Bolalarga ta'lim-tarbiya berish maqsadida kattalarning o'yinni tanlay bilishi, unga to'g'ri rahbarlik qilish "MTM ta'lim va tarbiya dasturi"da belgilangan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishni ta'minlaydi. Bolalar o’yinlarining turkumlari
Ijodiy o’yinlar
Qoidali o’yinlar
3.Ijodiy o’yin turlari
Syujetli rolli o’yinlar
Sahnalashtirilgan o’yinlar
Qurish yasash o’yinlari
Ijodiy o’yinlar - ‘’Ijodiy o’yin" tushunchasi syujetli-roli o’yinlarni, sahnalashtirilgan o’yinlar Qurish konstruktsiyalash o’yinlarni o’z ichiga oladi.
Ijodiy o’yinlarda bolalarning atrof-muhitdagi hayot haqidagi ta'surtlari u yoki bu hayotiy hodisalarni tushunish darajalari aks etadi. Ijodiy o’yinlarning mazmuni bolalarning o’zlari o’ylab topadilar. Bu guruh o’yinlarida bolalarning erkinligi, mustaqilligi o’z-o’zini uyushtirish va ijodiyligi namoyon bo’ladi. Rang-barang hayotiy ta'surotlar aynan takrorlanmaydi , ular bolalar tomonidan qayta ishlanadi, ularning biri ikkinchisi bilan almashinib turadi va xokazo. Har qanday ijodiy faoliyat uchun hos bo’lgan jonli xayolot o’yinchoqlar va hokazolarni tanlashda nomoyon bo’ ladi. - Ijodiy o'yinlarning o'ziga xos sabablar bordir;
Eng umumiy sabab-bolalarning kattalar bilan birgalikda ijtimoiy xayot kechirishga intilishidir. Bu intilish bir tomondan bolaning uni amalga oshirishga tayyor emasliklariga, ikkinchi tomondan ularning o’sib kelayotgan mustaqilligiga duch keladi. Vujudga keladigan ziddiyatlar esa ijodiy o'yin chog'ida xal etiladi: unda bola o'ziga katta kishi rolni qabul qilib, uning xayotini, faoliyati va munosabatlarini qayta aks ettiradi. Syujetli rolli o’yin - Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolaning asosiy o’yin turidir.
- Syujetli -rolli o'yin om z ifodasiga ko’ra inson faoliyatidir. Bola o'yinini oziqlantiruvchi manba bu, borliq dunyo kattalar va tengdoshlarining hayoti hamda faoliyatidir.
- Syujetli rolli o’yin keng asosiy hususiyati unda hayolni vaziyatning mavjud bo’lishidir.
- Xayoliy vaziyatlar bolalar o'yin chojida qabul qiladigan syujet va rollardan tarkib topadi, ular buyum va narsalarning o'ziga xos qo’llanilishini öz ichiga oladi.
- O’yin syujeti bir-biriga hayotiy aloqador bo’lgan qator voqealarning yig’indisidir. Syujetda o'yinning mazmuni ochiladivoqealar ishtirokchilari bilan bog’liq bo'lgan xarakatlar va munosabatlar ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |