O’yla! Izla! Top! tadbiri


Download 0.62 Mb.
bet2/8
Sana08.01.2022
Hajmi0.62 Mb.
#240617
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Документ Microsoft Word

SENARIYSI

Zal  matematika-informatika faniga oid ko’rgazmalar bilan  bezatilgan. Devorlarda allomalar portretlari, fanga oid ko’rgazmalar, hikmarli so’zlar, krosvordlar kabilar bilan bezatilgan.  Stol gullar,  kompyuter va uning qurilmalari, geometrik figuralar bilan jihozlangan.

Boshlovchi tomoshabinlarni kechaning shartlari bilan tanishtiradi. Kecha ikki qismdan iborat.

1-qismda o’quvchilar matematika va informatika faniga oid ma’lumotlarni : qiziqarli fikrlar, she’rlar, hikmatli so’zlardan namunalar aytadilar.

Matematikaga bagishlangan she’rlarga navbat:

Oddiy yerning yuzidan to kosmik fazogacha

Kundalik turmush hayot, quyosh, suv, havogacha

Hisob-kitobsiz aslo yashab bo’lmas hech qachon

Qudratli bu fan uchun  bosh element nuqtajon.

 

 

Eslatay Gaussning durdona so’zin



Hisob-kitob ochmish aqlning ko’zin

Matematika fanlarning  podshosidir

Har ish va sohada ko’rsatar o’zin.

 

Matematika fani go’zallikka boy juda



Go’zal son, go’zal yechim, go’zal chizma  serjilo

Boshqotirgich, sofizm aqlni peshlasa gar

Topishmoqli  misollar o’ylashga majbur eltar.

***


Ayniyat formulangni o’rganamiz tez, oson,

Lekin “Iks” “Yigriging” o’ylatadi har qachon.

Ta’rif, teoremanigni yodimizda saqlaymiz,

A’lo o’qib ustozlar ishonchini oqlaymiz.

***

Zamonlarning zamonida rivojlangan yetilgan,



Bobolarning merosidan bizga taqdim etilgan.

Al-Xorazmiy, Beruniy, Ulug’beklar boyitgan

Shu ajoyib fan bizga  olam sirin tanitgan.

***


Hisob ilmin boyitdi o’n dona mashhur raqam,

Sonlar raqamlar ila ma;nolidir bu olam.

Raqamlar erur o’nli sistemaning yuragi,

Odamlar uchun xizmat qilmoq erur tilagi.

***

Matematika fani yuksalmoqda kun sayin,



Bo’limlari xilma-xil qay birini aytayin?

Qancha -qancha muammo hal etilgan ushbu on,

Kompyuter savodi quloch yoymoqda chunon.

Beruniyning  aqlidan qoldi lol butun olam,

Yerning shardek ekanin bilgandi endi odam

 

***



Yerni o’lchash sababli  kirib keldi olamga,

Nuqta, chiziq, kesmalar ma’lum bo’ldi odamga.

Shakllarni ta’rifin o’rgandik biz bemalol,

Undagi go’zallikdan insonlar qoldirar lol.

***

 

Boshlig’imiz ko’pburchak,



Menchi to’g’ri to’rtburchak.

Chizganingda burchagim,

To’g’ri bo’lsin o’ylagin.

***


O’zim oddiy kvadrat,

Tanim to’la kuch  g’ayrat.

Sevaman  teng so’zini

Topaman sirt yuzini.

***

Tomonlarim teppa- teng,



Burchaklarim  toru-keng.

Romb deydilar ismimni,

Go’zal  chizing jismimni.

***


Trapetsiyadir  nomim,

Tayyorman ishga doim.

Asoslarim parallel,

Yon tomonim xilma-xil.

***

Men parallelogramm,



Burchagim mos judayam.

Parallel  mos tomonim,

To’g’ri  chizilgan onim.

 


Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling