O‘yin texnologiyalarning o‘ziga xos turi sifatida musiddinova shoira asaka tumani 36-mtt


Pedagogik treningning maqsadi va vazifalari, pedagogik treningda


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/13
Sana17.06.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1523705
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
o-yin-texnologiyalarning-o-ziga-xos-turi-sifatida

Pedagogik treningning maqsadi va vazifalari, pedagogik treningda 
echiladigan muammolar. Treningning asosiy maqsadi: shaxsni (ruhiy) ziqlikdan ozod 
qilish, bunda tabiiy erkinlikni his etishni, o‘z guruhida va undan tashqarida o‘zaro 
munosabat va aloqa o‘rnata olishdan iborat. 
Demakki, trening-shaxsda mavjud bo‘lgan yoki vujudga keladigan muammolarni 
hal qilish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malakalarni hosil qilish maqsadida bahs-
munozara, o‘yin va mashqlar orqali o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar yig‘indisidir. 
SHuni alohida qayd etish lozimki, trening jarayonida muammolarni echish ham, bu 
boradagi bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish ham trenerdan o‘ziga xosligi bilan 
ishlashni taqozo etadi. SHuning uchun pedagogikada bunday treninglar psixologik 
treninglar deb ataladi.
Hozirgi davrda odamlar orasida ruhiy ziqlik-zo‘riqish hollari avvalgi paytlardagiga 
nisbatan ancha ko‘p uchrayotganligi va buning natijasida ko‘pgina hayotiy muammolar 
vujudga kelayotganligi ko‘pchilikni, ayniqsa, keng jamoatchilikni, ota-onalar va 
pedagog, shuningdek, aynan psixolog mutaxassislarni ham tashvishga solayotganligi 
bejiz emas. Aytish mumkinki bunday holatlar turli darajadagi zo‘riqishlar natijasida 
vujudga kelmoqda. 
Ayni kunlarda asabiylashish holatlari ziqlik-zo‘riqish kuzatilayotgan quyidagi 
kishilar guruhini alohida ta’kidlab o‘tish joiz: 
I. Bolalar orasida: 
─ 
maktabgacha yoshdagi bolalar orasida kuzatiladigan asabiylik holatlari; 
─ 
maktab o‘quvchilari orasida kuzatiladigan asabiylik holatlari; 
─ 
o‘smirlar orasida kuzatiladigan asabiylik holatlari. 
II. Kattalar orasida: 
─ 
ish joylarida (rahbar yoki xodimlar orasida) kuzatiladigan asabiylik holatlari; 
─ 
oilada (er-xotin, qaynona-kelin, ota-ona va farzandlar orasida) kuzatiladigan 
asabiylik holatlari; 
─ 
keksalar orasida (psixologik o‘zgarishlar natijasida) kuzatiladigan asabiylik 
holatlari. 
YUqorida sanab o‘tilgan asabiylashishlardan kelib chiqadigan muammolar mavjud 
bo‘lib, bu muammolarni echish imkonini topa olmaslik natijasida pedagogik maslahat va 
pedagogik korreksiyaga muhtoj bo‘lib qoladigan bir necha xil guruhlar vujudga keladiki, 
bular: 
1. Muloqotchanlikning etishmasligi muammosidan siqilgan kishilar guruhi. 
2. Iqtisodiy etishmovchilikdan siqilgan kishilar guruhi. 
3. O‘z yaqinlarini yo‘qotib siqilgan kishilar guruhi. 
4. Turli baxtsiz hodisalardan keyin qandaydir kasallik orttirib olgan kishilar guruhi. 
5. Begona joyga ko‘chib kelib, tub aholining bosimidan siqilgan kishilar guruhi. 
6. Rahbarlar tomonidan yoki o‘zidan kattalar tomonidan shaxsiyatiga tegilgan 
hollarda siqilishga duch kelgan kishilar guruhi. 
7. YAngi o‘qish yoki ish joyiga moslasha olmasdan siqilishga duch kelgan kishilar 
guruhi. 
8. Chekish, ichish, narkotik moddalar iste’mol qilishdan qutula olmasdan 


100 
siqilayotgan kishilar guruhi. 
YUqorida sanab o‘tilgan muammolarni hal qilishda pedagogik trening deb 
ataluvchi o‘yin va mashqlar seriyasidan iborat mashg‘ulotlar yordam beradi. 
YUqoridagi guruhlar o‘zi istab, o‘z xohishi bilan treningga keladi va trenerning 
ko‘rsatmalariga amal qiladi. Lekin ba’zi guruhlar bo‘ladiki, bu guruh a’zolari treningga 
istamasdan, xohlamasdan keladi. Masalan, jinoyatchilar, bezorilar, o‘g‘rilar, narkotik 
bilan shug‘ullanuvchilar. Lekin guruh a’zolarining istagidan qat’iy nazar treningning 
vazifasi ularning muammolarini hal etishga qaratilgan bo‘ladi. 

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling