O‘yin texnologiyalarning o‘ziga xos turi sifatida musiddinova shoira asaka tumani 36-mtt
“Seminarning boshidan oxirigacha qatnashish” qonuni
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
o-yin-texnologiyalarning-o-ziga-xos-turi-sifatida
- Bu sahifa navigatsiya:
- 13. “Vaqtni tejash – sarishtalik” qonuni.
11. “Seminarning boshidan oxirigacha qatnashish” qonuni. Bu ishtirokchilarda
105 mas’uliyatni vujudga keltirish uchun zarur bo‘lgan tamoyildir. 12. “Ixtiyoriylik” qonuni. Seminarda o‘z mulohazalarini bayon qilish, munozaralarda, o‘yin va mashqlarda ishtirok etishda ixtiyoriylikni joriy qilishi mumkin. 13. “Vaqtni tejash – sarishtalik” qonuni. Guruh ishtirokchilari trening mashg‘uloti davomida gaplarini imkon qadar qisqa, lo‘nda ifodalashi, mavzu doirasidan chetga chiqib ketmasligi lozim. 14. “SHaxsni baholamaslik” qonuni. Har bir ishtirokchi o‘z fikr-mulohazalarini, hissiyotlarini bayon qilishi mumkin, biroq bunda boshlovchi va qolgan ishtirokchilar hikoyadagi vaziyatnigina muhokama qilishlari kerak va so‘zlovchining o‘sha paytdagi xulq-atvori, hatti-harakatini baholashdan qochishlari kerak. Masalan: “O‘sha paytda siz jahlga berilmasligingiz yoki bunday demasligingiz kerak edi” va hokazo. Buning o‘rniga bunaqa vaziyatda men bunday qilardim yoki deyardim kabi variantlarda so‘zlashish yoki fikrini bildirish so‘raladi. Ishtirokchilar bir-birlariga do‘stona munosabatda bo‘lishi, bir-birlarining hissiyotlarini hurmat qilishlari kerak (Masalan: ketishi kerak bo‘lib qolsa albatta boshlovchini ogohlantirishi va aksincha). Bundan tashqari trener tomonidan quyidagilar alohida ta’kidlab o‘tilishi shart: 1. Birovning fikrini umuman noto‘g‘ri deb hisoblagan yoki unga qo‘shilmagan taqdirda ham uni to‘xtatib qo‘yish yoki ustidan kulishga hech kimning haqqi yo‘q. 2. Ishtirokchilar bir-birini mas’haralashi yoki g‘ururiga tegadigan gaplar aytishi mumkin emas. 3. Ishtirokchilar ham, boshlovchi ham, agar savol uning shaxsiy hayotiga tegishli bo‘lsa, javob bermaslik huquqiga ega. 2. Boshlovchiga savollar va fikrlar anonim tarzda berilish imkoniyati yaratilishi shart. Lekin bu haddan tashqari chegaradan chiqish imkonini bermasligi, ya’ni boshlovchining shaxsiyatiga tegish kabilarga yo‘l qo‘yilmasligi ta’minlanishi kerak. Me’yorlarni mashg‘ulot o‘tkazishdan avvalroq katta qog‘ozga yozib, xonaga osib qo‘yish yoki guruh a’zolari bilan birgalikda «Fikriy hujum» usuli orqali aniqlashtirib olish maqsadga muvofiq. Bu, birinchi guruhiy kelishuv hisoblanadi. Bunda shu narsa muhimki, har bir kishining fikrini albatta eshitish, nima uchun bu tamoyilga xayrixohligi yoki noroziligini izohlashini so‘rash lozim. Tamoyillarni tasdiqlashni ovozga qo‘yish kerak emas. Agar kimdir guruhning fikriga norozi bo‘ladigan bo‘lsa, uni ko‘ndirishga harakat qilish yoki guruh boshqa qarorga kelishi lozim bo‘ladi. CHunki uning fikrini inobatga olmaslik - guruhdagi psixologik iqlimga salbiy ta’sir etishi aniq. YA’ni, fikri inobatga olinmagan ishtirokchida norozilik holati paydo bo‘ladi va bu uning treningdagi butun ishtiroki davomida minus holatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Bundan tashqari unda ruhiy tushkunlik, o‘z-o‘zini baholashning pasayishi va hokazolar ham paydo bo‘lish ehtimolini tug‘diradi. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling