O’yin texnikasining tasnifi


Download 1.78 Mb.
bet1/4
Sana05.01.2023
Hajmi1.78 Mb.
#1080623
  1   2   3   4
Bog'liq
Referat mavzu Voleybol o’yin texnikasi va taktikasi Guruh mi-1

Mavzu: Voleybol o’yin texnikasi va taktikasi


Reja:



1. O’yin texnikasining tasnifi
2. Hujum texnikasi
3. Himoya texnikasi
4. Taktika tasnifi
5. O’yin taktikasi
7. Xulosa


O’yin texnikasining tasnifi
O’yin texnikasi – Voleybol o’z mohiyati, mazmuni vaxususiyati bilan boshqa sport o’yinlaridan farq qiladi. Voleybol o’yini nisbatan kichik bo’lgan, ya’ni o’rtasidan teng ikkiga bo’lingan 18x9 metrli to’g`riburchakli to’rtburchak shaklidagi maydonchada amalga oshiriladi. Zamonaviy voleybol turli o’yin malakalari va taktik kombinastiyalarga nihoyatda boy bo’lib, o’ta katta shiddat va tezlikda o’tadi. Binobarin, voleybolning yuqorida zikr etilgan o’zigaxos xususiyatlari o’yinchilardan mukammal takomillashgan texnik maxorat talab qiladi. Musobaqa o’yinlarida texnikma xoratqanchalik keng va tashqi ta’sirlarga nisbatan mukammal shakllangan bo’lsa, shunchalik g`alabani qo’lgakiritish imkoni ko’p bo’ladi.
O’yin texnikasi – bu bir vaqtning o’zida ketma-ket va muayyan maqsadli tartibda ijro etiladigan ixtisoslashgan harakat yoki harakatlar majmuasidir. O’yin texnikasi – harakatni aniq, tez, engil, vaziyatga muvofiq, kamkuch sarf etib yuqori samarada bajarishga mo’ljallangan bo’lishi lozim.
Voleybol o’yinitexnikasi o’yinni olib boorish uchun zarur bo’lgan harakat usullari majmuasidan iboratdir. Harakatlar texnikasi turli vaziyatlarda maqsadga muvofiq, samarali harakat qilish bilan baholanadi. O’yindagi harbir texnik usulni bajarish bir-biri bilan uzviy bog`langan harakatlanish tizimidan tashki ltopadi. Harakat texnikasi harakat vazifalarini muayyan usul bilan hal qilish uchun zarur va yetarli bo’lgan harakatning dinamik va kinematik xususiyatlaridir (kuchlarning muayyan izchilligi, gavdaning ayrim qismlari o’rtasidagi muvofiqlik va shukabilar).

Voleybol o’yin texnikasining asosiy qismi – ma’lum bir harakatdagi asosiy mexanizmning eng muhim va xalqiluvchi qismidir. Texnikaning asosiy qismini bajarish nisbatan qisqa vaqt oralig`ida kattakuch sarflanishi bilan ifodalanadi.

Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling