Oybekning adabiy-tanqidiy qarashlari
Download 67.97 Kb.
|
1 2
Bog'liqOYBEKNING ADABIY-TANQIDIY QARASHLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- E’TIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR!!
Oybek maqolalarining ko‘pi 30-yillarda yozilgan, biroq ularni o‘qisangiz kecha yoki bugun yozilgandek taassurot qoldiradi. Ular kuchli shoir ruhi bilan sug‘orilgan. Bu maqolalardagi umrboqiylikning siri ikki narsada ko’rinadi:
Ularda tadqiqotchining sinchkov tafakkurigina emas, san’atkorning qaynoq qalbini ham his qilamiz. Ularda ehtiros kuchli, yuksak didli kuzatuvchining o'tkir nigohi bor, qaysi ijodkor haqida yozmasin, unga muhabbat va hurmat bilan yondashadi. Oybekning 20-yillardagi Cho'lpon she’riyatiga bag'ishlangan maqolasini jur’at va jasorat bilan yozilgan ishlardan biri deyish mumkin. Cho‘lponni to‘g‘ri tushunishda Oybekning shoir yuragi muhim rol o'ynadi.
U Cho‘lpon she’riyatini chuqur tahlil etib, xalq uchun zarurligini, ahamiyatini to‘g‘ri ta'kidladi. Cho'lpon she'riyati va dramalari o‘z davridayoq adabiy tanqidda jiddiy munozaralarga sabab bo‘ldi. Sotti Husayndan so‘ng Abdulla Qodiriy ijodini yaxlit va atroflicha o'rgangan munaqqidlardan biri Oybekdir. Qodiriy ijodi, ayniqsa, romanlarini baholashda davr bilan izohlanuvchi qator kamchiliklarga yo‘I qo‘ygan esa-da, «Abdulla Qodiriyning ijodiy yo‘Ii» nomli Oybek tadqiqoti Sotti Husayn ishiga nisbatan adib shaxsi va ijodini o‘rganishda o‘zbek tanqidchiligi oldinga tashlagan qadam bo'ldi. Unda dunyoqarash, mafkura nuqtayi nazaridan ayrim xato fikrlar aytilsa-da, Qodiriy mahorati va, umuman, « O‘tkan kunlar» qimmatiga to'g'ri baho berildi. Ayni vaqtda, risolada ilgari surilgan tarixiy roman hamda realistik adabiyot, umuman, obraz va xarakter haqidagi qator nazariy fikrlar o'zbek adabiyotshunosligi va tanqidchiligi ravnaqida muhim o‘rin tutadi.
E’TIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR!!Download 67.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling