik) N. oʻsimlik va organizmlarning togʻ jinslariga taʼsiri natijasida sodir boʻladi. Bunda yer yuzasidagi oʻsimliklar asosiy omillardan hisoblanadi. Oʻsimliklarning ildizi togʻ jinslari orasiga yorib kirib, ularni turli boʻlaklarga ajra-tadi va darzlarni kengaytiradi. Chirigan ildizlardan kirgan suv togʻ jinslarida muzlab, N. jarayonini tezlashtiradi. Yerdagi mikroorganizmlar gil va lyoss jinslari orasida koʻp miqdorda gʻovaklar hosil qilib ularni yemi-radi. N. jarayoni natijasida turli choʻkindi jinslar va koʻpgina foydali qazilmalar (kaolin, oxra, oʻtga chidamli tuproklar, qum, temir, alyuminiy, marganets, nikel, kobalt, oltin, platina sochmalari va boshqalar) hosil boʻladi. Nurash poʻsti — togʻ jinslarining nurashi natijasida yer yuzasida hosil boʻladigan kontinental geologik formatsiya. Oʻzgargan nuragan jinslar oʻz joyida qolsa, qoldiq Nurash poʻsti, tub jins bilan aloqasi uzilmay qandaydir masofagasiljisa koʻchirilgan Nurash poʻsti deb ataladi. Baʼzi bir geologlar ak-ku mul yati v Nurash poʻsti (yuvilib keltirilgan gil-tuproq va qoldiq Nurash poʻsti oʻzgargan nuragan jinslari)ni alohida ajrata-dilar. Yotish shakliga koʻra, Nurash poʻsti maydonli (katta hududlarda hosil boʻla-di, qalinligi 10 m gacha va undan or-tiq) va chiziqli boʻladi (bir yoʻnalishda choʻzilib, togʻ jinslari yoriklari boʻylab 100–150 m ichkariga kirib boradi). "Nurash poʻsti" terminini fanga shveysariyalik geolog A. Geym kiritgan (1879). Nurash poʻstining hosil boʻlishi joyning iklimi, togʻ jinslarining tarkibi, gidrogeologik sharoiti, relyefi, tektonik tuzilishi, hosil boʻlish vaqti va boshqa omillar bilan bogʻliq. Bunda asosiy omil iklim hisoblanadi. Yerning geologik tarixida bir necha marta (tokembriy, yuqori paleozoy, trias-yura, boʻr-paleogen, paleogen-toʻrtlamchi davr) katta qalinlikda Nurash poʻstining shakllanish davri boʻlgan. Nurash poʻstining hosil boʻlishida dastlab ishuriy, keyin nordon muhit yuzaga keladi. Har muhitda oʻziga xos minerallar hosil boʻladi. Natijada Nurash poʻstida pastdan yuqoriga qarab ayrim zonalar (dezintefatsiya, dresva, gidroslyudamontmorillonit va kaolinit minerallari zonasi) paydo boʻladi. Nurash poʻsti zonalarining hosil boʻlishida jinslarning tarkibi katta rol oʻynaydi. Mac, yogʻin-sochin koʻp sharoitda nordon jinslar nurash natijasida kaolinit, gidroslyuda, dezintegratsiya zonalari, asosli va oʻta asosli jinslardan esa temir, marganets, baʼzan alyuminiyning suvli, yarim oksidli zonasi hosil boʻladi. Nurash poʻsti bilan alyuminiy, temir, titan, marganets, stronsiy, nikel, galluazit, olovga chidamli gil, sochma olmos, oltin, platina, qimmat-baho toshlarning konlari bogʻliq. Oʻzbe-kistonda Ohangaron vodiysi, Zirabuloq-Ziyovuddin togʻlari yon bagʻirlari va Markaziy Qizilqumda 2 m dan 150 m gacha kaolin qatlamlari hosil boʻlgan. Nurash konlari - Yer yuzasiga yaqin togʻ jinslarining nurash katlamida suv, uglekislotalar, kislorod hamda organik va noorganik kislotalar (kimyoviy nurash) taʼsirida parchalanishidan paydo boʻlgan foydali qazilmalar koni. Nurash konlari avvalgi geologik davrlarda shakllangan boʻlib, hrz. davrda esa chuqurlikdan yer yuzasiga chiqa-rilgan va yangi termodinamik sharo-itlarda barqaror boʻlmagan togʻ jinslardan tashkil topgan. Nurash jarayonlari natijasida tog jinslari murakkab tarkibli silikatlardan sod-daroq tarkibli oksid va gidroksidlarga oʻtadi. Yangi hosil boʻladigan birik-malar erigan holda yer osti suvlari bilan koʻtarilib qaytadan choʻkindi hosil qiladi va infiltratsion konlarni tashkil etadi. Bu turdagi konlarga uran, mis rudalari, oltingugurt konlari kiradi. Boshqa qiyin eriydigan birikmalar yer yuzasi yaqinida yigʻilib qoldiq konlar deb ataluvchi konlarni tashkil etadi. Bu guruhga silikatli nikel rudalari, temir, marganets, boksit, magnezit, kaolin konlari mansub. Yer yuzasidagi har qanday jinslar tеmpеraturaning yil davomida sutkali tеbranib turishi, havo va namning o`zgarishi hamda ximiyaviy ta’sir etishi va nihoyat organizmlarning hayog faoliyati natijasida nuraydi. Quyosh, havo, namlik va organizmlarning ta’siridan tog` jinslarining o`zgarishi nurash protsеssi dеb ataladi. Nurash fizik, ximiyaviy va biologik nurashga bo`linadi. Fizik nurash. Qattiq yaxlit jinslarning katta-kichik parchalarga bo`linib sinishiga fizik nurash dеb ataladi. Bunda jinslarni tashkil etuvchi minеrallarning ximiyaviy tarkibi o`zgarmaydi. Tеmpеraturaning o`zgarib turishi fizik nurashning asosiy omilidir. Ayniqsa kontinеntal, arktik, tropik, subtropik iqlimli mintaqalarda bu hodisa o`z ifodasini topgandir. Agar jins yoriqlariga suv kirib muzlasa, u holda fizik nurash protsеssi yana ham tеzlashadi. Suv muzlaganda uning hajmi kеngayishi ma’lum. Suvning yer yoriqlarida muzlashidan uning 1 sm2 yuzada (еr yorig`ida) itarish kuchi 870 kg ga yetadi. G`oyat katta bunday kuch har qanday qattiq jinsni ham maydalab tashlashi mumkin. Suvning takror muzlab erib turishi bilan bog`liq bo`lgan fizik nurash sovuqdan nurash dеb ataladi. Fizik nurash natijasida qattiq jinslar mayda-mayda qirrali bo`lib kеtadi, hatto zarrachalari 0,01 mm gacha yetadi. Qattiq jins zarrachalarining issiqdan kеngayib kеtishi va tuzlarning jins orasida to`planishi ham fizik nurashga kiradi. Tog` jinslari har xil minеrallardan hosil bo`lganligi uchun issiqlikni bir xil o`tkazmaydi. Bundan tashqari, bir xil minеraldan tuzilgan tog` jinslari ham bir xilda kеngaymaydi, chunki minеral kristali hamma tomonga har xil kеngayadi. Shunga ko`ra, tog` jinslarini tashkil qilgan minеrallarning issiqdan kеngayishi va torayishi natijasida hatto granit jinsi ham maydalanadi. Quyidagi 15-jadvalda ba’zi bir minеrallar hajmining issiqdan kеngayish koeffitsiеnti bеrilgan. Nurash yer yuzasining o`simlik bilan qalin yoki siyrak qoplanganligiga ham bog`liq. Suv va o`simlik kam yoki butunlay yo`q bo`lgan joylarda fizik nurash kuchli bo`ladi. O`rta Osiyoda yoz faslida (Qoraqum cho`lida) qum va yalang toshlar tеmpеraturasi 70—80° S ga yetadi, kеchalari 5—10° S gacha pasayadi, natijada ularning hajmi birdan kamayib, jinslar yorilib kеtadi. Nurash protsеssi tog` jinslarining kristali va qatlamlarining darz kеtganligiga ham bog`liq. Tog` jinsi qanchalik ko`p darz kеtgan bo`lsa, u shunchalik tеz nuraydi. Fizik nurash asosan tashqi sabablar yordamida yuz bеradi. Chunonchi, yer yoriqlariga minеral va tog` jinslari orasiga kirib qolgan suvning tеmpеraturasi pasayib, bu yerda suv muzlaydi, suv muzlashi bilan muz kеngayib, jinslarning darz kеtishiga olib kеladi. Bunday nurash ko`proq yalang tog` jinslarida, baland tog`larda yilning barcha faslida bo`lib turadi. Qoyadan sinib tushgan bo`laklari yon bag`ir qiyalik burchagi 35—40° bo`lsa, pastga tеz dumalab tushib, 10—15° qiyalikda to`planadi. Buning natijasida juda ko`p siniq jinslar uyumi hosil bo`ladi. Buni konus osipi (sochmasi) dеyiladi. Bundan tashqari, yer yuzasi qanday joy bo`lishidan qat’i nazar, o`simlik bilan qoplangan bo`lsa, uning ildizi jinslar orasiga yorib kirib, uni bo`laklarga ajratadi, darzlarni kеngaytiradi. Chirigan ildizlardan o`tgan suv yer ichkarisida muzlab, darzlarni kеngaytirib yuboradi. Qoyalardan ajralib singan yirik jins parchalari qiyalikning quyi qismida, maydalari esa yuqorisida to`planadi. Ximiyaviy nurash. Fizik nurash natijasida jinslar (uvalanadi) parchalanadi, ba’zan eziladi. Tog` jinsiga erkin kislorodning ta’sir etishi natijasida ayniqsa jins orasiga suvning o`tib borishidan u yerda ximiyaviy rеaksiya bo`lib ximiyaviy nurash yuz bеradi. Ximiyaviy nurash qattiq jinеlarning yana ham ko`proq maydalaiishiga yordam bеradi. Ximiyaviy protsеsslar asosan oksidlanish, gidrotatsiya (mеtallarning suvlanishi), erish va gidroliz xillariga bo`linadi. Oksidlanish. Еr po`stini tashkil qiluvchi tog` jinslari atmosfеradagi erkin kislorod ta’siridan oksidlanadi. Atmosfеrada erkin kislorod 21% ni, suvda 30% ni tashkil etadi. Nurash bo`ladigan zonada erkin kislorod bo`lgan vaqtda qaytarilish rеaksiyasi kеtadi va sulfidlar hosil bo`ladi. Erkin kislorod havoda va suvda bo`lganligidan sulfidlar bеqaror bo`lib qoladi va parchalanib astasеkin sulfatlarga, karbonatlarga va oksidlarga aylanadi. Bu rеaksiyani quyida pirit minеrali misolida ko`rish mumkin: 2FeS2 + 7O2 + 2H2O = 2FeSO4 + 2H2O Tеmirning suvli oksidi yer yuzasidagi pirit yoki boshqa tеmir sulfidlari bo`lgan jinslarning oksidlanishi natijasida hosil bo`lib, u yer yuzasida tеmir qalpoq dеb ataluvchi shaklda uchraydi. Jinslarga issiqlik ta’sir etishi natijasida oksidlanish protsеssi goh tеz, goh sеkin yuz bеrishi mumkin. Oksidlanish presеssi ximiyaviy nurash protsеssida ko`proq uchrab turadi, bu protsеssda atmosfеra, suv va issiqlik ta’sirida tеmirli, magniyli va alyuminiyli jinslar oksidlanib turadi. Bu protsеss to`g`risida tog` jinslari ochilib qolgan joylardagi qizil, pushti ranglar guvohlik bеradi. Ximiyaviy nurash yer po`stining erkin kislorod ko`p tarqalgan joylarida ro`y bеradi. Erkin kislorod yer po`stining 1000 mеtrgacha bo`lgan chuqurlikka o`tib boradi va shu chuqurlikkacha har xil bo`shliq, darzliklarda ximiyaviy nurash yuz bеrishiga sabab bo`ladi. Torf va doimiy muz bilan qoplangan yerlarda erkin kislorod yer yuzasida uchraydi. Gidrotatsiya (mеtallning suvlanishi). Gidrotatsiya natijasida minеral suvlar ta’sirida o`zgarib nuraydi. Bunga misol qilib tabiatda angidridni gipsga aylanish rеaksiyasini ko`rsatish mumkin. CaSO4 + 2H2O = CaSO4 · 2H2O Minеral tarkibiga kislorod yoki suv melеkulasi o`rnashishi bilan uning hajmi kattalashadi va atrofdagi jinslarni itarib darzlar hosil qiladi. Geografik qobiqda suvning aylanma harakati Reja: 1. Geografik qobiq 2. Aylanma harakat 3. Geografik qobiqda suvning aylanma harakati Geografik qobiqda modda almashuvi jarayonlari ancha katta hajmda bo`lishi bilan ajralib turadi. Masalan, jahonning daryolari okeanga har yili 20 mlrd t cho`kidi olib boradi. Bu ko`rsatkich Yer yuzasida har yili tushadigan meteoritlarning jinslaridan ikki ming marta ko`p. Geografi qobiq doirasida aylanma harakatlar vujudga keladi. Moddalarning aylanma harakatini tog` jinslarining nurash mahsulotlarining akkumulyatsiyasi va o`zgartirilishi bilan birga sodir bo`ladigan yemirilishi va olib ketilishuini birlashtiradigan katta (“geologik”) aylanma harakat, suvning aylanma harakati, karbonat angidrid, azot, fosfor, oltingugurt va boshqa kimyoviy elementlarning biokimyoviy aylanma harakati, atmosfera sirkulyatsiyasi, okean suvlarining sirkulyatsiyasidan iborat. Umuman olganda, bu aylanma harakatlarning barchasi global jarayonlarni tushunib yetishga qulay bo`lishi uchun alohida aylanma harakatlarga ajratilgan yagona katta aylanma harakatdir. Moddalarning barcha tabiiy global aylanma harakatlari juda ham berk bo`lishi bilan farq qiladi. Biosferadagi organik moddalarning hozirgi mahsuloti organik karbonat angidrid massasi biliklarida yiliga 100 mlrd. t ni tashkil etadi. Bu 1000 mlrd. t jonli massaga teng. Yerda hayot 3,5 mlrd..yildan buyon mavjud. Agar shu vaqt davomida jonli massaning o`rtacha mahsuldorligi yiliga 500 mlrd. t ga teng bo`lsa, hayot mavjud bo`ldan paytda taqriban 2x1012 mlrd. t jonli massa hosil bo`lgan. Bu ko`rsatkich butun Yer massasidan atigi uch baravar kam. Biosferaning massasi 1,4x109 mlrd. t ga yaqin. Shunday qilib, Yer mavjud bo`lgan paytdagi biotaning mahsuloti biosfera massasidan 1000 marta ko`p. Atmosfera va hidrosferadagi massalarning mexanik harakati jarayonlarini moddaning bir muhitdan boshqasiga murakkab fizikabiy-kimyoviy va biologik o`zgarishlar bilan birga kuzatiladigan o`tishidan farqlash lozim. Ularning har ikkalasi ham muhim geogafik ahamiyatga ega bo`lsada, komponentlarning o`zaro ta’siri deyarli butun geografik qobiqni ishg`ol etadigan jarayonarda namoyon bo`ladi. Masalan, suvning aylanma harakatiga Dunyo okeanidagi oqimlar tizimi ham, okeanning atmosfera, Yer po`sti va, shuningdek,organizmlar bilan suv almashinuvi ham kiradi. V.L.Vilyamsga ko`ra (1952), Quyosh energiyasi Yerda moddalarning ikki xil aylanma harakatiga: katta (geologik) va kichik (biologik) aylanma harakatga sabab bo`ladi. Moddalarning geologik aylanma harakati sekin sodir bo`ladi va uning chegaralari geografik qobiq chegaralaridan ancha kengroq, uning amplitudasi geografik qobiqdan tashqaridagi Yer po`stining qatlamlarini o`z ichiga oladi. Geologik aylanma harakat ayniqsa suvning va atmosfera sirkulyatsiyasida ayniqsa yaqqol namoyon bo`ladi. Eng asosiysi geologik aylanma harakatda jonli organizmlar ikkinchi darajali ahamiyatga ega. Geografik qobiq strukturaviy qusmlarining o`zaro ta’siri, geosferalar moddalarining tarqalishi muayyan qonuniyatlar asosida sodir bo`ladi. Modda va energiyaning aylanma harakati quyi atmosfera, hidrosfera, Yer po`sti va biosferani bir butun tizimga – geografik qobiqqa bog`lab turuvchi modda va energiya umumiy aylanma harakatining alohida bug`inlarini tashkil etadi. Modda va energiya umumiy aylanma harakatining pirovard natijasi geografik qobiqning alohida qobiq bo`lishini va uning mavjudli (faoliyati)ni tashkil etishi sababli bu aylanma harakatni F.N. Milkov (1991) modda va energiyaning umumgeografik aylanma harakati deb ataydi. Modda va energiyaning umumgeografik aylanma harakati barcha juz’iy aylanma harakatlarning sintezi bo`lib, ulardan asosiylarini geologik aylanma harakat, suvning aylanma harakati, biologik aylanma harakat tashkil etadi. Biologik aylanma harakat turli vaqtda davom etadigan ko`pgina (mavsumiy, yillik, ko`p yillik va asriy) sikllardan tashkil topgan murakkab jarayondir, Moddalarning biologik aylanma harakati jonli organizmlarda elementlarning akkumulyatsiyasi va jonsiz organizmlarning parchalanishi natijasida minerallashuvi jarayonning birligidan iborat. Jonli moddaning hosil bo`lishi quruqlik yuzasida va dengizlarning yuqori qatlamlarida, jonli moddaning minerallashuvi esa tuproqlarda va dengizlarning chuquqr qatlamlarida ustuvorlik qiladi. Biologik aylanma harakatlarning muhim jarayonin fotosintez tashkil etadi. Fotosintezning tenglamasi sodda ko`rinishda qo`yidagicha bo`ladi: Quyosh radiatsiyasi hisobiga va katalizatorlik qiladigan xlorofill ishtirokida bo`ladigan reaksiyada uglerod va suvning qo`sh oksidining o`zaro ta’siri sodir bo`ladi va natijada energiyaga boy organk birikmalar sintez qilinadi, atrof muhitga esa suvning parchalanish mahsuloti bo`lgan kislorog ajralib chiqadi. Fotocintez jarayonida kuchli oksidlovchi – erkin kislorod va kuchli tiklovchi – organik modda hosil bo`ladi. Fotosintez bilan bir paytda har bir o`simlikda aks jarayon – nafas chiqarish kechadi. Moddalar va energiya qismlarining ko`p marta to`xtovsiz, siklli ravishda, ammo makonda notekis va berk bo`lmagan aylanishi biotik almashinuvning kichik (biogeosenotik) aylanishi yoki biotik aylanma harakati deyiladi. Biotik aylanma harakat esa elementar ekologik sistema (ekosistema, biogesenoz) doirasidagi katta biotik (biosfera) almashinuvga kiradi. Biotik almashinuvning katta (biosferafiy) aylahishi deb biosferaning ekosistemalariga doimiy ravishda kirib va to`xtovsiz yangilanib turadigan moddalar, energiya va informatsiyaning makonda va zamonda qonuniy siklli ravishda va notekis taqsimlanishining to`xtovsiz sayyoraviy (planetar) jarayoniga aytiladi. Moddalarning biokimyoviy aylanma harakati (sikli) qotib qolgan va organik tabiat orqali kimyoviy elemementlarning jonli organizmlarning faol ishtirokida siklik o`zgarishi va joyini o`zgartirish jarayonlarida kechadi. Shunday qilib, geografik qobiqda modda va energiyaning aylanma harakatlari to`liq qaytadigan jarayon emas, chunki bunday aylanma harakatlarda moddalarning miqdori jihatidan ham, sifat jihatidan ham boshlang`ich holatiga to`liq qaytmaydi. Moddalar aylanma harakatining (siklining) davri ham juda xilma-xil bo`ladi. Masalan, bir xil miqdordagi suv atmosferada yil davomida bir necha marta aylanishi mumkin (ya’ni bug`lanadi, to`yinadi, Yer yuzasiga yog`adi, qayta bug`lanadi va h.). Auni paytda boshqa aylanma harakatlar, masalan, quruqlikdan denudatsiya tufayli olib ketilgan qattiq jinslarning to`liq aylanish davri geologik miqyoslar bilan o`lchanadi. Biologik aylanma harakatlar kimyoviy elementlarning (uglerod, azot, kislorod, vodorod va b.) migratsiyasi nuqtai nazaridan qaralganda biokimyoviy aylama harakatlar deyiladi. Endi geografik qobiq va biosfera uchun muhim bo`lgan kimyoviy elementlar – uglerod, kislorod, azot, fosfor va oltingugurtning global biokimyoviy aylanishining asosiy xususiyatlarini soddaroq tarzda qarab chiqamiz. Jonli substansiyaning asosiy kimyoviy elementi bo`lgan uglerod geografik qobiq (biosfera)ning eng muhim kimyoviy elementi hisoblanadi. Chunki u: a) Yerdagi barcha jonli organizmlarni tashkil etuvchi asosiy elementdir; b) biosferada uglerod birikmalarining oksidlanish va tiklanish reaksiyalari nafaqat uglerodni, balki kislorodni ham, shuningdek boshqa ko`pgina kimyiviy elementlarning ham mavjud bo`lishini taqoza etadi; c) uglerpd atomining zanjir va halqalarni yarata olish qobiliyati organik birikmalarning xilma-xilligini ta’minlaydi; d) uglerodli gazlar – uglerod gazi (CO2) va metan (CH4) – antropogen issiqxona samarasida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Tabiiy jarayonlarda erkin kislorod juda katta ahamiyatga ega. V.I.Vernadskiy kislorodni Yerdagi eng qudratli kimyoviy faoliyat deb atagan edi. Tabiatdagi kislorod bilan oksidlanish eng muhim va keng tarqalgan reaksiyadir. Geografik qobiqda kislorod turli shakllarda bo`ladi. Atmosferada gazsimon shaklda (kislorod molekulalari va uglerod qo`sh oksidi ko`rinishida), suvda erigan ko`rinishda bo`ladi va suvning o`zining ham tarkibiga kiradi. Atmosferada taqriban 1,1x1021 g kislorod bor. Shuningdek, kislorod bog`langan holda suv molekulalarida, tuzlarda, Yer po`stining qattiq jinslarining oksidlarida juda ko`p. Atmosfera kislorodi bilan jonli organizmlar nafas oladi. Shuningdek, kislorod murakkab organik moddalarning mikroorganizmlar tomonidan parchalanishida hosil bo`ladigan oddiy moddalarning oksidlanish jarayonlariga ham sarflanadi. O`simliklar va hayvonlar atmosferadagi erkin azotni kam o`zlashtira oladi. Ayrim suv o`tlarigina havodan azotni bevosita biriktira oladi. Buyuk geografik kashfiyotlar davri Reja: Download 118 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling