O`yin faoliyati orqali bolalar nutqini o`stirish


Download 98 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi98 Kb.
#215908
Bog'liq
FOZILOVA DURDONA



Bolalar nutqini o'stirishda zamonaviy yondashuv


Reja:


  1. Bolalar nutqini o`stirishga qo`yilgan zamonaviy talablar.

  2. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqining o`ziga xos xususiyatlari.

  3. Nutq o`stirishda , nuqsonlarni bartaraf qilishda tarbiyachining yondashuvi.

  4. O`yinlarning nutq o`stirishdagi ahamiyati

  5. O’quvchilar nutqini o’stirishning boshqa o’quv predmetlari bilan bog’liqligi

Foydalanilgan adabiyotlar
Tarbiyachi bolaning normal rivojlanishida birinchi so‘zlar qachon paydo bo‘lishina bilsa, u xolda bu bolaning normal yoki nonormal rivojlanayotganini xal qila oladi. Bola nutqining rivojlanish xususiyatlarini bilish, nutq buzilishlariga to‘g‘ri diagnoz qo‘yishi uchun ham zarurdir. Ba’zi mutaxassislar uch yoshli bolaning tovush talaffuzuzidagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun uni logoped qabuliga yuboradilar. Shu to‘g‘rimi? Yo‘q, albatta. Chunki, nutqi normal rivojlanayotgan bolaga hali bu yoshda ba’zi bir tovushlarni noto‘g‘ri talaffuzuz etish xos bo‘ladi. Bu ko‘rinish fiziologik dislaliya deb atalib, bu yoshdagi bolalarda artikulyatsiya apparatining hali yetarli darajada shakllanmaganligini bildiradi. nutq kamchiliklarini bartaraf etishda to‘g‘ri va aniq tarbiyaviy-tuzatish ish rejasinin tuzish uchun bola nutqining rivojlanish qonuniyatlarinin yana bir karra bilish zarur xisoblanadi.
Tinglovchilar navbati bilan “ilk yosh”, “kichik guruh “, “o`rta guruh”, “katta guruh”,”maktabga tayyorlov guruh”, deb aytishadi va shu bo`yicha 5 ta guruhchaga ajratiladi.

“Ilk yoshli guruhlar 3 yoshgacha bo`lgan bolalar nutqining o`ziga xos xususiyatlari, ular nutqini o`stirishda qo`llaniladigan usullar, jihozlar bo`yicha o`z guruhini himoya qiladi. “Kichik guruh” lar 3 yoshdan 4 yoshgacha, “O`rta guruh”lar 4 yoshdan 5 yoshgacha, “Katta guruh”lar 5 yoshdan 6 yoshgacha,”maktabda tayyorlov guruh”lar 6 yoshdan 7 yoshgacha bo`lgan bolalar nutqida uchraydigan nuqsonlar, ularni bartaraf qilish , nutqni rivojlantirishda o`yinlardan foydalanish bo`yicha har qaysisi o`z guruhini himoya qiladi.Himoya qilishda plakatlarda rasm chizish, jadvallardan foydalanishi, ijroli o`yinlar o`ynash orqali ifoda etishlari tavsiya etiladi. Guruhlarning chiqishlari oxirida o`qituvchi tomonidan tahlil qilinadi, to`ldiriladi, xulosalanadi.

Maktabgacha yoshdagi (bolalar) asosan 6-7 yoshli bolalar maktabga tayyorgarligining asosiy belgilaridan biri nutqini rivojlanganligidir. Bolalar bog`chasida har bir guruhda nutq o`stirish bo`yicha egallashi lozim bo`lgan bilim, ko`nikma va malakalarining m`eyori ko`rsatilgan. O`z vaqtida muntazam kundalik faoliyatda, mashg`ulotlar jarayonida dasturda ko`rsatilgan vazifalar amalga oshirilsagina kutilgan natijaga erishiladi.

Bola 1- sinfga nutqi jihatidan benuqson holatda kelsa barcha fanlardan o`zlashtirishiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. “Uchinchi ming yillikning bolasi” tayanch dasturi og`zaki nutqining, yani lug`at boyligining oshib borishini, nutqning Grammatik jihatdan to`g`ri tuzilishini tovush talaffuzini har tomonlama rivojlantirishni nazarda tutadi. Nutq qobiliyati ma`lumki kishilarning tug`ma qobiliyati emas. Nutq bolalarda asta – sekin rivojlanadi.

Ba`zan bir xil yoshdagi bolalar nutqi kuzatilganda ular darajasining har xilligini ko`rish mumkin. Demak bola nutqining rivojlanishi tevarak – atrofdagilarning ( ota – onalarning , tarbiyachilarning) qanchalik e`tibor berishiga bog`liqdir.

Bolaning ilk yoshlik davridan boshlab oila a`zolari, bog`chada tarbiyachilar har bir narsaning nomini to`g`ri aytib , chuchik tilda gapirmasdan murojaat qilish kerak.

3-4 yoshli bolalar nutqida hamma tovushlar mavjud bo`lib, bu tovushlar ustida ishlash zarur.Chunki mazkur davr tovushlarni o`zlashtirish davri hisoblanadi. To katta guruhgacha hamma tovushlar ustida ishlanadi. Maktabda tayyorlov guruhda esa aralashib ketadigan tovushlarni ajratishga o`rgatiladi.

Tovush talaffuzini tarbiyalash bo`yicha ishni boshlashdan oldin tarbiyachi o`z guruhidagi har bir bolaning nutqi bilan tanishib chiqishi kerak . Nutqni tekshirish yilda ikki marta kuzda va bahorda olib boriladi. Kuzda ishlarini to`g`ri rejalashtirish, bahorda-qilingan ishlarga yakun yasash maqsadida tekshirishda tarbiyachi



  1. tovush talaffuzi holatiga

  2. lug`atiga

  3. ma`noli nutqiga e`tibor qaratadi.

Bola nutqidagi buzilishlar qayd qilinadi. Agar juda qo`pol buzilishlar bo`lsa, bolaning sog`ligi bilan tanishib chiqishga to`g`ri keladi. Ko`pincha bolaning 3 yoshlik davrida turli yuqumli kasalliklar bilan og`rishi, uning o`sishni to`xtatib qo`yadi. Bu o`z navbatida nutqining rivojlanishiga ham salbiy ta`sir ko`rsatadi. Bunday bolalar bilan alohida ko`proq ishlashni rejalashtirishga to`g`ri keladi.

Bolalar nutqini tekshirishda al`bomlar maqsadga muvofiq emas. Chunki al`bomning bir betiga bir qancha rasm yopishtiriladi. Bolalarga ko`rsatilganda ularning diqqati bir rasmdan ikkinchi rasmga ko`chadi. Shuning uchun bir tovush uchun mo`ljallangan buyumni rasmlardan foydalanish kerak. Bunda shunday rasmlarni tanlash kerakki bu rasmlarning nomlarida quyidagi tovushlar ishtirok qilsin. s, z, sh, ch, l, r, v, b, g, x, h, va boshqalar. Har bir tovush so`z boshida, o`rtasida, oxirida keladigan bo`lsin. Rasmlar rangli, bolalar diqqatini o`ziga tortuvchi, mazmuni jihatidan bolalar yoshiga mos bo`lishi kerak. Buyumli rasmlar 10x10 hajmdan kichik bo`lmasligi kerak.

Bolaning tovush talaffuzini tekshirish vaqtida buyumli rasmlar nomini ayttirishda lug`at tarkibi, grammatik qurilishi ham kuzatiladi. Gapda so`zlar o`rnini almashtirmayotganligi, bo`g`inlar tashlab ketirmayotganligi aniqlandi. Tarbiyachi so`zlardan gaplar tuzishga, gaplarda bog`lovchilarni ishlatishga, kelishik qo`shimchalaridan to`g`ri foydalanishga o`rgatishda mazmunli rasmlardan foydalanadi. Oldin ikki, keyin uch, to`rt, so`ngra undan ortiq so`zlardan foydalanib gap tuzishga o`rgatadi. Tarbiyachi bu ishlarni amalga oshirishda bolalarning yosh va o`ziga xos xususiyatlarini ta`limning didaktik tamoyillarini hisobga oladi.

Agar rasmning nomini aytishda bola talaffuz etilishi lozim bo`lgan tovushni biron marta ham aytaolmasa, aynan shu tovushni so`zda emas, balki alohida o`zini talaffuz ettirib ko`riladi. Tarbiyachi oldin aytadi.agar bola alohida talaffuz etsa keyin so`zlarda to`g`ri talaffuz qilishga o`rgatiladi. Bola nutqini tekshirish vaqtida uning noto`g`ri tovush talaffuzini, so`zlarini gaplarini takrorlamaslik kerak. Bu bola nutqiga salbiy ta`sir ko`rsatadi, hatto noto`g`ri tovush talaffuzining mustahkamlanib qolishiga sabab bo`ladi. Kundalik hayot jarayonida nutqini tekshirish vaqtida bolalar nutqining tezligi, so`z jumlalarning aniqligi, ovozning jarangdorligiga, duduqlanishga tarbiyachi e`tibor beradi va ota-onalari bilan hamkorlikda kamchiliklarni bartaraf qiladi. Tekshirish natijasini jadvalda qayd qiladi.

“Lug`at boyligi”, “So`zlarning qurilishi”, “tovush talaffuzi”, “Izoh” bo`limlarini to`ldiradi. Shunga asosan ertalab va kechki soatlarda qaysi bolalar bilan nima ustida ishlashni rejalashtiradi.

Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqida eng ko`p uchraydigan kamchiliklardan biri, bu tovush talaffuzining buzilishidir.

1 u yoki bu tovushlarni yaxshi talaffuz eta olmaslik

2 bir tovushni ikkinchi bir tovush bilan almashtirib talaffuz etish

3 bor bo`lgan tovushni buzib talaffuz etish bog`chada tovushlarni talaffuz etishni shakllantirish ishi bo`yicha olib boriladigan ishlar to`g`ri yo`lga qo`yilsa bola nutqidagi kamchiliklar 5-6 yoshga to`lguncha batamom to`g`rilash mumkin. Agar shug`ullanish natijasi yaxshi bo`lmasa logopedga murojaat qilish kerak.

Tovushlarning noto`g`ri talaffuz etilishi – dislaliya.

Manqalanib, to`g`illab gapirish – rinolaliya. Alaliya – bosh miya katta yarim sharlar po`stlog`idagi nutq zonalarining chala rivojlanishi yoki zararlanishi sababli bolalarning tilga kirmasligi yoki yaxshi so`zlay olmasligidir. Bunga ona qornidaligida yoki tug`ilish vaqtida bola boshining jarohatlanishi, 1 yoshgacha bo`lgan davrida og`ir kasalliklar bilan kasallanish sabab bo`lishi mumkin. Aloliya sababli bola nutqi uzoq vaqt rivojlanmaydi, natijada 5-7 yoshgacha, ba`zan 10-12 yoshgacha bolaning tili chiqmaydi. Alaliyaga yo`liqqan bolalar logoped va psixologlarning maslahatlaridan keyin, maxsus guruhlarga, bog`chalarga maktablarga yuboriladi.

Duduqlanish – ba`zi bir so`zlarni aytishda to`xtalish yoki alohida tovush va bo`g`inlarni takrorlash. Duduqlanish hollari asabi bo`shashgan 2 yoshdan 5 yoshgacha bo`lgan bolalarda uchraydi. Duduqlanish ko`pincha qo`rquv natijasida va ruhiy jarohatning davom etishdan, atrofdagilarning bolaga nisbatan qo`pol munosabatidan duduqlanish paydo bo`lishi mumkin. Nutqi yaxshi rivojlanmagan bolaga ko`p she`r yodlatish, ertaklarni aytib berishga majburlash ham duduqlanishga olib keladi. Bolaning yoshiga to`g`ri kelmaydigan kitoblarni, ayniqsa qo`rqinchli ertaklarni kechqurunlari o`qib bermaslikni, tele ko`rsatuvlarni ota-onalarga tushuntirish lozim. Ovozning buzilishi – disfoniya deyiladi . Disfoniyada ovoz past va hirildoq bo`ladi. Har doim baland ovoz bilan baqirish, ashula aytish, kattalarning ovoziga taqlid qilish avtomobilning signaliga taqlid qilishlar, burunda o`simtaning o`sishi disfoniyani keltirib chiqaradi.

Tarbiyachi bog`chada nutq o`stirish mashg`ulotlarda , kundalik faoliyatda bolalar nutqini rivojlantirishni, kamchiliklarni bartaraf qilishni nazarda tutishi lozim. Boshqa mashg`ulotlarda ham bola to`liq jumla tuzib beradigan qilib savol berish maqsadga muofiq.”Ha”, “Yo`q” tarzida javob beradigan qilib savol berish tarbiyachining katta xatosidir. Bola uchun yangi bo`lgan so`zlarning ma`nosini sodda qilib tushintirish so`z boyligini oshiradi. Nutq o`stirish mashg`ulotlarida tarbiyachi aynan nutq o`stirishga taalluqli maqsadni ko`zlagan holda mavzu tanlashi lozim. Muayyan tovush ustida ishlangan, lug`atni boyitishga gapning qurilishiga rioya qilinishiga qaratilgan o`yinlar mashg`ulot mazmunini tashkil qilishi kerak. Ba’zan tarbiyachilar nutq o`stirish mashg`ulotlarini tabiat bilan tanishtirish, badiiy adabiyot tevarak-atrof bilan tanishtirish mashg`ulotlari bilan tanishtirish mashg`ulotlari bilan aralashtirib yuboradilar. Nutq o`stirish mashg`ulotlarida nutq o`stirish bo`yicha dasturda ko`rsatilgan vazifalar, davlat talablaridagi ko`rsatilgan minimal talablar ko`zda tutiladi.

Maktab yoshiga yetgan bolalarning nutqi va tafakkurining rivojlanganlik darajasiga qo`yiladigan minimal talablar:quyidagilardan iborat.

- tovush va so`zlarni aniq, to`g`ri talaffuz eta olish

- 3000 tadan ortiq so`zni tushintirishi va bilishi

- rasmga qarab gap tuza olish

- ertak va hikoyani tinglash, mazmunini tushunish

- eshitgan kichik ertak va hikoyani qayta so`zlab bera olish

- ta`sirli nutqqa ega bo`lish

- kattalar va o`rtoqlari bilan gaplashish madaniyatiga ega bo`lish

1-2 yosh lug`at boyligi 40-50 ta so`z

2-3 yosh lug`at boyligi 250-300 ta so`z

3-4 yosh 800-1000

4-5 yosh 1900-2000

5-6 yosh 2500-3000

6-7 yosh 3000-3500

Bolaning 2 yoshdan 3 yoshgacha bo`lgan davrida lug`ati va ma`noli nutqi tez rivojlanadi.

Quyosh va yomg`ir” o`yini

Tarbiyachi hozir sizlar bilan sayrga chiqamiz. Ob – havo yahshi, quyosh charaqlab turibdi. Men doira chalaman. Sizlar doira sadosida gullab terib sayr qilasiz. Agar yomg`ir yog`a boshlasa men doirani cherta boshlayman. Sizlar esa doiraning taqillashini eshitib uylaringizga yugirishingiz kerak.
Top nima qichqiryapti” o`yini

Sigir , kuchik, mushik, qo`y va hakozalarning o`yinchoqlarini bittadan ko`rsatadi va ovoziga taqlid qiladi. Boshqa xonaning eshigini qiya ochib qo`yib yoki kichkina uycha ichidan bolaga bironta hayvon ovoziga taqlid qilish taklif etiladi.Boshqa bolalar qaysi hayvon ovozi ekanligini topadilar.

Shoshildingiz –kuldirdingiz” ertagi

Qurbaqa ayiqning uyi oldiga sakrab kelibdi. Derazaning tagida turib:”vaq-vaq-vaq siznikiga mehmon bo`lib keldik” debdi so`ngra sichqon “Pi-pi-pi” sizning so`msalaringiz juda mazali deyishyapti debdi . Shu vaqt tovuq “Qo-qo-qo ushoqlar sochilgan sen borib cho`qib yechin deyishyapti”.Tovuqdan so`ng g`oz kelibdi “G`oq-g`oq-g`oq no`hatingizdan cho`qib yesam degan edim “.Shunda ayiq boshini derazadan chaqirib “R-r-r-r-r-r” deydi.Buni eshitib hayvonlar qo`rqqanlaridan qochib qolishibdi.Ayiq nima demoqchi ekanligini oxirigacha eshitishlari kerak edi. Ayiq esa bunday demoqchi ekan.”R-r-r” mehmonlardan juda hursandman marhamat kiringlar. Ertakdagi qatnashuvchilarni aytib berish davomida Flonelografda ko`rsatib borish kerak.

Qayerda chalishdi?” o`yini

Bolalar aylana shaklida o`tirishadi. Tarbiyachi o`yin boshlovchi tanlaydi. Boshlovchi o`rtada. Boshlovchi tarbiyachining signali bilan ko`zini yumadi. Bolalardan bittasi qo`ng`iroqni chaladi. Boshlovchi ko`zini ochmasdan qo`ng`iroq ovozi kelayotgan tomonni qo`li bilan ko`rsatadi.

To`g`ri topsa tarbiyachi “bo`ldi” deb aytadi bola ko`zini ochadi. Qo`ng`iroqni chalgan bola esa qo`ng`iroqni yuqoriga ko`tarib, uni ko`rsatadi. Agar bola adashsa yana bir marta qaytaradi. Keyin boshqa bola boshlovchi bo`ladi.

Kimning qushchasi uzoqqa uchadi” o`yini

Yupqa qog`ozdan lentachalar, qushchalar, kapalaklar tuzatib osiladi va puflatiladi.

Men nimani chalayapman, top” o`yini

Tarbiyachi bolani musiqali o`yinchoqlar bilan tanishtiradi. So`ngra bu o`yinchoqlarni parda orqasiga yashiradi. Parda orqasida bironta musiqaviy o`yinchoqni chaladi va bolalardan qaysi musiqaviy o`yinchoqni chalganini so`raydi. Kim uni to`g`ri topsa shu bola parda orqasidan musiqaviy o`yinchoqni chaladi. Bir mashg`ulotda 4 xil musiqaviy o`yinchoq olinishi lozim.

Baland-past” o`yini

Kichik va katta kuchuklarning akillashi mashq qildiriladi.

Kim u?” o`yini

Tarbiyachi boshqa xonada kuchuk, mushuk, g`oz, tovuq, echki qo`ylarning niqoblarini tayyorlab qo`yadi. Niqob kiygan bola echikni taqillatadi. Bolalar “Kim u?” deydi. Kuchuk niqobni kiygan bola “vov-vov-vov” deb javob beradi.
Mualliflar bola nutqining shakllanish davrlarini turlicha ko‘rsatadilar, ularni har-xil nomlaydilar va har birining yosh chegaralarini turlicha ifodalaydilar. G. L. Rozengrad-Pupko bolada nutq rivojlanishni 2 davrga ajratadi: 1. Tayyorlov davri. ( 2 yoshgacha bo‘lgan davr) 2. nutqning mustaqil shakllanish davri. A.N. Leontev bola nutqining shakllanishini 4 davrga bo‘lib ko‘rsatadi:

Tayyorgarlik davri- 1 yoshgacha.

Bog‘chagacha bo‘lgan davr- 3yoshgacha.

Maktabgacha bo‘lgan davr- 7 yoshgacha.

Maktab davri.

Bu davrlarning to‘liq tavsifi ustida to‘xtalib o‘tamiz. Shunday qilib,

Birinchi davr-tayyorgarlik davri.

Bola tug‘ilgan daqiqadan boshlab ovoz chiqaradi. Bu ovoz qichqiriq va yig‘idan iborat bo‘ladi. To‘g‘ri, bu ovoz odam nutqidan uzoq. Lekin, ana shu qichqiriq va yig‘i nutq apparatining 3 bo‘limini (nafas olish, ovoz xosil bo‘lish, artikulyatsion) rivojlanishda katta rol o‘ynaydi. Ikki xafta o‘tgach, bola gapirayotgan odamning ovoziga e’tibor bera boshlaydi. Unga gapirayotganda quloq soladi, yig‘lashdan to‘xtaydi.

Bir oyligining oxiriga borib, uni mayin qo‘shiq (ALLA) ostida tinchlantirish mumkin bo‘lib qoladi. Keyinchalik u boshini gapirayotgan odam tomonga buradi yoki uni ko‘zlari bilan kuzatadi. Tez kunda bola intonatsiyaga e’tibor bera boshlaydi: mayin gapirganda tinchlanadi, keskin intonatsiyaga yiglaydi. Ikki oylik atrofida gu-gulash, uch oylikning boshida bug‘inlarning talaffuzuzi paydo bo‘ladi.(aga-aga, ta-ta, ba-ba va boshqadar)

Bunda tovushlar birikmasi aniq artikulyatsiya qilinmaydi. Bola besh oyligida tovushlarni eshitadi. Atrofdagilarning lablari artikulyatsion harakatini ko‘rib, unga taqlid qilishga harakat qiladi. Bolaning qandaydir aniq harakatlarni ko‘p marotaba takrorlashi harakat ko‘nikmasining mustaxkamlanishiga olib keladi. Olti oyligidan boshlab bola taqlid qilish orqali ba’zi bug‘inlarni talaffuzuz eta boshlaydi: na-na-na, be-be-be, da-da-da, pa-pa-pa va boshqalar. Keyinchalik bola taqlid qilish orqali nutqning xilma-xil elementlarini asta-sekin o‘zlashtira boshlaydi. Bunda bola nafaqat fonemalarni, balki nutqning sur’at, ritm, ton, musiqaviyligi, ifodaliligini o‘zlashtiradi.

Ikkinchi yarim yillikda bola ba’zi bir tovushlar birikmasini idrok qila boshlaydi va ularni predmetlar yoki harakatlar bilan bog‘laydi. (bu, ma, bey).Bola yetti - to‘qqiz oyligida kattalar ketidan turli xil bo‘g‘inlarni qaytara boshlaydi. O‘n – o‘n bir oyligida so‘zlarning o‘ziga reaksiya paydo bo‘la boshlaydi. (vaziyat va gapirayotgan kishining intonatsiyasidan qat’iy nazar) Bu vaqtda bola nutqi shakllanayotgan shart-sharoitlar muxim ahamiyat kasb eta boshlaydi.(kattalarning to‘g‘ri nutqi va kattalarga taqlid qilish va xakozolar).Bola xayotining birinchi yilining oxiriga kelib unda nutqiy aloqada bo‘lish extiyoji o‘sib boradi. U bir nimani olishni, so‘rashni aytishni xoxlaydi. Bu extiyoj bolaning butun faoliyatida ishtirok etadi va unda aktiv nutqning paydo bo‘lishini belgilab beradi. Bir yoshning oxiridan boshlab bolada aktiv nutq rivojlana boshlaydi. Birinchi so‘zlar paydo bo‘ladi.

Ikkinchi davr-bog‘chagacha bo‘lgan davr.(1yoshdan 3 yoshgacha) Bolada birinchi so‘zlar paydo bo‘lgandan so‘ng tayorlov davri tugab aktiv nutqni egallash davri boshlanadi. Bu vaqtda bola atrofdagilar artikulliyatsiyasiga e’tibor beradi. U gapirayotganlar orqasidan so‘zlarni ko‘p marotaba takrorlaydi va o‘zi ham so‘zlarni talaffuzuz qiladi. Talaffuzuz vaqtida bola ba’zi tovushlarni noto‘g‘ri talqin etadi, o‘rnini almashtiradi yoki o‘z nutqida qo‘llamaydi. Bu vaqtda bola bir so‘z yoki tovushlar birikmasi bilan predmetni ham, iltimosni ham, xis-tuyg‘uni ham ifodalashi mumkin. Bola xayotining 2-3 yiliga kelib, uning lug‘at boyligi sezilarli darajada boyib boradi. Shuni ta’kidlash kerakki, ko‘pgina xilma-xil tadqiqotchilar bola so‘z boyligining o‘sib borishida turli raqamli ma’lumotlarni ko‘rsatadilar. Eng keng tarqalgan ma’lumotga ko‘ra, bolalarning lug‘at boyligini bog‘chagacha bo‘lgan davrda o‘sishi quyidagi raqamlarni ko‘rsatadi:

1 yoshu 6 oyda 10-15 ta, 2 yoshning og‘iriga kelib 300 ta, 3 yoshda 1000 ta so‘z. Bola xayotining uchinchi yiliga kelib, nutqning grammatik tomoni shakllana boshlaydi. Avval bola o‘z xoxishi va iltimoslarini har bir so‘z bilan ifodalaydi. Keyinchalik 1-2 ta so‘zdan iborat sodda jumlalar paydo bo‘la boshlaydi.

Uchinchi davr- maktabgacha bo‘lgan davr. (3 yoshdan 6 yoshgacha).

Maktabgacha bo‘lgan davrda bolalar birinchi navbatda artikulyatsion jixatidan oson talaffuz etiladigan: lab-til undoshlari (p, b, m, f, v ) va boshqalarni o‘rgana boshlaydilar. Artikulyatsion jixatidan talaffuzuz etish qiyin bo‘lgan: shivirlovchi, sirg‘aluvchi (s, z, sh, j, ch ) va sonor (r, l)til orqa (k, g) tovushlarni talaffuzini egallashga qiynaladilar. Shuning uchun bolalar bu tovushlarni nutqda noto‘g‘ri qo‘llaydilar yoki talaffuzuz etmaydilar. 3-7 yoshgacha bo‘lgan davrda bolalarda eshitish malakalari rivojlanib boradi, bu esa bolaning o‘zi talaffuzini nazorat qilishga imkoniyat yaratadi. Ba’zi xollarda bolalar o‘z kamchiligini to‘g‘rilaydilar. Ularda fonematik idrok shakllanib boradi.

Bu davrda lug‘at boyligining o‘sishi davom etadi. Bolaning 4-6 yoshida uning aktiv lug‘ati 3000-4000 ta so‘zgacha yetadi. Lug‘at boyligi o‘sib borishi bilan birgalikda nutqning grammatik tomoni ham rivojlanib boradi. Bola xayotining 4-yiliga kelib, ular o‘z nutqlarida sodda va murakkab gaplarni qo‘llay boshlaydilar. 5 yoshga kelib esa qo‘shma gaplardan erkin foydalana oladilar. 5 yoshli bolalar qo‘shimcha savollarsiz xikoya va ertaklarni aytib berish qobiliyatiga ega bo‘ladilar. Bu davrda fonematik idrok sezilarli darajada rivojlanadi.

Bola avval unli va undoshlarni, so‘ng sonor, shovqinli va sirg‘aluvchi tovushlarni ajrata boshlaydi. Normada 4 yoshli bola barcha tovushlarni ajrata olishi, unda fonematik idrok shakllangan bo‘lishi lozim. Bu vaktga kelib, tovushlarni to‘g‘ri talaffuz o‘zining shakllanishi tugallanadi va bola har tomonlama to‘g‘ri aniq gapira oladi.

Turtinchi davr-maktab davri (7 yoshdan 17 yoshgacha). Bu davrning o‘ziga xos tomoni shundaki, bolalar nutqining rivojlanishi oldingi davrlarga nisbatan ongli ravishda ro‘y beradi. Bu davrda bolalar tovushlar analizi, nutqning grammatik qonuniyatlarini egallaydilar. Bu davrda nutqning yangi turi yozma nutq yetakchi rol o‘ynaydi. Grammatik qonstruksiyalar ham murakkablashib boradi, chunki, agar, kachonki kabi bog‘lovchilarni ishlata boshlaydilar. Bu bolaning tafakkur jarayonlari murakkablashib borayotganligini va bu nutqda o‘z ifodasinin topayotganligini ko‘rsatadi. Bola nutqining rivojlanish jarayoni o‘z vaqtida to‘g‘ri kechishi uchun maxsus sharoitlar zarurdir. Buning uchun: bola ruxiy va jismoniy jixatidan sog‘ bo‘lishi, normal aqliy qobiliyatga ega bo‘lishi normal eshitish va ko‘rishi, yetarli darajada ruxiy aktivlikka ega bo‘lishi, gaplashish extiyojiga ega bo‘lishi, to‘g‘ri nutq muxitiga ega bo‘lishi lozim. Bolada nutqning normal rivojlanishi, unga doimo yangi tushunchalarni o‘zlashtirib olishga, tevarak-atrof xaqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirishga imkoniyat yaratadi. Shunday qilib, nutq, uning rivojlanishi tafakkurning rivojlanishi bilan uzviy bog‘liqdir.

O’quvchilar nutqini o’stirish boshqa o’quv predmetlaridan o’tkaziladigan mashg’ulotlar bilan ham uzviy ravishda bog’lanadi. Ona tili darslarida o’quvchilar til yordamida tabiat va kishilar hayoti haqida bilim oladilar; ular kuzatishni, o’ylashni va ko’rganlari, eshitganlari, o’qiganlari haqida to’g’ri bayon qilishni o’rganadilar. Ona tili darslari bolalar lug’atini boyitishga samarali yordam beradi, nutqni to’g’ri tuzishni o’rgatadi.

O’qish darsi va u bilan bog’liq holda olib boriladigan kuzatish, ekskursiya o’quvchilarga tabiat hodisalari, kishilar hayoti va mehnati haqida, axloq qoidalari, boshqa kishilar bilan muomala qilish haqida bilim beradi. Bu darslarda bolalar nutqiga, uni shakllantirish va o’stirishga keng imkoniyat mavjud. SHe’r, maqolalarni o’qish, o’qilganlarni qayta hikoyalash, ekskursiyada, predmet va tabiat hodisalarini kuzatish vaqtida ko’rganlarini hikoya qilish o’quvchilar og’zaki nutqini o’stirish vositasidir. Ona tili darslarida esa yozma nutqni o’stirish uchun keng imkoniyatlar mavjud. Grammatikani o’rganish va o’qish darslarida o’quvchilar bajaradigan so’z birikmasi, gap tuzish, bayon, inshoga doir turli xil mashqlar nutqiy malakalarni egallashda ularga yordam beradi.

Grammatika va to’g’ri yozuv darslarida tilni maxsus o’rganish bilan bolalar alohida tovush, bo’g’in, so’z va gaplarni eshitishga va aytishga o’rganadilar. Ular narsa, harakat, belgi bildirgan ko’pgina so’zlarni, shuningdek, tovush, harf, bo’g’in, so’z, o’zak, qo’shimcha, so’z turkumi, ot, sifat, fe’l, son, olmosh, bog’lovchi, gap, gap bo’lagi, darak gap, so’roq gap, undov gap singari juda ko’p yangi atamalarni bilib oladilar.

Boshlang’ich sinflardagi boshqa darslarda ham o’quvchilar nutqi xilma-xil so’zlar bilan boyitiladi. Kuzatish va turli ko’rgazmali qurollar bu darslarda ham bilim olish, tushunchalarni shakllantirish vositasi hisoblanadi.

Matematika darslarida bolalar yangi tasavvur va tushunchalar, juda ko’p so’z va atamalar bilan o’z nutqlarini boyitadilar, sodda va qo’shma gap tuzishga o’rganadilar: 5 soni 3 sonidan katta (5 > 3) yoki uch soni besh sonidan kichik (3 < 5); bitta o’nlikka ikkita o’nlik va 5 ta birlikni qo’shsak, uchta o’nlik va 5 ta birlik hosil bo’ladi (10 + 25 = 35) va hokazo.

Masala yechish jarayonida esa ular shu vaqtgacha o’z nutqlarida ishlatib kelgan bo’ladi, qoladi, hosil bo’ladi, teng kabi so’zlarning yangi ma’nosini bilib oladilar; ...bizga ma’lum, masalada so’ralyapti kabi so’z birikmalarini ishlatishga o’rganadilar.

Matematika darslari o’quvchilarning bog’lanishli nutqini o’stirishda muhim ahamiyatga ega. Ular masalani yechishda savolga to’liq javob berishga, atamalarni to’g’ri ishlatib, qoidalarni o’z saviyalariga mos ravishda aniq shakllantirishga o’rgatiladi. Bular, o’z navbatida, o’quvchilar nutqini boyitish va faollashtirish vositasi hisoblanadi.

Bog’lanishli nutq ko’nikmalarini egallashga masala yechish bilan bog’liq holda olib boriladigan ishlar, ayniqsa, masala tuzishga o’rgatish mashqlari samarali ta’sir ko’rsatadi. Masala o’qib eshittirilgandan so’ng, o’quvchilar uning asosiy mazmunini eshitib idrok etishga, to’g’ri, qisqa va aniq qayta aytib berishga o’rgatiladi. Masala tuzishga o’rgatish esa mantiqiy izchil, muhokama elementlari bilan kichik hikoya tuzish imkoniyatini beradi. Bu mashq o’quvchidan faollikni va mustaqillikni talab etadi, bolaning bilish faolligi va mustaqilligini oshirish esa uning umumiy rivojlanishida va tarbiyaviy maqsadda juda muhimdir. Masala tuzish kichik hikoya tuzishdir. Masalaning hikoyadan farqi shundaki, unda nimadir noma’lum bo’lib, uni topish uchun ma’lum so’roqqa javob berish talab etiladi. O’quvchi rasm asosida «Daraxtga uchta chumchuq qo’ngan edi, yana ikkita chumchuq uchib kelib qo’ndi. Daraxtda nechta chumchuq bo’ldi?» masalasini tuzadi. Bu masalani yechishda o’quvchilar daraxtga qo’ngan chumchuqlar sonini bilish uchun nima qilish kerakligini o’ylaydilar, muhokama qiladilar. Masalani yechish uchun aniq izchillikda muhokama yuritish va tushuntirish bilan bolalar o’z fikrlarini matematika tilida aniq va bog’lanishli bayon etishga o’rganadilar.

SHunday qilib, matematika darslarida o’qituvchi bolalar lug’atini boyitish, turli xil gap, bog’lanishli nutq va bayon, muhokama elementi mavjud bo’lgan hikoya tuzish ustida ishlaydi. O’qituvchi matematika tili xususiyatlarini o’zlashtirishga ko’maklashish bilan bog’liq holda, o’quvchilar tafakkurini, nutqini o’stiradi. O’qituvchi matematik mazmungagina emas, balki shu mazmunni o’quvchilar nutqida to’g’ri shakllantirishiga ham e’tibor bersa, bu darslarda egallanadigan bilim haqiqiy va o’quvchilar nutqining o’sishi uchun samarali vosita bo’ladi. «Fikrni aniq shakllantirishni talab qilish, masala shartini ongli takrorlatish, mustaqil masala tuzdirish va savollar yordamida masalani yechish yo’lini tushuntirish ko’nikmasi ustida ishlash o’quvchilarda qayta hikoyalash, insho va muhokama qilish madaniyatini o’stiradi»1.

O’quvchilar tabiatshunoslik darslarida va ekskursiya vaqtida ko’rgan narsalarini o’qituvchi yordamida guruhlaydilar, ularni o’zaro taqqoslab, o’xshash va farqli tomonlarini topib aytadilar. Bular, o’z navbatida, tabiatga oid ayrim tushunchalarni aniq bilib olishga imkon beradi va tafakkurni o’stiradi. Tabiat hodisalari va predmetlarni idrok etish bilan bolalar ongida tabiatshunoslikka oid tushunchalar hosil bo’ladi. Bu tushunchalar ta’lim jarayonida yo narsalarni (daraxt, olma, shaftoli, o’rik, olxo’ri, gul, o’t kabi), yo ularning belgisini (mevali, mevasiz; achchiq, nordon, shirin; qizil, oq kabi), yo harakatini (daraxt o’sadi, qush uchadi, bulbul sayraydi kabi) ifodalovchi so’zlar bilan bog’lanadi.

Mehnat va rasm darslari ham, jismoniy tarbiya va ashula darslari ham, shuningdek, darsdan tashqari mashg’ulotlarda ham o’quvchilar nutqi va tafakkurini o’stirishga alohida ahamiyat qaratish zarur.

O’quvchilar nutqini o’stirishda o’qituvchining nutq madaniyati katta ahamiyatga ega. O’qituvchi barcha darslarda, sinfdan va maktabdan tashqari mashg’ulotlarda faqat orfoepik talaffuz va adabiy til me’yorlariga rioya qilgan holda ifodali, ta’sirli so’zlashi, shuningdek, har doim o’quvchi daftariga, barcha hujjatlarga husnixat va imlo qoidalariga rioya qilgan holda yozishi zarur. Bu bilan u bolalarni ifodali so’zlashga, xatosiz, chiroyli yozishga o’rgatadi, tilga sezgirlikni uyg’otadi.



Foydalanadigan adabiyotlar.

  1. Maktabgacha yoshdagi bolalar ta`lim-tarbiyasiga qo`yiladigan Davlat talablari.

  2. Uchinchi mingyillikning bolasi” dasturi.

  3. Maktabgacha yoshdagi bolalarni to`g`ri talaffuzga o`rgatish” Q. Shadiyeva. Toshkent. O`qituvchi 1995.

www.pedagog.uz

www.ziyonet.uz
Bajardi:Muqimova Jamilya

1


Download 98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling